“Ikki karra Internet” aksiyasining shartlari
1. “Ikki karra Internet” aksiyasining shartlari (keyingi o‘rinlarda – Aksiya shartlari) ushbu
Aksiyani taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Aksiyani o‘tkazish davri - 2021 yil 20 apreldan 2021 yil 25 maygacha.
3. Aksiya doirasida quyidagi Internet-to‘plamlar faollashtirish mumkin:
№
To‘plam nomi
Kiritilgan trafik, MB
Narxi, so‘m
Amal qilish muddati, (kun)
1
Ikki karra Internet 500
1 000
10 000
30
2
Ikki karra Internet
1500
3 000
15 000
30
3
Ikki karra Internet
3000
6 000
24 000
30
4. Jismoniy shaxslar Internet-to‘plamlarni USSD-so‘rov orqali, UZTELECOM ofislarida,
Call-Markazlarda va SMS-xabar yordamida faollashtirishi mumkin.
Ushbu Internet-to‘plamlarga dilerlik xizmat ko‘rsatish nuqtalari orqali ulanish mumkin emas.я
5. Yuridik shaxslar xizmatga ulanishni UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari va
Call-Markazga murojaat qilgan holda yoki USSD co‘rov orqali (“Mobil byudjet” xizmati
yoqilgan holda) amalga oshirishi mumkin.
6. Aksiya doirasida har qanday Internet-to‘plam faollashtirilganda (500 Mb dan 3 000 MB
gacha) abonent ushbu Internet-to‘plam faollashtirilgan vaqtdan boshlab, 30 kun
muddatga bonus
sifatida xuddi shunday hajmdagi megabaytli trafikka ega bo‘ladi.
7. Amaldagi bonusli to‘plamning muddatini uzaytirish keyingi (500 MB dan 3 000 MB
gacha) bir turdagi aksiyali Internet-to‘plam (bir xil hajm va turdagi to‘plam)ni xarid qilish yo‘li
orqali amalga oshiriladi.
8. Navbatdagi bir turdagi aksiyali Internet-to‘plam faollashtirilganda, megabaytlar qo‘shiladi.
Qo‘shilgan bonusli megabaytlarning amal qilish muddati oxirgi Internet-to‘plam
xarid qilingan
kundan boshlab, 30 kun bonusli trafikni tashkil etadi.
9. Har xil turdagi aksiyali to‘plamlar (har xil hajmdagi va turdagi Internet- to‘plamlar)
faollashtirilganda megabaytlar qo‘shilmaydi va Internet-to‘plamlarning amal qilish muddati har
bir to‘plam uchun alohida belgilanadi. Trafik sarflanishi tartibi faollashtirish tartibiga muvofiq
amalga oshiriladi.
10. Internet-to‘plamning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, keyingi bir turdagi Internet-
to‘plam faollashtirilmasa, megabaytlar qoldig‘i saqlanmaydi.
11. Yoqilgan trafik tugaganda yoki Internet-to‘plamning amal qilish muddati tugaganda,
trafik amaldagi Internet-to‘plamga muvofiq tariflanadi.
12. Raqam yoki tarif rejasi o‘zgartirilganda, Aksiya shartlari o‘zgarmaydi.
13. Internet-trafik sarflanishining ustuvorligi:
1) Kunlik Internet-to‘plamlar (non-stop, kunlik).
2) Bonusli trafik:
- “Tug‘ilgan kun tabrigi”;
- “MyUZTELECOM” ilovasi bonuslari;
- “Apelsin” ilovasi bonuslari.
3) Tarif rejasi doirasidagi Internet-trafik.
4) “Ikki karra Internet” aksiyasi doirasidagi Internet-trafik.
5) Qolgan xarid qilingan Internet-to‘plamlar - ularni faollashtirish tartibida.
14. Aksiya o‘tkazilishi va unda ishtirok etish shartlari haqida maʼlumotlar Kompaniyaning
www.uztelecom.uz
rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali eʼlon
qilinadi.
15. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Aksiya shartlariga o‘zgartirish kiritish
huquqiga ega va ushbu haqda tegishli maʼlumotlar Kompaniyaning
www.uztelecom.uz
rasmiy
veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali maʼlum qilinadi. Ishtirokchilar
Aksiya shartlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilganligini Kompaniyaning mazkur rasmiy veb-
sayti orqali mustaqil ravishda tekshirib turishlari mumkin.
16. Holatni tekshirish:
- SMS-habar orqali 9999 qisqa raqamiga 1002 raqamini yuborish yoki
1002#, *107#
USSD-so‘rovni terish orqali amalga oshiriladi.
17. Aksiya quyidagi tarif rejalariga ulangan abonentlar uchun amal qiladi: