Ilk O’rta asrlarda samarqand



Download 1,51 Mb.
Sana11.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#341493
Bog'liq
Jahongirova N.Samarqand tarixi

Ilk O’rta asrlarda samarqand

Reja:

1. Samarqand tarixiy shaxar

2.Sug’d markazi Samarqand

3.Samarqand Turk xoqonligi tarkibida

4.Ilk o’rta asr yodgorliklari o’rganilishi

tuzuvchi: Jahongirova Nozima 205 guruh

“Men Samarqand haqida eshitganlarimning hammasi albatta haqiqat! Faqat bitta narsa: u men tasavvur qilganimdan ham chiroyliroq bo‘lib chiqdi“ Aleksandr Maqduniy

  • Qadimgi afsonaga ko‘ra, Samarqand shahri tashkil etilganida (miloddan avvalgi VIII asrda) Zarafshon tog‘laridan qoplon kelib, shahar qurilishini ma’qullagan ekan. O‘shandan beri Samarqandda odamlar o‘zlarini qoplon bilan bog‘lashadi – ular xuddi o‘shanday mag‘rur, xuddi o‘shanday qat’iyatli va xuddi o‘shanday saxiydirlar.

Samarqand sayyoramizdagi eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, Rim va Afina bilan tengdoshdir. U 2750 yoshdan oshgan. Shahar har doim haqiqiy sharqona mehmondo‘stlikning chinakam namunasi bo‘lgani bilan ajralib turgan. Bu yerda bir necha millat vakillari doimo muammosiz yashab kelgan. Samarqandni odatda "Sharqiy Bobil" deb atashadi.

Samarqand 2750 yoshda

Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud - Markaziy Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor miloddan avval VII-VI asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan. Bu nom 20 asr boshlarigacha saqlangan

  • Sug'd mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645—654 yillarda Kesh) 3 ta tarixiy-geografik hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va Kesh-Naxshab Si. Har 3 qism oʻzaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon togʻ tizmalari Samarqand va Kesh-Naxshab oʻrtasini Karmanadan keyin Malik choʻli Buxoro va Samarqand Sini ajratib turgan.

Ilk o’rta asrlarda shaxar tuzilishi


Sug'd konfederatsiyasi milodiy VI asr oʻrtalaridan VIII asr boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlangʻich davridan (VIII asr 1-chorak), to Sug'd podshohi Turgʻar davri oxirigacha (738—759 yillar) Sug'd oʻzining konfederativ xususiyatini saqlashga harakat qilgan. Turgʻardan keyin Sug'dda ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan.
  • IV-VIII asrlarda soʻgʻdlar Uzoq sharq , Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoli boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda bekliklar va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand , Maymurg, Kedh , Naxshab, Ishtixon , Kushaniya, Buxoro , Amul  va Andxoy ajralib turgan
  • Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shahri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shim. qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnaxr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari Ishxid, Buxoro hukmdorlari esa Buxorxudot deb atalgan

Sug’d ishxidlarining markazi Samarqandda edi .VI-VII asrda shohlar shaxarni g’oyat mustahkamlaanlar.Uning ichki qismida ulkan saroylar,binolar

Ibodatxonlar qurilgan.Afrosiyobdan topib organilgan shaxar qoldiqlari devoriy suratlar yuqoridagi gapimizga yorqin isbot bo’la oladi



Samarqand 6-asrda Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdo qilgan. Oʻz davrida "10 Oʻq xoqonligi" deb yuritilgan 

Varxuman saroyida tasvirlangan turkiy zodagonlar .Samdarqand 650 yil

  • Afrosiyob Samarqand shahrining qadimiy qoldiqlari, uzoq asrlar davomida 10-15 metr chuqurlikda koʻmilib ketgan arxeologik qazilmalari bilan mashhur, qadimiy aholisi VI-VIII asrlarda hozirgi Samarqand shahri yaqinidagi tepaliklarda, taxminan 2 kv km maydonda yashagan. Samarqand shahri yodgorliklari oʻzining buyukligi bilan odamlarni qoyil qoldirgan

Afrosiyob devoriy suratlari .Ilk o’rta asrlar

  • Samarqandliklarning milodiy I-IV asrlardagi ma’naviy hayoti va ro‘zg‘orini yorituvchi ashyolar to‘rtinchi zalda o‘z o‘rnini egallagan bo‘lib, ulardan milodiy IV asr mehrob-o‘choq, terrakota haykalchalari, ro‘zg‘or buyumlari, suyaklar solingan ostodon namoish etilgan. Beshinchi zalda, olov va ajdodlar ruhi e’tiqodi bilan bog‘liq buyumlar: ossuariylar, uyning ibodat qilish qismi, devoriy suratlar, raqqosa shaklidagi yog‘och haykal-ustunlar, so‘g‘d yozuviga ega bo‘lgan buyumlar – teri (konvert), xum, porsang. Shu bilan birga temir, suyak va sopoldan yasalgan ro‘zg‘or buyumlar o‘z o‘rnini topganlar

Afrosiyobdagi arxeologik topilmalar shaharning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, Samarqand tarixi muzeyida saqlanadi va ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Samarqand tarixi muzeyi Sharof Rashidov tashbusi bilan 1970 yil 24 oktabrda ochildi.
  • Muzeyning eng nodir eksponatlari orasida markaziy zaldagi, bir vaqtlar muzey binosidan bir-necha yuz metr G‘arbda joylashgan qabulxonani bezagan VII asr devoriy suratlari alohida o‘rinni egallaydi. Ular 1965 yilda ochilgan. Bu zal VII asrning uchinchi choragida Samarqandda hukmronlik qilgan Varxuman oilasining qarorgohi bo‘lgan. To‘rt devorda to‘rt kompozitsiya syujetlari – Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilinishi, maqbaraga tantanali safar, ilvirs ovi va boshqa rasmlar tasvirlangan

Afrosiyob devoriy suratlari


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish