1.2. Ilk bolalik davrida aqliy rivojlanish yetakchi faoliyat sifatida
Ilk bolalik davridan boshlab bola uni orab turgan predmetlarning xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bogliqliklarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi korinishlarini tashkil etadi. 1 Yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda korib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir kozga tashlanib turadigan belgisiga oz etiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga kora taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan koz bilan chamalab, harakat qilishiga otishda namoyon boladi, endi u predmetning bolaklarini ushlab kormasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 Yoshli bola kattalarning korsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga kora, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda togri topa oladi.
Bolalar avval shakliga, songra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bolgan juda kop predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini etiborga olmaydi va oziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning korsatishicha 2,5-3 Yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, togriburchak, kopburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, kok, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bolishi sababli, bu Yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va oz nugqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu Yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini talab etishlari notogridir, buning uchun mos davr 4-5 Yoshlar hisoblanadi.
Bola 3 Yoshigacha ozlashtirgan sozlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi korinishi ozgarsa ham uning nomi ozgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini vazifalariga boglagan holda tez ozlashtiradi. Idrok ossa, xotira takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir.
Ilk Yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bolsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalgiydi. Diqqatning kop chalgishi bu Yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan boladigan yangi ozgaruvchilarga muhtoj bolib turadi. Ammo obektga bolgan qiziqish qancha aniq va ravshan bolsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror boladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib borishiga bogliqdir. Bu Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan boladi.
Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning tasirida tugiladi va malum maqsadga boysunadi. Bola qogirchoqni korib bolgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni korib qolsa, diqqatini qolidagi qogirchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «ormonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan xayol ham boyib boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan boladi. Lekin bola xayoldagi obraz bilan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlarni aralashtirib yuboradi. SHu sababli bola xayoliga tasir etuvchi vositalar ichida ertaklar muhim orin egallaydi.
Ilk bolalik Yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilinadigan harakatlarga bogliqligi bilan farqlanadi. Bu Yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur xususiyatlari oz hayotining birinchi yilida sodda assotsiatsiya, yani har xil tasavvurlarni bir-biri bilan boglash qobiliyatiga ega boladi. Masalan, u sutli shishani korishi bilan xursand boladi. Vaqt otishi bilan bolaning assotsiatsiyasi murakkablashib boraveradi. Bola bir Yoshga tolay deganda, onasining kochaga kiyadigan kiyimini olib kelayotganini korib, xursand boladi. Vrachning tekshirishidan yomon tasirlangan bolalar xalatli odamlardan qorqa boshlaydilar.
Bola oz hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini aniqlay boshlaydi, xonaning ichidagi predmetlar orasida ozini togri tutish malakasini egallab boradi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan song, uni sinchiklab organishida korishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, korgazmali-harakatli bolib, u atrof olamdagi turli bogliqliklarni organishga xizmat qiladi. Ozidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini korgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta orin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qol soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bolganligi bois, ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2-3 Yoshli bolalar malum bir predmetlarning orniga ularning ornini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, oyin jarayonida bola chopni qoshiq yoki termometr ornida, yogochdan yasalgan krovat yoki mashina ornida foydalanishi mumkin.
Bola ikki Yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi Yoshida esa bazi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu Yoshdagi bola vazadagi tugmachani qoli bilan solib, ololmasa, u vazachani tontarib olaveradi. Tafakkurning bu boshlangich shaklini bazan «qol tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu shaklii bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir.
Uch Yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini korish mumkin. Bu hukm turlari doimo faqat ozi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli boladi. Bola 2,5 Yoshga etganda savollar bera boshlaydi. Avval savollar koproq predmetlarning nomi togrisida bolsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday maqsadlarda qollanilishi va nimalarga ishlatilishi togrisida (masalan, bu nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) boladi. Hozirgi zamon, otgan zamon va umuman vaqt togrisidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo boladi. Bola predmetlar bilan koproq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bolishi va ularning xususiyatlarini tekshirib korishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar toplana boradi va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar hosil boladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2-3 Yoshli bola kop narsani korishni, kop narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda koplab savollar beradi.
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni ostirish va tevarak-atrofdagi olamni turli tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi goyat muhimdir. Bola oz savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu malumotlarni oz oyinlarida aks ettiradi va shu yol bilan ularni xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kattalarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni solishtiradi, ularning ayrimlari ortasidagi ozaro boglanishlarni va buning sabablarini aniqlaydi. Mana Shuning ozi bolada ancha umumlashgan tafakkur paydo bolayotganidan darak beradi.
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning osishi bilan mustahkam boglangandir, nutqning osishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki soz narsa, predmet va harakatlar bilan ozaro munosabatda boladi. Oz navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi soz zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning osishiga yordam beradi.
Bu Yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutugi, ona tilini ozlashtirib olishlaridir. Bir Yoshdan uch Yoshgacha bolgan davr nutqning jadallik bilan osish davri hisoblanadi.
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki bosqich birinchi Yoshning oxiridan bir yarim Yoshgacha bolgan davr bolib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati osib boradi. Bolaning lugat boyligi ayniqsa bir Yoshdan keyin, yani yurishni organib, tobora kop predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez osa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi.
Bola ikki Yoshga tolganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning ozi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola sozlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.
3 Yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini tola ozlashtirgan bolalar, oz oyinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni oz vazifalariga kora ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 Yoshga etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta sozdan, to 100 tagacha sozni ozlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qollaydi. 1,5 Yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini sorabgina qolmay, balki bu sozlarni ozi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 Yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 Yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha sozni oz nutqida ishlata oladi, Shuningdek, sozlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni togri tuza oladilar. 1,5 -3 Yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi.
Bola bilan sozlashayotganda kattalar sozlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talafuzni talab etishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |