38
bakchalar, radiator o‘zagi 10 va radiator qopqoqidan 7 iborat. Suyuqlik
radiatorga yuqorigi bakchaning bo‘g‘izidan 8 quyiladi. Bo‘g‘iz qopqoq 7
bilan zich berkitilgan. Radiator o‘zaklarining turlari naycha-plastinkali
yoki naycha-lentali bo‘lishi mumkin. Naycha-plastinkali bo‘lganda,
naychalari gorizontal joylashtirilgan qator yupqa plastinkalar orasidan
o‘tkazilib, uchlari yuqoriga 6 va pastki 3 bakchalarga kavsharlanadi.
Naycha-lentali bo‘lganda naychalari oralig‘iga,
sovitish yuzasini oshirish
maqsadida to‘lqinsimon shaklda ishlangan lentalar joylashtiriladi.
Radiator o‘zagining ikkala turida ham qo‘llaniladigan naychalar asosan
yassi oval kesimli bo‘ladi. Naychalar, radiator o‘zagida vertikal yoki
gorizontal o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik avtomobillarda
vertikal o‘rnatilgan bo‘lsa ayrim yengil avtomobillarda (Matiz va
Neksiya avtomobillari) naychalari gorizontal joylashtirilgan (25-rasm).
Suyuqlik
nasosi
. Sovitish tizimida suyuqlikning majburiy harakat-
lanishi nasos yordamida amalga oshiriladi. Odatda past bosimli (40…100
kPa) markazdan qochma suyuqlik nasosi ishlatiladi. Suyuqlik nososining
vali korpusga ikkita sharsimon podshipnik va yordamida o‘rnatilib, ular
oralig‘ida vtulka joylashtiriladi. Podshipniklarga moy, moydon orali
yuboriladi. Valning oldingi uchiga shponka
yordamida gubchak
o‘rnatiladi va unga ariqchali shkiv biriktiriladi. Valning keyingi uchiga
gubchagi metaldan ishlangan plastmassali parrak o‘tkazilib bolt
yordamida qotiriladi. Parrakning valga o‘tkazilgan
joyida siquvchi solnik
o‘rnatilgan bo‘lib, uning aylanadigan tekstolit shaybasi prujina
yordamida korpusning silliqlangan ishchi yuzasiga tiralib turadi.
Siquvchi solnik, parrak joylashgan bo‘shliqdan podshipnik o‘rnatilgan
korpus bo‘shlig‘iga suyuqlikni sizib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suv
nasosi silindrlar blokining oldingi devoriga makamlangan bo‘lib,
ponasimon tasma orqali tirsakli val shkividan harakatga keltiriladi.
Nasos
vali aylanganda suyuqlik, siyraklanish ta’sirida, parrak markaziga
suriladi. Shunda, parrak kurakchalari suyuqlikni markazdan qochma
kuchlar ta’sirida korpusning chetki aylana bo‘shlig‘iga yo‘naltiradi. U
yerda yig‘ilib qisilgan suyuqlik past bosim bilan
xaydash patrubogi
orqali silindrlar blokida (yoki kallagida) joylashgan suv taqsimlagichga
yo‘naltiriladi. Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi 3000 min
-
1ga
yetganda nasosning suyuqlikni haydashi 240l
/
min.ni tashkil etadi.
Dvigatelning effektli sovitilishi uchun nasos yuritmasi tasmasining
39
tarangligi me’yorida rostlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun
tasmaning
tarangligini rostlovchi tuzilma nazarda tutiladi. Yengil avtomobil
dvigatellarida parraklar ko‘pincha plastmassadan tayyorlanadi.
Zamonaviy yengil avtomobillar dvigatellarida ko‘pincha elektr
ventilatorlar qo‘llanilmokda. Bunday ventilatorlar, gidromuftali
ventilatorlar kabi dvigatelning sovitish
tizimida eng maqbul harorat
rejimini avtomatik saqlaydi. Ventilatorning avtomatik ravishda harakatga
kelishi yoki harakatdan to‘xtatishi, sovituvchi
suyuqlikning haroratiga
bog‘liq bo‘lib, radiator bakchasiga o‘rnatilgan datchikning signali bilan
boshqariladi. Neksiya avtomobili dvigatelida elektr ventilator sovituvchi
suyuqlikning haroratiga qarab ikki rejimda ishlashi nazarda tutilgan.
Sovituvchi suyuqlikning harorati 900S dan ortganda radiator bakchasiga
o‘rnatilgan yelektr datchigining signali bo‘yicha kichik aylanishlar
chastotasida avtomatik ishga tushadi. Ventilatorning katta aylanishlar
chastotasiga o‘tishi sovituvchi suyuqlikning harorati 1050S dan
ortganda, dvigatelning elektron bloki boshqaruvida (YEBB) o‘rnatilgan
rele yordamida avtomatik ravishda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: