Ilk qadam davlat o quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni sezish qobilyatlarini rivojlantirishni tashkil qilish



Download 57,16 Kb.
bet12/16
Sana13.07.2022
Hajmi57,16 Kb.
#789216
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ilk qadam davlat o\'quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha

Yangi modellar
Maktabgacha ta'lim vazirligi maqsadi - barcha bolalarni teng asosli va yuqori sifatli maktabgacha ta'lim tizimiga qamrab olish. O‘zbekistonda uzoq qishloq punktlari bor, u yerda bolalar bog‘chalari yo‘q, shunday ekan, maktabgacha ta'lim olishning imkoni yo‘q. Qamrovni ta'minlash uchun MTV tomonidan o‘qitishning muqobil shakli - oilaviy MTMlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir qaror ishlab chiqildi.
"Fikrimizcha, aynan qishloq joylarda ular o‘zini oqlaydi. Ushbu qarorda oilaviy MTM daromad olish huquqiga ega ekanligi qayd etilgan. Bundan tashqari, oliy ma'lumotga ega bo‘la turib, muayyan sabablarga ko‘ra ishlay olmaydigan ayollar o‘z uyida ishchi yollash imkoniga ham ega bo‘ladi. Bunda boshqa joylarga nisbatan istisno mavjud, ya'ni uzoq qishloq joylarida hatto o‘rta-maxsus ma'lumotga ega ayollar ham oilaviy MTMda faoliyat yuritishi mumkin. Biz ularni shtatga kiritamiz va ular ish haqi bilan ta'minlanadi. Mebel va metodik ta'minotni vazirlik to‘liq o‘z zimmasiga oladi", - deydi Agrippina Shin.
Ayni damda taklif etilayotgan va kelgusida ishlab chiqiladigan yana bir model - Islom taraqqiyot banki yordamida mahallalar qoshida bir xona bolalar uchun maktabgacha ta'lim ta'minoti bilan jihozlanadi.
2019 yilning yanvar oyidan har bir bolaga tug‘ilishi bilan identifikatsion raqam beriladi va u keyinchalik ana shunga asosan kuzatib boriladi. Hozircha esa bu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi, Adliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklaridan olinadi.
Qo‘shimcha xizmatlar
Qaror loyihasiga maktabgacha ta'lim muassasalari kechgacha ishlovchi ota-onalar uchun qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishi mumkinligiga doir taklif kiritildi. Tabiiyki, qo‘shimcha xizmatlar qo‘shimcha to‘lov evaziga ko‘rsatiladi.
Qog‘ozbozlik
Sir emaski, yaqin kunlargacha MTMlardagi pedagoglar ko‘plab hujjat turlarini to‘ldirishlariga to‘g‘ri kelgan. Vaqti kelganda, qog‘ozbozlik sabab bolalarga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Chunki rahbariyat talabini o‘z vaqtida bajarmaslik yaxshilikka olib kelmasligini yaxshi bilishgan. Ko‘plab yaxshi kadrlar aynan shu qog‘ozbozlik sabab ham sevimli kasblaridan voz kechishgan.
Va nihoyat, 2018 yilning 15 iyulida MTMlarda qog‘ozbozlikni qisqartirishga oid qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, ilgari pedagoglar 9 ta hujjat turini yuritgan bo‘lsa, endi ularning soni 4 tagacha qisqartirildi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 5198 - Farmoni ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi “Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida O‘zbekiston o‘z zimmasiga 6-7yoshli bolalarning maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo‘yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi, O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
“Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo‘lib sanaladi.
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizniva variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi.Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilishi mumkin:
• bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida;
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
• maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda.
Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, maktabgacha ta’limning muqobil shakllari xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib, o‘z muqobil shakllarini ishlab chiqishi mumkin.
Dastur asosiga bola shaxsining rivojlanishidagi asosiy sohalar (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari kiritildi. Dastur (kurrikulum)ning o‘rgatuvchi jarayonidagi integratsiyalashgan yondashuv bola rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
6-7 yoshli bolalarni o‘qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlari dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo‘naltirilgan sifatli pedagogikaga prinsiplariga asoslangan.
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi:
• katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida shakllanadi;
• maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda);
• umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar;
• ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi;
• g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi.
Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun
quyidagilarni ta’minlashni ko‘zda tutadi:
-zarur bo‘lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng
imkoniyatlarni vujudga keltirish;
-6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak;
• 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan;
• maktab ta’limiga umumiy psixologik tayyorgarlik.

Download 57,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish