1.1 Davlat va jamiyat tomonidan yosh avlod tarbiyasiga talablar
Sо‘nggi yillardagi ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, vosita va metodlarini yangilashga e’tibor berish, maktabgacha ta’limga oid innovatsiyalarni izlash, uni ta’lim-tarbiya jarayoniga, tarbiyachilarning pedagogik faoliyatiga kiritib borishda malaka oshirish tizimining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, pedagogik jarayonga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, innovatsiyalarni joriy etish, о‘qituvchi va tarbiyachilarni zamonaviy usullardan foydalanish, kо‘nikma va malakalari bilan qurollantirish malaka oshirish tizimi oldiga qо‘yilgan vazifalar zamirida amalga oshirilmoqda.
Pedagogika yо‘nalishida tatbiq qilinishi lozim bо‘lgan muhim masala borki, u ham bо‘lsa tarbiyachilarning pedagogik jarayonni zamonaviy usullar asosida maqsadli, tizimli va natijalarni bashorat qila olish orqali metodik jihatdan tо‘g‘ri tashkil etishlarini ta’minlashdir. Interfaol usullar hozirgi kunda ta’lim islohotlaridagi ustuvor jihati va pedagogik muammolarni hal etishdagi roli, ta’lim samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan ekanligini e’tirof etish joizdir. Pedagogik texnologiya nazariyasining muhim jihati har bir pedagogning о‘z imkoniyati darajasida, shuningdek, turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, о‘quv faolligini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida interfaol metodlardan samarali foydalana olish bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda о‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular kо‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bо‘ldi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida» 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-son qarori, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5198-son Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3651-son Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 avgustdagi “Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 681-son Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tо‘g‘risida Nizom, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ–3955-son qarori, О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
Maktabgacha ta’lim – bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda о‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini kо‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi [1]. Maktabgacha ta’lim vazirligi о‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi (1.1-jadvalga qarang):
1.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |