Ikkincbi jahon urushi davrida sportchilarning fashizmga qarshi kurashlari
1939-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Ko'pgina mamlakatlaming sportchilari fashizm agressiyasiga qarshi ku- rashlarda faol ishtirok etishdi. Fashistlaiga qarshi yirik yopiq (nolegal) markazlardan biri Qizil sport birligi uchun kura- shuvchi nemis jamiyati edi. Qizil sport intematsionalining (QSI) yetakchi aiboblaridan biri, kommunistlaming reyx- stagdagi deputati Emeta Gurbe unga boshchilik qildi. U an- tifashistlar harakatini butun Germaniya bo'ylab sportchilar orasida taig'ib qildi. Yashirin holda «Rot-shport» gazetasini chiqardi. Gazeta va turli varaqalaida butun dunyodagi erk- parvar xalqlami fashizmga qarshi kurashga chaqirdi. Mam-
lakat ichida va bosib olingan joylarda terrorchilik kuchaydi, sportchilar ham ta’qib ostiga olindi.
1945-yil 12-aprelda E.Guibe Bergen — Belsen kons- lagerida qattiq kaltaklash va azoblar oqibatida vafot etdi. 1928- yil Moskvada 1- spartakiadada qatnashgan 6 кагга Germaniya chempioni, Berlin Olimpiadasining to‘rtinchi sovrindori, taniqli kurashchi va kommunist V.Zeslanbinder ham qamoqqa olinadi, fashistlaiga qarshi kurash olib boigani uchun otib tashlanadi. Shuningdek, nemislaiga qarshi kurashgan Qizil sport intematsionalining kotibi, 1936-yilda o'tkazilgan Barse- lonadagi Xalq Olimpiadasi tashkilotchisi F.Leshning qah- ramonona xotirasi ham o'chmas bo'lib qolgan. U Ispaniya Respublikasi uchun janglarda halok bo'lgan edi. QSIning faol arbobi P.Sabel 1945-yilda Daxauda qatl etiladi. «Rot-shport» gazetasining muharriri B.Almistadba 1944-yilda qatl etilgan. Urushda halok bo'lgan sport aiboblaridan juda ko'pchiligining tasviri keyinchalik ular xotirasiga bag'ishlab chiqarilgan medal- larda aks etgan edi. Yirik sport inshootlari, stadionlar, sport tashkilotlari ularning nomi bilan ataladi.
Bolgar yozuvchisi Xristo Botevning «Ozodlik uchun kimki urushda halok bo'lsa, u o'lmaydi* shiori partizan ot- ryadi mayori K.Nikolov-Stranjat xotirasiga bag'ishlab boks bo'yicha o'tkaziladigan tumir kubogiga uning qahramonligi zarhal harflar bilan o'yib yozilgan edi.
Fashistlar bosib olgan Norvegiya yerlarida yoshlami fashizmga qarshi tarbiyalash uchun ommaviy sport muso- baqalari tashkil etiladi. Bunda tramplindan sakrash bo'yicha spoitchi B.Ruud, kurashchilar I.Stakke, B.Kix, konkida uchish bo'yicha mamlakat chempioni X.Xoraldsen kabilar «Fashistlar rahbarligida hech» qanday shart yo'q!» - deb qarshi chiqadi. Yuzlab Norvegiya sportchilari fashistlaiga qarshi turganligi uchun gaz kameralarda o'ldiriladi.
Urush yillarida Vengriyada 1050 sport klubidan 700 tasi o'z ishini butunlay to'xtatadi. Olimpiya chempionlaii A.Pechauer, D.Emerli, Ya.Garan kabilar o'ldiriladi. Jangda spoit jumalisti D.Kilion halok bo'ladi.
Polshadagi* (Varshava) Jismoniy tarbiya akademiyasida urushda halok bo'lgan sportchilar xotirasiga bag'ishlangan memorial stend bor. Ular orasida X Olimpiada chempioni (10 km), jahon rekordchisi (3 km) Ya.Kusochinskiy portreti ham bor. Urush davrida u Palmirok o'rmonida gestapochilar qo'liga tushadi. Uni so‘roq qilishganda, «Mendan hech narsa ololmaysanlar!», «Yashasin Polsha!» deya o‘limi oldidan mardonavor turadi. Uni qahramon sifatida Polsha jamoat- chiligi e’zozlaydi. U kabi jasorat va qahramonlik namunalari ko‘rsatgan Chexoslovakiya, Ispaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlaming sportchilari Olimpiya o'yinlari hamda jahon, Yevropa birinchiliklarining g'oliblari, ishtirokchilari orasida ham ko‘p uchraydi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash kerakki, urushdan awalgi va urush yillaridagi harbiy-jismoniy tayyorgarlik tizimlari, sport-gimnastika muta-xassislari yosh- larga o'z g'oyalarini qanchalik majbur qilib o'rgatmasin va buyruq ostiga olmasin, sportchilar orasida chin insoniylik, vatanparvarlik his-tuyg'ulari ancha mujassamlashgan edi.
0‘z-o‘zini nazorat qilish nchun savollar
1. Jahonda jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi qanday yo'nalishlarda davom etdi, buning sabablari nimada?
2. Ikkala jahon urushi oralig'ida Germaniya, Italiya, Ya- poniyada sport-gimnastika harakati qay tariqa rivojlandi?
3. Ikkala jahon urushi oralig'ida AQSH, Fransiya va Angliyada sport-gimnastika harakati qanday rivojlandi, uning boshqa mamlakatlardan farqi nimada edi?
4. Ikkala jahon urushi oralig'ida Skandinaviya mamlakatlari va Finlyandiyada sport-gimnastika harakati qanday taraqqiy etdi, undagi ilg'or tajribalar nimadan iborat?
5. Ishchilar spoiti urushlar oralig'idagi davrlarda qanday rivoj topdi?
6. Ikkinchi jahon urushi yillarida qaysi sportchilami fashizmga qarshi kurash olib borganlarini bilasiz, ular qah- ramonlikning qanday namunalarini ko'rsatdilar?
7. O'sha davrdagi yoshlaming ongida fashizmga qarshi kurash g'oyalari qanday paydo bo'lgan edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |