Ildiz, uning tuzilishi va vazifasi. Ildiz metamorfozi va uning anatomik tuzilishi



Download 104,5 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi104,5 Kb.
#907144
Bog'liq
ildiz poya barg metamorfozi


Reja:




  1. Ildiz, uning tuzilishi va vazifasi.

  2. Ildiz metamorfozi va uning anatomik tuzilishi.

  3. Poya, uning morfologik tuzilishi va tiplari.

  4. Novda, uning morfologik tuzilishi va metamorfozi.

  5. Poyaning anatomik tuzilishi.

  6. Barg, uning vazifasi, morfologik tuzilishi va tiplari.

  7. Barg metamorfozi va uning anatomik tuzilishi.



Tayanch so`z va iboralar: qutblilik va simmetriya, gomologik va analogik organlar, rudiment, korrelyasiya, o`q va popuk ildizlar, mikoriza, bo`g`im, barg qo`ltig`i, barg o`rni, o`sish konusi, shoxlanish, barg o`yig`i, mezofill.

O`simliklar morfologiyasi fani gulli o`simliklarda 3 ta asosiy organ bor deb hisoblaydi. Bular: ildiz, poya, barg. Boshqa organlar esa, jumladan gul, tikan, gajak, kurtak, mevalar yuqoridagi organlardan shakli o`zgarishi natijasida kelib chiqqan.


Yuksak o`simliklarning organlari bajaradigan vazifasiga qarab vegetativ va generativ organlarga bo`linadi. Vegetativ organlar o`simliklarni oziqlantirish, assimilisiya, gaz almapshnuvi va boshqa vazifalarni, generativ organlar esa jinsiy ko`payish vazifasini bajaradi.
Vegetativ organlarning tuzilishidagi asosiy qonuniyatlardan biri qutblilikdir. Uning mohiyati shundan iboratki, o`simlikning uchki va quyi qismi morfologik va fiziologik jihatdan farq qiladi. Shu sababli u faqat uchiga qarab o`sadi. Qalamcha erga qo`yi qismi bilan ekiladi.
Ikkinchi asosiy qonuniyat bu o`simlik organlarining simmetrik bo`lishidir. Ya`ni o`simliklarning bir xil qismlari gruppada mutanosib joylashadi. Ko`pchilik hollarda radial simmetriya uchraydi. Bunda silindrsimon poya va sharsimon meva aylanasining barcha graduslari bo`ylab tekislik o`tkazilgan deb faraz qilsak, bu tekisliklar ularni teng qismlarga bo`ladi.
Bilateral simmetriyada esa o`simlik organi bo`ylab faqat ikkita o`zaro perpendikular tekislik o`tkazish mumkin. Masalan, yong`oq va bodomning mevasida.
Monosimmetriyada esa bir o`simlik yoki uning organidan faqat bitta simmetrik tekislik o`tishi mumkin. Ba`zi o`simliklar tanasidan gullarni simmetrik qismlarga ajratadigan birorta ham tekislik o`tkazib bo`lmaydi, ular assimmetrik tuzilgan bo`ladi.
Evolusiya jarayonida o`simliklarning turli organlari har xil vazifani bajarib, shunchalik metamorfozlashib ketadiki, hatto ularni ilgarigi holatini aniqlash juda qiyin bo`ladi. Masalan, gulning tojbarglari, no`xatning gajaklari o`zgargan bargdir. Tokning gajaklari esa o`zgargan novdadir. Shunday qilib, tashqi ko`rinishdan bir-biridan keskin farq qilib, kelib chiqishi bir xil bo`lgan organlar gomologik organlar deyiladi.
Analogik organlar esa tashqi tomonidan bir-biriga o`xshash bo`lishi va bir xil funksiya bajarishi mumkin, lekin kelib chiqishi har xil bo`ladi. Analogik organlardan zirk va do`lananing tikani bir-biriga o`xshaydi va bir xil vazifani bajaradi, lekin kelib chiqishi har xil.
Bir xil ekologik sharoitda yashaydigan turli xil sistematik guruhlarga mansub o`simliklarda o`xshash belgilar paydo bo`ladi. Masalan, quruq iqlim sharoitida o`sadigan amerika kaktuslari va afrika sutlamaguli morfologik jihatdan bir-biriga o`xshashdir yoki O`rta Osiyo sahrolarida o`suvchi torondoshlar oilasining vakili qandim, sho`radoshlar oilasining vakili sho`raning tashqi belgilari bir-biriga o`xshash bo`ladi. Shunday qilib, turli sistematik guruhlarga mansub o`simliklarni bir xil sharoitda yashashi oqibatida o`xshash morfologik belgilar hosil qilishi konvergensiya deyiladi.
Evolusiya jarayonida dastlabki ahamiyatini yo`qotgan va batamom yo`qolib ketish oldida turgan organlar rudimentlar deyiladi. Masalan, sahroda o`sadigan saksovulning barglari kam suv bug`latishga moslashish natijasida reduksiyalashib, yupqa tangachalarga aylangan.
O`simliklar olamida ko`pincha korrelyasiya hodisasini kuzatish mumkin. Uning mohiyati shundan iboratki, o`simliklar bir organinint rivojlanishi ikkinchisiga juda bog`liq bo`ladi. Masalan, daraxt va butalar shoxidagi yon kurtaklar faqat ikkinchi yilda normal rivojlanadi, agarda poyadagi barg yulib tashlansa, kurtaklar shu yilning o`zidayoq rivojlanib, yangi novda hosil qilishi mumkin. Paxtachilikda g`o`zani chilpish ana shunga asoslangan.
ILDIZ, UNING TUZILISHI VA VAZIFASI. O`simlik hayoti uchun ildiz qo`yidagi muhim vazifalarni bajaradi:

    • o`simlik ildiz orqali suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi;

    • u o`simlikni tuproqda tutib turadi va uni shamol va boshqa mexanik ta`sirlarga qarshi chidamli qiladi;

    • ildizda zapas oziq moddalar to`planadi;

    • vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi;

    • tuproqdagi mokroorganizmlar bilan simbioz aloqada bo`ladi.

Kelib chiqishiga ko`ra ildizlar asosiy va yon ildizlarga bo`linadi. Dastlab asosiy ildiz, keyin esa atrofga taralib yon ildizlar chiqadi. Ular asosiy ildizga perpendikulyar yoki ma`lum burchak ostida joylashishi mumkin. O`z navbatida yon ildizlar ham shoxlanib birinchi tartibli, ular ham shoxlanib ikkinchi tartibli ildizlar chiqadi va hokazo.
Qo`shimcha ildizlar deb ataluvchi ildizlar esa asosiy va yon ildizlardan emas, balki, poyadan, hatto barglardan ham chiqadi. Bunday ildizlar o`simliklar yer ustki organlarining biror qismi nam tuproqqa ko`milib qolganda hosil bo`ladi. Masalan, makkajo`xori, tok, qandimda uni tez-tez kuzatish mumkin. Begoniyaning barglari ham qo`shimcha ildiz chiqaradi.
Ildizlar tashqi ko`rinishiga qarab o`q ildiz va popuk ildizga bo`linadi.
O`q ildizlarda asosiy ildiz yaxshi rivojlanib, erga chuqur kirib boradi. G`o`za, yantoq, beda kabi o`simliklarning ildizi bunga misol bo`la oladi.
Popuk ildizlar ham asosiy ildiz o`sishdan to`xtagandan keyin hosil bo`lgan juda ko`p qo`shimcha ildizlardan iborat. Bu tipdagi ildizlar aksariyat holda bir pallali o`simliklar, xususan g`alladoshlarda uchraydi.
Bulardan tashqari ildizning boshqa shakllari, masalan, ipsimon, duksimon, piyozboshsimon, konussimon kabilari ham uchraydi. Lavlagi, sabzi, turp kabi ildizmevalarning ildizi ana shunday ildiz.
Ba`zi ko`p yillik o`simliklar yon ildizlarida qo`shimcha kurtak hosil qilish qobiliyatiga ega bo`lib, keyinchalik bu kurtaklardan ildiz bachkilari deb ataladigan yangi yer ustki poyalari o`sib chiqishi mumkin. Bular odatda gilos, terak, akasiya kabi daraxtlarda kuzatiladi.
Ildizning poyadan ajralib turadigan belgilaridan biri unda barglar bo`lmaydi. Ildizlarning uchida ildiz qini bo`lishi ham ular uchun juda xarakterlidir. Yosh ildiz uchidan biroz yuqoriroqda epidermis hujayralari o`simtalari bo`lgan ildiz tukchalari bilan zich qoplangan. Ildiz tukchalarining vazifasi tuproqdan suv va oziq moddalarni so`rishdir. Shunday tukchalarning borligi ildizning so`ruvchi yuzasini 5-10, hatto 30-40 barobar oshiradi. Ildiz tukchalari suv va botqoq o`simliklarda , tekinxo`r o`simliklarda deyarli bo`lmaydi.
Ildiz sistemasini uzunligi turli o`simliklarda turlichadir. Masalan, karamda 1,5 m, bedada 2 m, yong`oqda 20 m, yantoqda undan ham ortiq bo`ladi.
Ildiz sistemasining umumiy uzunligi ham turlichadir. G`alla o`simliklarida 500-600 m bo`lgani holda bug`doy ildiz tuklarining jami uzunligi 20 km ga etadi. Qovoq ildizlarining jami uzunligi taxminan 25 km bo`lib, ular har kuni o`rta hisobda 300 m ga o`sadi.
1866 yilda rus olimi M. S. Voronin dukkakli o`simliklar ildizlarida tuganaklar shaklidagi shishlar borligini aniqladi. Keyinchalik ularning po`stloq parenximasi to`qimalariga alohida bakteriyalar kirib yashashi aniqlandi. Bu bakterilar tuproq va o`simliklar tuganagiga kirgan azotni o`zlashtiradilar, bakteriyalar nobud bo`lgach, o`zlashtirilgan azot to`proqda qoladi va hosildorlikni oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek tuproqda yashovchi zamburug`lar ham gifalari bilan ildiz yuzasini, hatto hujayra oraliqlari va bo`shliqlarini egallab oladi. YUksak o`simliklar va zamburug`larning bu xilda birga yashashi mikoriza (gr.– “mikos” – zamburug`, “ridza” ildiz) deyiladi. Mikorizaning aqamiyati shundan iboratki, zamburug`lar qiyin eriydigan ba`zi zapas oziq moddalarni parchalash va eritishga yordam beradi. Shuningdek ildizning shimish qobiliyatini oshiradi, ularni vitaminlar bilan, ba`zan azot bilan ta`minlashga yordam beradi. Zamburug`lar o`z navbatida ildizlardagi uglevodlar bilan oziqlanadi.
Mikorizaning mohiyati birinchi bo`lib rus olimi Kamenskiy tomonidan ochilgan bo`lib, bunday simbioz zamburug` uchun ham, yuksak o`simlik uchun ham foydali ekanligini ko`rsatib bergan.
ILDIZ METAMORFOZI VA UNING ANATOMIK TUZILISHI. Bir qancha o`simliklarning ildizlari o`z faoliyatlari davrida metamorfozga uchrab, oziq moddalar to`playdigan joy bo`lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan ular yo`g`on va etli bo`ladi. Ularning bir necha xili mavjud.
1. Ildizmevalar. Asosiy ildiz o`z shaklini o`zgartirib, yo`g`onlashadi va o`zida zapas oziq moddalarni to`playdi, Bunga sabzi, sholg`om, turp, rediska, petrushkalar kiradi.
2. Ildiz tuganak asosiy ildizlardan tashqari yon va qo`shimcha ildizlar ham metamorfozga uchrashi mumkin va oziq moddalari saqlanadigan yo`g`on joy ildiz tuganaklari yoki ildiz g`uddalari deyiladi. Ular qishni o`tkazish uchun emas, balki , vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi. Bularga kartoshkagul, eryong`oq;, batat kabi o`simliklarning ildiz tuganaklar misol bo`ladi.
3. Tayanch ildizlarni poyadan chiqqan qo`shimcha ildizlar hosil qilib, ular poyani tik tutib turish uchun xizmat qiladi. Bunday ildizlarni makkajo`xori, oqjo`xorida kuzatish mumkin.
4. So`rgich ildizlar. Tekinxo`r o`simliklarda xlorofill donachalari bo`lmaganligi sababli ular boshqa o`simliklarning oziq moddalari hisobiga yashaydilar. Bunday o`simliklarda asosiy ildizlar o`rnida so`rg`ich ildizlar bo`ladi. Bu xildagi ildizlar zarpechak va shumg`iyada uchraydi.
5. Havo ildizlari. Bu xildagi ildizlar tropik o`simliklarda uchrab, uning poyasidan ildizlar chiqib havoda ochilib turadi va undagi suv bug`larini o`zlashtiradi. Masalan, monstera o`simligi ildizi.
6. Nafas oluvchi ildizlar. Botqoqliklarda o`sadigan ayrim o`simliklar, masalan, botqoq sarvida ildizga qo`shimcha kislorod kerak bo`lganda ular nafas oluvchi ildizlarni hosil qiladi.
Ildizlar bajaradigan vazifasiga qarab har xil to`qimalardan tashkil topgan bo`lib, ular ildiz uchidan boshlab ma`lum tartibda joylashgan bo`ladi. Ildizning uchi, odatda ildiz qini bilan qoplangan bo`ladi va parenximatik hujayralardan iborat bo`ladi. Hujayralarning po`sti yupqa, tashqi tomoni shilimshiqdir. Bu esa tuproq zarrachalari orasida o`sayotgan ildizning harakatlanishini osonlashtiradi.
Ildiz qinining ustida uning o`sish nuqtasi yoki konusi joylashgan. O`sish konusining hujayralari bir xil meristema hujayralaridan iborat. SHu hujayralarning uzluksiz ketma-ket ajralishi natijasida aktiv bo`linadigan birlamchi meristema hosil bo`lib, ildizni o`stiruvchi va uning orqasida ko`plab bo`linadigan mayda meristema hujayralarini qoldiradi. Ularning to`plami bo`linish zonasi deb ataladi. Keyinroq meristema hujayralaridan cho`ziq va ingachka hujayralar gruppasi ajralib chiqadi va ular o`sish konusidan bir muncha yuqori (1-1,5 mm) joylashadi. Ular o`sish yoki cho`zilish zonasini tashkil etib, hujayralar bo`linishdan to`xtaydi. Ildizning birlamchi gistologik elementlari paydo bo`lishi bilan uning uchinchi zonasi boshlanib, so`rish zonasi deyiladi. Ildizning bu zonasidagi epiblema hujayralarining bir qismi tashqi tomonga bo`rtib o`sadi va tukchalar hosil qiladi. Ular suv va mineral moddalarni so`rish uchun xizmat qiladi. Ildiz tukchalarining umri juda qisqa bo`lib, birin-ketin yangi tukchalar hosil bo`laveradi. Har bir tukcha 10-20 kungacha yashaydi. Ba`zilari esa yog`ochlanib 2 yilgacha so`rish qobiliyatini yo`qotmaydi. Ildizning shu zonadan yuqori qismi o`tkazish zonasi deyilib, undan yon ildizlar chiqadi. Ularda ikkilamchi tuzilgan elementlar paydo bo`lib, o`tkazish vazifasini bajaradi.
POYA, UNING MORFOLOGIK TUZILISHI VA TIPLARI. Poya o`simlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo`lib, bargni ildiz bilan morfologik va funksional bog`laydi. Uning asosiy vazifasi o`simlik shox-shabbasini ko`tarib tutib turish va suv hamda unda erigan mineral moddalarni ildizdan barglarga, bargda hosil bo`lgan organik modalarni ildizga o`tkazishdan iborat. U ba`zan suv va zapas oziq moddalarni to`plovchi ombor vazifasini ham bajaradi. Shuningdek poya nafas oluvchi organ ham hisoblanadi. Ayrim o`simliklarda esa assimilisiya va vegetativ ko`payish vazifasini ham bajaradi.
Har xil o`simliklar poyasining shakli va uzun-qisqaliga juda xilma-xil bo`ladi. G`alladoshlarning yumaloq va ichi bo`sh poyasi poxol poya deyiladi. Labguldoshlarning poyasi to`rt qirrali, qiyoqlarniki uch qirrali va hokazo. Ko`pchilik o`simliklarda poya tik o`sadi. Bular aksariyat daraxtlar va ayrim o`t o`simliklari – g`o`za, beda singarilarda uchraydi. Ba`zi poyalar yer bag`irlab o`ralib, chirmashib o`sadi. Masalan, qovun, tarvuzlarda. Daraxt o`simliklarda chirmashib o`suvchi poyalilari lianalar deyilib, ular tropik o`rmonlarda ko`proq o`sadi. Ularning uzunligi 300 m gacha etadi. Barcha lianalarning poyasida etarli miqdorda mexanik elementlar bo`lmaganligidan, ularga tayanch kerak. Shu sababli o`zlariga turli yo`llar bilan tayanch topadi.
Lianalar poyasi bilan chirmashib olishidan tashqari, ularda boshqa moslamalar, masalan, tayanchga o`raladigan jingalaklar (tokda), turli xil ilmoqlar (chirmashuvchi atirgulda) va soxta qo`shimcha ildizlar ham bor. O`simliklar poyasining sirti ham xilma-xil. Masalan, makkajo`xorida ular tuksiz, yalpizda mayin tukli, atirgulda dag`al tukli va tikanli bo`ladi.
Poyalarning uzun-qisqaligi ham turlicha. Ayrim o`simliklarda ular bir necha mm bo`lgani holda, qarag`ayda 50 m, oqqarag`ayda 70 m, sekvoyya dendronda 135 m, evkaliptda 150 m gacha etadi. Shuningdek, poyaning yo`g`onligi ham turli-tuman. Zarpechak poyasi bir necha mm, chinorniki 5-6 m, Afrikada usuvchi boabab daraxtiniki 10-12 m, sekvoyya dendronniki 13 m gacha bo`ladi.
Poyasining tipi va hayotining uzun-qisqaligiga qarab, barcha gulli o`simliklar: daraxt, buta, chala buta va o`t o`simliklarga bo`linadi. Daraxtlarning asosiy tanasi yaxshi rivojlangan va yog`ochi ikkilamchi tartibda yog`ochlanib yo`g`onlashgan ko`p yillik o`simliklardir. SHuningdek, shox-shabbasi yaxshi rivojlangan bo`ladi. Daraxtlarning umri ko`pchiligida 200-300 yil bo`lgani holda, ayrimlarida o`nlab asrlarga etadi. Xususan, eman 1500, sarvi va savr daraxtlari 3000, boabab 5000, sekvoyya dendron ayrim manbalarda 8000 yil yashashligi ko`rsatilgan.
Butalar ham ko`p yillik o`simlik bo`lib, ularning ham tanasi ikkilamchi tartibda yo`g`onlashgan, lekin daraxtlardan farqli ravishda tanasi bir nechta bo`ladi. Ular yer yuzasidan boshlaboq shoxlaydi va bo`yi 4-5 m dan oshmaydi. Bodom, siren, na`matak , zirk, uchqat butalarga misol bo`ladi. Bo`yi 1 m dan oshmaydigan butalar ham bo`lib, ular butacha deb yuritiladi. Boyalish, teresken kabi O`rta Osiyo cho`llarida o`sadigan o`simliklar butachalarga misol bo`ladi.
Chala butalar ham ko`p yillik o`simlik bo`lib, butalardan farqi shuki, ular poyasining faqat pastki qismi yog`ochlangan bo`lib, yog`ochlanmagan yuqorigi qismi qishda nobud bo`ladi. Shuvoqning cho`lda o`sadigan turlari , astragal, izen chala butalarning tipik vakilidir. O`t o`simliklarning yer usti organi vegetasiya davrining oxirida batamom nobud bo`ladi. Bu guruh o`z navbatida bir yillik, ikki yillik va ko`p yillik o`simliklarga bo`linadi.
Bir yillik o`simliklar o`z hayot siklini bir vegetasiya davomida, ya`ni bahorda boshlab, kuzda tugatadi. Bularga g`alla ekinlari va qator madaniy o`simliklar misol bo`ladi.
Ikki yillik o`simliklarning hayot sikli birinchi yili tugallanmay, ikkinchi yili ham davom etadi. Birinchi yili ular, odatda faqat to`pbarg yoki qisqargan poya hosil qiladi. Ikkinchi yili poya chiqarib gullaydi, meva tugadi va keyin nobud bo`ladi. Sabzi, lavlagi, karam, sachratqi va ko`pgina yovvoyi o`tlar ikki yillik o`simliklardir.
Ko`p yilik o`t o`simliklarning hayot sikli bir necha yil davom etadi. Ularning yer ustki qismi qishda nobud bo`lib, qishlovchi piyozbosh, tuganak va ildizpoyalaridan bahorda qayta o`sib chiqadi. Ularning ayrimlari o`n yillab yashaydi (tovsag`iz). Ko`p yillik o`tlarga beda, sebarga, ayrim g`alladoshlar (suvbug`doyiq, oqso`xta) misol bo`ladi.
NOVDA, UNING MORFOLOGIK TUZILISHI VA METAMORFOZI. O`simliklar morfologiyasida bargli poya novda deb yuritiladi. Barglarning poyaga birikkan joyida, odatda kichik bo`rtmalar hosil bo`ladi, ular poya bo`g`imlari deb ataladi. Bir bo`g`im bilan ikkinchi bo`g`im orasidagi masofa bo`g`im oralig`i deb ataladi. Novda o`qi bilan barg qo`ltig`i orasida hosil bo`lgan burchak barg qo`ltig`i deyiladi. Barg to`kilib ketgandan keyin novdada qolgan joy barg o`rni deyiladi.
Har bir novda uchki kurtakdan rivojlanadi. Ularning boshlang`ich barglari birlamchi meristemadan iborat bo`lib, poyaning o`sish konusi deb ataladigan uchki qismini himoya qiladi.
Poyaning o`sish konusi asosida boshlang`ich bargning mayda do`mboqchalari bo`ladi. Keyinchalik bu do`mboqchalardan primordial barg chiqadi. Birlamchi do`mboqchalar qo`ltig`ida ikkilamchi novdaning yon shoxlari o`sib chiqishiga asos bo`ladigan qo`ltiq kurtaklari vujudga keladi. Mo``tadil iqlim sharoitida uchki va yon kurtaklar qishda tinim holatiga o`tadi va ular qishlovchi kurtaklar deb yuritilib, bahorda qayta uyg`onadi.
Ba`zan qo`ltiq kurtaklar uzoq vaqt tinim holatida bo`lishi va faqat poyaning uchi kesilganda yoki uchki kurtaklar olib tashlanganda o`sa boshlaydi. Bu kurtaklar yashirin kurtaklar deyiladi. Poyaning tashqi to`qimalari, ba`zan ichki to`qimalari, xususan, kambiydan qo`shimcha kurtaklar hosil bo`ladi. Ular ko`pincha poya va shoxlar kesilganda yoki to`nkaning chetlarida hosil bo`ladi. Yong`oq, qayin, zaranglarda bo`qoqlar ham ana shu kurtaklardan hosil bo`ladi. Bu bo`qoqlardan esa turli xil suvenirlar va idishlar tayyorlash mumkin.
Uchki kurtaklardan o`sib chiqadigan novdalar, odatda, yuqoriga qarab o`sadi. Ular ba`zan yonga qarab o`sib sudraluvchi novda hosil bo`ladi. Ba`zi o`simliklar, xususan, majnuntol, qayinda novdalar pastga qarab o`sib yig`loqi formalar hosil qiladi.
Novdalar bajaradigan vazifalariga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Ularning ba`zilari o`simliklarning individual hayoti uchun xizmat qiladi va ularda faqat barglar hosil bo`ladi. Bunday novdalar vegetativ novdalar deyiladi. Boshqa novdalarda esa gul, meva, urug` hosil bo`lib ular generativ novda deb yuritiladi.
Novdalar o`sish jarayonida yoki novda va yon kurtaklar hosil bo`lishi hisobiga shoxlaydi. Ma`lum sistematik guruhlarga mansub o`simliklar o`ziga xos ravishda shoxlanadi. Shoxlanishning 4 xili mavjud. Bular: dixotomik, monopodial, simpodial va soxta dixotomik. Dixotomik shoxlanishda poyaning uchidan ikki ayri novda chiqadi, bu novdalarning o`zi xam, o`z navbatida yana ikkita novda chiqaradi va hokazo. Bunday shoxlanishlarni suvo`tlar, moxlar va paporotniksimonlarda kuzatish mumkin.
Gulli o`simliklarning poyasi, ko`pincha monopodial shoxlanadi. Bunda poyaning uchidan o`sadigan asosiy poya hosil bo`ladi va yon kurtaklardan yon shoxlar chiqadi. Asosiy poya, odatda, yo`g`onlashib ketadi, chunki u yon novdalarga nisbatan tez o`sadi va tik hamda baland bo`lib ketadi. Qarag`ay, tilog`och kabi daraxtlarning shoxlanishi unga misol bo`lib, ular, odatda, yaxshi qurilish materiali hosil qiladi.
Simpodial shoxlanishda poyaning o`q qismidagi uchki kurtak ma`lum vaqtdan keyin o`sishkan to`xtaydi va nobud bo`ladi. Uning o`rniga yon kurtax rivojlana boshlaydi va u asosiy o`qning o`sishini davom ettiradi. Bir muncha vaqtdan keyin bu yon shox ham o`sishdan to`xtaydi va o`rniga avvalgi shoxning o`sish konusi pastrogada hosil bo`lgan kurtakdan yangi shox o`sib chiqa boshlaydi. Simpodial shoxlanish natijasida poya qisqa bo`yinli bo`lib qoladi, daraxt shox-shabbasi juda yoyilib ketadi. Qayrag`och, o`rik, olma kabi daraxtlar, pomidor, kartoshka kabi o`simliklar simpodial shoxlanadi. Ba`zan bir o`simlikda ham simpodial ham mononodial shoxlar bo`lib, buta yoki daraxtlarni zich ekib simpodial shoxlarni ko`paytirish mumkin.
Soxta dixotomik shoxlanishda novdaning uchidagi uchki kurtak ostida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ikkita yon kurtak hosil bo`ladi. Bu kurtaklarning ikkalasi birdaniga o`sa boshlaydi va uchki kurtak o`sishdan to`xtaydi. Siren, soxta kashtan kabi o`simliklarda shu tipdagi shoxlanishlarni ko`rish mumkin.
Novda tashqi sharoit ta`sirida metamorfozga uchrab ildizpoya, tuganak, piyozbosh, gajak va jingalaklar hosil qiladi. Ildizpoya deb ataluvchi yer osti novdalar tashqi ko`rinishidan ildizga o`xshasada, ular aslida novdaning shakli o`zgargan holatidir. Ular vegetativ ko`payish, qishlash va zahira moddalarni to`plash uchun xizmat qiladi. Rang, kampirsoch, ko`pgina g`alladoshlar, g`umay, ajriq va chayir singari o`simliklarda ildizpoya yaxshi rivojlangan.
Tuganaklar yo`g`on, seret bo`rtma shaklida bo`lib, ular zahira moddalarni to`playdi. Shu sababli ular poyaning yer osti qismida bitta yoki bir nechta bo`ladi. Tuganaklar ham ildizpoya singari vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi. Kartoshka va topinambur tuganakli o`simliklarga misol bo`ladi. Kartoshkaning tuganagi oq poya deb ataladigan ingichka yer osti poyalaridan hosil bo`ladi. Tuganaklar kelib chiqishi jihatidan har xil bo`lishi mumkin. Ba`zi o`simliklarda ular ostki poyaning (gipokotilning) o`sishidan hosil bo`ladi. Boshqalarida o`sayotgan tuganak faqat ostki poyaniki emas, balki ildizning bir qismini ham qamraydi.
Piyozbosh, asosan loladoshlar oilasining vakillariga xosdir. Piyozdoshlar tuganaklar singari zich yo`gonlashgan emas, ular qisqa poyani o`rab turadigan qalin va seret barglardan hosil bo`lgan. Piyozboshli o`simliklar bahorda, gul va meva hosil qiluvchi novdalarini o`stirishda oziqlantiruvchi tangachalar deb ataladigan yo`g`on, rangsiz va seret barglaridagi zapas oziq moddalardan foydalanadi. Piyozboshli va tuganakli o`simliklar quruq va issiq o`lkalarda keng tarqalgan.
Yer usti novdalar ham shaklan har xil o`zgarishi mumkin. Masalan, o`simliklarning novdasi ba`zan bargning funksiyasini bajaradi. Shuning uchun yassilanib bargga o`xshash shaklga kirib qoladi. Bunday poya kladodit deb ataladi. Avstraliya akasiyasi, kaktus va opunsiyalarning poyasi ana shunday poyadir. Ko`pincha poyalar bargning funksiyasini bajarganda , ya`ni fotosintezda novdalar sukkulentligi kuzatiladi. Sukkulent novdalar yo`g`on, seret bo`lib tarkibida juda ko`p suv bor. Bu hol qurg`oqchil va sho`r erlar o`simliklari uchun juda muhimdir. Novdaning yo`g`on, seret va, ko`pincha, filokladit deb ataladigan barglari suvni kam bug`latadigan va o`simliklarni hayvonlarga em bo`lishidan saqlaydigan tikanga aylanib kolgan. Amerika kakguslarida sukkulentlik yaxshi ifodalangan.
Tikanlar ham shakli o`zgargan novdadir. Ular o`simlikni himoya qiladi, suvni kam butlatishga yordam beradi. Bular limon, mandarin, gledichiya, yovvoyi nok, do`lanada uchraydi. Bulardan tashqari uzun, yer bag`irlab o`sadigan va bo`g`im hamda bo`g`im oraliqlari bo`lgan novdalar – gajaklar ham uchraydi. Bo`g`imning kurtak tomonidan qo`shimcha ildizlar chiqadi. Bular qulupnay va g`ozpanjada uchraydi.
POYANING ANATOMIK TUZILISHI. Bir pallali o`simliklarning poyasi anchagina bir xil tuzilgan. Masalan, makkajo`xorining poyasi tashqaridan epidermis bilan qoplangan, uning ostida esa o`lik prozenxima joylashgan. Asosiy parenximaning markaziy qismidan tashqari joyida yopiq tolali naychalar bog`lami tartibsiz ravishda yoyilgan bo`lib, ular o`tkazuvchi mexanik to`qimalar bilan asosiy to`qimalar o`zaro bog`langan sistemasidan iborat. Bog`lamning markaziy qismi 2 ta to`rli yirik naychadan va 1-3 ta mayda spiral hamda halqali naychalardan va yog`ochlik parenximasining tirik hujayralaridan iborat.
Bog`lamning tashqi qismi lub elementlari, to`rli naychalar va ularning yo`ldosh hujayralaridan tashkil topgan. Poyaning markazida joylashib, parenximaning yupqa po`stli o`lik hujayralaridan tashkil topgan qismi o`zak deyiladi.
Ikki pallali o`simliklarning poyasi birlamchi yo`g`onlashib bo`lganidan keyin, kambiy hisobiga ikkilamchi yo`g`onlashadi va shu bilan bir pallalilar poyasidan farq qiladi. Ko`p yillik ikki pallali o`t o`simliklar poyasining to`qimalari dastlab bir pallalilarniki singari birin-ketin hosil bo`ladi. O`sish konusining birlamchi meristemasida po`st bo`lib, keyinchalik mexanik to`qima – kollenxima va po`stloq to`qimasi ajraladi. Po`stloq parenximasi tarkibida xloroplast bo`lgan yupqa devorli tirik hujayralardan iborat. Uning tagida lub tolalarining tutash halqasi, undan keyin poyaning markazida asosiy parenxima va prokambiy joylashadi. Prokambiyning markaziy tomonidagi hujayralaridan poyaning yog`ochliligi, tashqi hujayralaridan birlamchi lub hosil bo`ladi. Birlamchi yog`ochlik hujayralari markazdan chetga qarab, birlamchi lub esa, aksincha chetdan markazga qarab hosil bo`ladi. Ikkilamchi hosil qiluvchi to`qima kambiy ham prokambiydan hosil bo`ladi.
Kambiy hujayralari to`siqlar yordamida poya yuzasiga parallel ravishda bo`linadi, bunda hosil bo`lgan ikkita hujayraning biri kambiy hujayraligicha qoladi, ikkinchisi esa, agar yog`ochlikka qaragan bo`lsa yog`ochlikni, agar lubga qaragan bo`lsa lubni hosil qiladi. Kambiy lub tomondan ko`ra ko`proq yog`ochlikka tomon bo`linadi.
Kambiy poyaning chetiga qarab ajratgan hamma elementlar ikkilamchi floema (lub), ichkariga qarab ajratgan elementlari ikkilamchi ksilema (yog`ochlik) deb ataladi. Biroq kambiy prokambiydan tutash halqa shaklida hosil bo`lsagina kambiy hujayralari bir xil ish bajaradi. Bu holda poyaning ko`ndalang kesimidan to`qimalar barcha qatlamlarda bir xil joylashganligini ko`rish mumkin. Bunda to`qimalar poyaning markazidan chetiga quyidagacha: o`zak, birlamchi yog`ochlik, ikkilamchi yog`ochlik, kambiy, ikkilamchi lub, birlamchi lub, asosiy parenxima, lub tolalari, po`stloq parenximasi, kollenxima, epidermis joylashadi.
Agar prokambiy ayrim-ayrim joylashsa, kambiy halqasining ishi butun aylana bo`ylab bir xil bormaydi. Bunda kambiyning bog`lamli qismi ikkilamchi yog`ochlik va ikkilamchi lubni, bog`lamlararo qismi, asosan, parenxima hujayralarini hosil qiladi. SHunday qilib, ikki pallali o`simliklar poyasi ikki tipga bo`linadi. Birinchisi halqasimon tip bo`lib, unda birlamchi va ikkilamchi ksilema hamda birlamchi va ikkilamchi floema halqa-halqa bo`lib joylashadi. Ikkinchisi bog`lamli tip bo`lib, unda to`qimalar asosiy parenximada alohida bog`lamlar shaklida joylashadi.
O`t o`simliklar poyasi gul va meva hosil bo`lgunicha yo`g`onlashadi, keyin esa to`xtaydi. Daraxt va butalarda esa kambiy ularning butun hayoti davomida faoliyat ko`rsatadi. Daraxtlarning ikkilamchi yog`ochligi va lubi birlamchilariga nisbatan ancha murakkab tuzilgan, chunki ularning tarkibida g`amlovchi, o`tkazuvchi va mexanik to`qimalar mavjud.
Ikkilamchi yog`ochlikning o`tkazuvchi to`qimasi to`rli naylar va traxeidlardan iborat. Asosiy to`qimalar tolalar bo`lib, bu tolalar va o`zak nurlar o`rnini bosadigan yog`ochlik parenximasidir. Yog`ochlnk parenximasi tirik hujayralardan iborat bo`lib, ularda qishda yog` va kraxmal shaklidagi zapas oziq moddalar to`planadi.
O`zak nurlari yirik parenxima hujayralari qatoridan iborat. Ular poyaning ko`ndalaig kesimida radius bo`ylab joylashadi va ikkilamchi yog`ochlik qatlamini kesib o`tadi. Shuning uchun ularni ba`zan radial nurlar deb ataladi. O`zak nurlar poyada ikki xil vazifani bajaradi. Ularning o`lik hujayralari bo`ylab suv va unda erigan mineral tuzlar poyaning markazidan chetiga qarab, tirik hujayralari bo`ylab esa plastik moddalar eritmasi markazga qarab harakatlanadi.

ADABIYOTLAR:





  1. Burigin I. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O`qituvchi”, 1977.

  2. Васильев А. И. и другие. Ботаника: морфология и анатомия растений. М., “Просвещение”, 1988.

  3. Жуковский П. М. Ботаника. М., 1982.

  4. Тихомиров Ф. К. Ботаника. М., 1968.

  5. Хржановский И. Г., Пономаренко С. Ф. Ботаника. М., “Колос”, 1988.

  6. Хржановский И. Г. Курс общей ботаники. ч. 1, М., 1982

  7. Hamdamov I. va boshq;- Botanika asoslari. Toshkent, “Mehnat”, 1990.

Download 104,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish