Ijtimoiyish



Download 10,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/74
Sana02.01.2022
Hajmi10,86 Mb.
#311427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
Bog'liq
Ijtimoiy ish etikasi

estetika -

 Avvalo,  insonning  har bir xatti-harakati  v a niyati 

ham  axloqiylikka,  ham  nafosatga  tegishli  bo‘ladi,  y a’ni  muayyan 

ijobiy  faoliyat  ham  ezgulik  (ichki  go‘zallik)  ham  nafosat  (tashqi 

g o ‘zallik) xususiyatlarini o ‘rganadigan fan;

1 Y angi va e n g  yangi dav r G ‘arbiy Y evropa falsafasi.  -Т.: Sharq. 2002. -B . 34. 

: A bdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. - Т .: M a’naviyat,  1998. -B.  34.

19



•  

sotsiologiya

 

-   insonlarning om m aviy  xatti-harakati  va  ular­



ning  qonuniyatlarini  faqat  muayyan  ijtimoiy  tuzum  doirasidagina 

tadqiq etadi;

•  

huquqshunoslik

 

-   inson  huquq  va  erkinliklarini  o ‘rgana- 



digan fan;

•  


pedogogika

 

-   shaxsni  tarbiyalash,  ta ’lim  berishga  yo‘naI- 



tirilgan fan;

•  


psixologiya

 

-   kishilar  xatti-harakati,  fe’l-atvori  va  mayl- 



istaklarini o ‘rganadi.

1.2-rasm . Ijtim o iy  ish etik asi b ilan  a lo q a d o r fa n la r

Jam iyat  va  m a’naviy  -   axloqiy  muhitni  sogMomlashtirish 

masalalari  qadim dan  o ‘rganilib  kelingan.  Bu  jarayonni  shartli 

ravishda to 'rt bosqichga boMish mumkin:

1)  Qadimgi davrdan VIII asrgacha bo 'Igan davr;

2)  О ‘rta asrlar davri (V III—X IX  asrlar)

3)  Milliy  uyg‘onish  davri  (XIX  asr  oxiri  -   X X   asrning

 

1-choragi)



4)  Ilmiy о 'rganish davri  (XX asrning 30-yillaridan to  hozirgi

 

davrigacha)

20



B irin ch i  d a v rg a  oid  «Avesto»  kitobida  jam iyatni  m a’naviy- 

axloqiy  takomillashtirishda  ezgu  fikr,  ezgu  so‘z   va  ezgu  (amal) 

axloqni  shaxsda  shakllantirish  tamoyiliga  asoslanish  lozimligi 

uqtiriladi.1  Bu  davrda  nisbatan  dunyoviy  axloq  m uom ala  odobi 

ustuvor darajada ko'zga tashlanadi.

Ik k in c h i  d a v r  Islom  davri  bo‘lib,  unda  dunyoviy  axloq 

m e’yorlariga  diniy  axloqiy  fazilatlami  qo'shish  xususiyatidir.  Bu 

m uam m o  Q ur’oni  Karim,  Hadisi  Sharif  va  m utafakkirlam ing 

asarlarida  tahlil  qilingan.  Jumladan,  Abu  N asr  Forobiy jam iyatning 

m a'naviy-axloqiy  darajasini  fozil  fazilatlar  va  johil  xususiyatlar 

tashkii qilishini  ilmiy tahlil qilib bergan.2

U chinchi  d av rg a  yangilanishga  (jadidchilik)  xos  boMib,  unda 

jam iyatda  ijtimoiy-axloqiy  faol  boMgan  kishilami  voyaga yetkazish 

m asalasi  kun  tartibiga  qo'yilgan.  Bu  davrda  M .Behbudiy,  A.Fitrat, 

A.Avloniy  va  shu  kabi  olim lar  shaxsni  vujud,  aql  va  axloqiy 

jihatdan  tarbiyalash  bilan  jam iyatda  m a’naviy-axloqiy  uyg‘oriishni 

yuzaga keltirish mumkinligini asoslab barganlar.3

T o ‘rtin c h i  d a v r  muammoni  ilmiy  tahlil  qilish  davri  boMib,

l.MoMninov, M.XayruIlayev, E.Yusupov, J.Tulenov, O.Fayzullayev, 

X .Shayxova,  I.Karimov,  K.Xonazarov,  M .Xolmatova,  Q.Nazarov, 

X.Aliqulov,  G.Tillayeva  Abdulla  Sher  va  V.Karimovalaming 

tadqiqotlari  muhim  o ‘rin  tutadi.  Istiqlol-yillarida  0 ‘zbekistonni 

ijtim oiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  mutlaqo  yangi  boMgan  milliy 

modeli  ishlab  chiqildi.  Bu  modelning  negizini  bozor  iqtisodiyotiga 

asoslangan  dem okratik  huquqiy  davlat  va  erkin  fuqarolik jam iyati 

qurish  tashkii  qiladi.  Yangi  davlatchilik  va  jam iyatni  barpo  etish 

ijtimoiy  fanlarni,  ijtimoiy  ish  etikasi  oldiga  ham  yangi  vazifalarni 

qo'ym oqda.  Chunki,  0 ‘zbekistonda  «ijtimoiy  hayot  siyosiy 

institutlar, m afkuralar fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi»4. 

Shu  m a’noda  hozirgi  davlatchilik  va  jam iyatim izda  quyidagi  to ‘rt 

m asala ustuvorlikka ega:

.  —  inson hayoti;

1 «Avesto». Toshkent. Sharq. 2000-y.

? Abu N asr Forobiy Fozil odam lar shahri. Toshkent  A.Qodiriy nomidagi  xalq merosi  nashriyoti.  1998-y. 

'B ehbudiy M.  Tanlangan asarlar  Toshkent.  M a’naviyat  1998-y.

Fitrat A  Najot yo‘li. Toshkent. Sharq. 2 0 0 1 -y.

A vloniy A. T urkiv guliston voxud axloq. Toshkent. M a’naviyaL 2001-y.

O 'zbekision  Kespublikasi K onstitutsiyasi  12-m odda  Toshkent. 0 ‘zbekiston. 2010-y.

21



—  inson huquqiari;

—  inson erkinligi;

—  inson manfaatlari.

Bu  m asalalam i  ro‘yobga  ehiqarish  uchun  jam iy at  hayotida 

boshqa  kasb  sohalari  ahamiyatini  inkor etm agan  holda  ijtimoiy  ish 

kasbi  xodim larining  ham  jam iyat  hayotidagi  roli  v a  o ‘mi  ham da 

m a’naviy - axloqiy fazilatlarini rivojlantirish lozim bo'iadi.

Ham kasb  va  ham fan  sifatida  ijtim oiy  ish  integral  xususiyatga 

ega.  Ijtimoiy  ish  paydo  boMgan  davrdan  boshlab  bu  ish  bilan 

pedogoglar,  psixologlar, tibbiyot xodim lari  va  boshqa mutaxassislar 

shug'ullandilar,  ijtimoiy  ish  faoliyati  turli  ilm  sohalari  tutashgan 

joyda yuzaga keladi.

Ijtim oiy  ish  faoliyati  psixologlar,  sotsiologlar,  pedagoglar, 

tibbiyot  xodim lari, 

huquqshunoslar, 

faylasuflar, 

shuningdek, 

ehtiyojm andlarga  yordam  ko‘rsatishning  turli  jihatlarini  tadqiq 

qiladigan  boshqa  soha  vakillarining  sa’y-harakati  tufayli  yuzaga 

keladi.  Jum ladan,  ushbu  faoliyatda  psixologlam i  inson  shaxsi 

m uam m olari, 

pedagoglarni 

ularning 

tarbiyasi 

muammolari, 

sotsiologlarni  ijtimoiy  tuzilm a  m uammolari,  huquqshunoslarni 

m uhtojlarga  yordam  ko‘rsatishning  qonuniy  asoslari,  faylasuflam i 

esa  uning  eng  um um iy  muammolari  qiziqtiradi1.  Boshqacha  qilib 

aytganda,  u  kom pleks  dasturlam i  hal  qilishda  turli  soha  vakillari 

o ‘rtasidagi  ham korlikni  nazarda  tutadigan  sohalararo  faoliyatni 

nazarda tutadi.

Ijtim oiy  ish sohasiga xos alohida holat shunda-ki, u toMiq  inson 

huquqlariga  bagMshlangan  kasb  ekanligi  ta ’kidlangan.  Ayni  vaqtda 

ta’kidning  o ‘zi  ham  toMiq  emas,  ijtimoiy  ish  kasbi  bilan  inson 

huquqiari 

mavzusi 


o ‘rtasidagi 

aloqadorlikka 

taalluqli 

adabiyotlam ing  yetishm asligi  m azkur  m avzuning 

aniq  yoritib 

berilm aganligini  ko‘rsatadi.  Ushbu  holat  ijtimoiy  ish  xodim lari  o ‘z 

am aliyotlarida  inson  huquqiari-  mavzusini  tatbiq  etishga  harakat 

qilayotganlarida  o ‘z   m ushohadalarining  boshlangMch  nuqtasini 

topishga  qiynalayotganliklari  tufayli  yuzaga  kelayotgan  boMishi 

mumkin.  A gar  ijtimoiy  ish  toMaligicha  inson  huquqlariga  bagMsh-

1  А гапов  Е.П.  С оциальная  работа  как  феномен  культуры.  -   Ростов-на-Дону:  И зд-во  Ростовского 

государственного педагогического университета,  1999. -  С .  104.

22



langan  kasb bo‘lsa,  ijtimoiy  ish xodim lari  inson  huquqlarini  ta ’min- 

lash tamoyilini am aliyotning qaysi qism ida qoMlashni boshlaydilar?

Ainaliyotda  inson  huquqiari  bilan  ishlar  ekanlar,  ijtim oiy  ish 

xodimlari  inson  huquqiari  Konsepsiyasini  tushunishlari  va  mos 

hujjatlar,  xususan  Inson  huquqiari  Umumjahon  Deklaratsiyasi 

( 1948-yil  10-dekabr) to ‘g ‘risida bilim ga ega boMish lari lozim.  Biroq 

ushbu hujjatlardan tashqari ijtimoiy ish xodimlariga o ‘z kasblarining 

inson  huquqiari  bilan  aloqadorligini  yaxshiroq  tushunishlariga 

ko‘maklashuvchi boshqa hujjatlar ham bor.

Ijtimoiy  ish  xodimlari  M illiy  Assotsiatsiyasi  tomonidan  qabul 

qilingan  Axloq  Kodeksi  shunday  hujjat  hisoblanadi.  M azkur 

hujjatning  ko‘p  boMimlari  induvidial  xulq-atvorga, 

masalan 

konfedensiallikka  amal  qilish  m ijoz  bilan  shaxsiy  aloqadorlik 

tamoyili  va  boshqalarga  taalluqli  boMsa,  boshqa  boMimlari  inson 

huquqiari  bilan  ishlashga  taalluqli  ko‘plab  misollarni  o ‘zida 

imijassamlashtiradi.  AQSHdagi  ijtimoiy  ish  xodimlarining  katta 

qismi  mazkur  Kodeksdan  qoMlanma  sifatida  foydalanadilar.  Ushbu 

Kodcks  ularga  o‘z  kasblarini  inson  huquqiari  bilan  bogMashda 

boshlangMch nuqta boMib xizm at qiladi.

Kodeksni  insonning  mos  huquqlariga  amal  qilishga  nibatan 

qoMlab,  AQSHda  ijtimoiy  ish  xodimlari  o ‘z  kasblarining  asosiy 

vazifasini  bajaradilar.  Kodeksda  dks  etgan  boMimlar  ijtimoiy  ish 

xodlmlarini  o ‘z   mijozlaring  huquqlariga  amal  qilishga  chaqiradi. 

Oarchi  Kodeksning o ‘zida bir marta ham  «inson huquqiari» atamasi 

ishlatilmasa-da,  uning  tili  baribir  inson  huquqlariga  doir  asosiy 

hujjatlar,  ayniqsa,  Inson  huquqiari  Umumjahon  Deklaratsiyasining 

uslubini  eslatadi.  Kodeksni  inson  huquqlariga  doir  hujjatlar  bilan 

aynan  mos  kelishini,  ijtimoiy  ish  xodim lari  nim a  uchun  ularning 

kasblari  inson  huquqiari  bilan  m ustahkam  aloqada  ekanligini 

yaxshiroq  tushunadilar  ham da  m azkur  huquqlarga  amal  qilish 

tamoyilini am aliyotga yaxshiroq qoMlaydilar.

Tarixan  ijtimoiy  ish  insonlar  va  insonlar  guruhlari  o'rtasidagi 

adolatsiziiklar  bilan  ishlashga  to‘g‘ri  kelgan.  Ijtim oiy  ish  inson- 

parvarlik  va  dem okratik  g ‘oyalar  asosida  rivojlandiki,  ularga  amal 

qilish, uni  kam sitishlar va resurslarning adolatsiz taqsimotiga qarshi 

kurash  sari  boshlaydi.  M azkur  asosiy jih a t  -   adolatsizlikka  qarshi

23



kurash  va  dem okratik  g ‘oyalam i  ilgari  surish  -   ijtimoiy  ish  xodimi 

Axloq Kodcksining bir qismini tashkii etadi.

Ijtimoiy  ish  insonga  ham,  uning  ehtiyojlarini  qondirishga 

atrofdagilam ing  muhim  am aliyot  kasb  etishini  ehtiborga  olgan 

holda  atrofdagilarga  ham  yo‘naltirilgan  boMadi.  Ijtimoiy  ish 

xodimlari  nafaqat alohida  odam larga ko‘m ak beradi,  balki  kengroq, 

global  darajada  ham  o ‘zgarishlar  yasashga  intiladilar.  Respub- 

likamizda  olib  borilayotgan  dem okratik  huquqiy  davlat  barpo  etish 

siyosati  o ‘z   navbatida  ijtimoiy  ishchi  xodimlariga  boMgan  talabni 

yuzaga  keltiradi  va  buning  m obaynida bu  soha vakillariga bir qator 

m as’uliyatli  vazifalarni  yuklaydi.  Bunday  vazifalarga  quyidagilam i 

misol tariqasida ko‘rsatish mumkin:

-   ijtimoiy  ish  xodim larining  halol  va  niadaniyatli  inson 

boMishligining zarurligi;

—  himoyasidagi  insonlarning  millati,  irqidan  va  dinidan  qatM 

nazar barchasini baravar ko‘rib muomalaga kirish;

-   ijtimoiy ish xodimi madaniyatining tam oyillariga amal qilish;

—  ijtimoiy  ish  xodim ning  qanday  vaziyat  boMishidan  qatM 

nazar,  insonparvarlik  xususiyatlarini  am alga  oshirishga  kuch  va 

g ‘ayrat topishligi;

—  ayniqsa  m ustaqil  ravishda  o ‘zini  o ‘zi  him oya  qilishga  qodir 

boMmagan  odam lam i,  m asalan,  ishga  layoqatsiz  bolalar  va  yoshlar 

ham da aqliy taraqqiyoti  buzilgan yoki sekinlashgan  kishilami  qabul 

qilingan m a’naviy sogMom  qonunchilik doirasida him oyalashga doir 

ish olib borish;

-   turli  etnik guruhlar va jam iyatdagi  insonni  asosiy huquqlariga 

qarama-qarshi  boMmagan  an ’analar,  m adaniyatlar,  mafkuralar, 

e ’tiqodlar va fanlam i hurm at qilish va ularga yordam   berish.

Yuqorida  qayd  etilgan  m aqsadlarning  barchasi  ijtim oiy  ish 

kasbining  zaruriy  omillari  sanaladi  va  bu  kasbning  egasidan  vijdo- 

nan yondashishlik talab qilinadi.  Ushbu  soha vakillarini  respublika- 

mizda m avjud huquqiy-m e’yoriy hujjatlar ham qoM lab-quwatlaydi.

24



Jumladan, 0 ‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi ham o ‘zida 

xalqaro  inson  huquqiari  borasidagi  to‘plangan  ijobiy  tajriba  tamo-

yillarini  muhrlagan.  Bundan 

ko‘rinib turibdi-ki, hozirgi za- 

mon  davlatlarining  inson  hu­

quqiari  masalasidagi  faoliyat- 

lariga asos boMib xizmat qila­

digan  tamoyillar,  ham  nazariy 

va  ham  am aliy  ahamiyatga 

molikdir, 

ulami 

qisqacha 



quyidagicha  ifodalash  mum­

kin:


-   inson  huquqiari  har  bir 

insonga  tavallud  topishi  bilan 

tabiiy ravishda uzviy  taaluq-

li, 


mansub 

boMadi, 


shu 

bois 


ular 

tabiiy  huquqlar- 

dir,  ular  boMinmas  va  inson- 

dan ajralmas huquqlardir;

-   inson  huquqiari  oliy 

qadriyut  hisoblnnib,  ulami  hurmat  qilish,  himoya  etish  va  ularga 

rioya d ish  har bir davlatning majburiyatidir;

-  Inson huquqiari  barcha odamlarning tengligiga  asoslanadi  va 

umumiy-univcrsal xususiyatga ega;

-   inson  huquqiari  -   ayni  paytda  hokimiyat  ustidan  nazorat 

qlllshnlng  vositasi  hisoblanib,  u  davlat hokimiyati  tomonidan  sodir 

ctlllshi  mumkin  boMgan  o ‘zboshimchaliklarni  cheklab  turadi,  zero 

davlttt  inson  huquqiari  bilan  belgilab  berilgan  erkinlik  doirasidan 

chctgn chiqishi mumkin emas;

• 

Inson  huquq  va  erkinliklarini  ta ’minlash -  shaxsni  u yoki  bu 



bclglga usoslanib kamsitilishiga olib kelmasligi shart;

inson  huquqiari  va  eikinliklarini  amalga  oshirish  —  boshqa 

sh&ixilnming  huquq  va  erkinliklariga  zarar  yetkazmasligi,  buzmasligi 

short;


inson  huquq  va erkinliklari  butun  mamlakat  hududida yagona 

boMishi  kerak;

-  E n g  g o 4zaI n a rs a  n im a?

-  O d a m .  C h u n k i  u  T a n g rin in g   m a h su - 

lid ir.

-  E n g  tc z  n a rs a  n im a?

-   A ql.  U   h am m a n arsan i o rtd a  q o ld irad i.

-   H a m m a d a n  d o n o ro q  n a rsa -c h i?

-   V aq t.  C h u n k i  y o lg ‘ iz   v a q tg in a   h a m m a 

n arsan i o y d in lash tirad i.

-  H a m m a   u ch u n   e n g   u m u m iy   n a rsa  

n im a?


-  U m id .  C h u n k i  u  hech   v aq o si y o ‘q la rd a 

h a m  m a v ju d d ir.

-   E n g  k u ch li n a rs a  n im a?

-  Z a ru riy at.  C h u n k i  u   h a m m a   n a rsa n in g  

u stid a n  h u k m ro n lik  q ilad i.

-  E n g  q iy in  n a rsa  n im a ?

-  O 'z n i  anglash.

-   E n g  o so n  n arsa-ch i?

-  0 ‘zg o larg a m a sla h a t b erish .

F a le s



-  insonning  shaxsiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  mada­

niy huquqiari  o ‘zaro  tengdir,  y a’ni  huquqlar  tizim ida  pog‘ona- 

viylik  — ierarxiya boMmasligi lozim;

-   kollektiv  (jam oaviy)  huquqlar  individ  (yakka  shaxs) 

huquqidan  ajralm asdir  va  ular  o'zaro  bir-biriga  zid  kelishi, 

shaxsning huquqiy maqom ini cheklashi mumkin emas;

-   inson  huquqiari  faqat  qonun,  ya’ni  yuqori  yuridik  maqomga 

ega boMgan hujjat bilangina tartibga solinishi  lozim;

-   inson  huquq  va erkinliklari  faqat  qonun  bilan,  Konstitutsiya va 

boshqa  xalqaro  hujjatlarda  ko6rsatilgan  hollardagina  cheklanishi 

mumkin.

Ta’kidlash  lozim ki,  inson  huquqiari  m asalasiga  doir  xalqaro 

am aliyot  tayanadigan  yuqorida  zikr  etilgan  asoslar  qator  nufuzli 

xalqaro hujjatlarda o 'z in in g  ifodasini topgan:

-1948-yilda  qabul  qilingan  Inson  huquqiari  Umum jahon 

deklaratsiyasi:

—1966-yilda  qabul  qilingan  iqtisodiy,  ijtimoiy  v a  madaniy 

huquqlar to ‘g crisidagi xalqaro Pakt va va boshqa shu kabi hujjatlar.1

Bugungi  kunda  jahon  hamjamiyati  tomonidan  uzoq  tarixiy 

rivojlanish  jarayonida  qoMga  kiritilgan  olamshumul  g ‘alabalardan 

biri  — inson  huquqiari  kategoriyasi  rivojlanishidir.  Inson  huquqiari 

insoniyat  taraqqiyotining  mezoni  sifatida  m ustahkam lanib,  jahon- 

dagi barcha davlatlarida rivojlanib bormoqda.  M uayyan bir davlatda 

inson  huquqiari  ta ’m inlanishi  ushbu  davlatning  har  tom onlam a 

yuksalishi,  turm ush  tarzining  yaxshilanishi,  iqtisodiy  farovonlik 

darajasining  o ‘sishi,  xalqaro  m unosabatlarda  m avqeyining  yuksa- 

lishiga  xizm at  qiladi.  Zero,  inson  huquqiari  kishilik  jam iyatning 

barcha  jabhalarini  kam rab  olib,  ularni  ta ’minlagan  davlat  ijtimoiy 

inqiroz  bilan  bogMiq  boMgan  turli  nomuvofiqliklardan  holi  boMib, 

chinakam  dem okratik huquqiy  davlat sifatida  shakllanishi  mumkin. 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  ta ’kidlagan- 

laridek,  «Inson  huquqlariga  asoslangan  dem okratik  jam iyatining 

xalqaro  m iqyosda  e ’tiro f etilgan  tam oyillari  bor.  Tenglik,  erkinlik, 

birodarlik,  xalqalar  va  millatlararo  do‘stlik,  insonning  o ‘z  xohish- 

irodasini  erkin  bildirishi  hamda  uni  am alga  oshirishi,  ozchilikning

1 M .A.Axmadshayeva. 0 ‘zbekiston Respublikasi K onstiiutsiyasi v a  inson huquqiari. T-2G05.11-b.

26



ko'pohilikka  bo‘ysinishi,  barcha  fuqarolarning  teng  huquqligi, 

ilnvliilning  asosiy  idoralari  saylanishi,  ularning  saylovchilar  oidida 

hl.MObot  bcrishi,  davlat  va jam iyat  boshqaruvida  qonun  ustuvorligi, 

Inyiiilash  yo‘li  blan  shakllanadigan  davlat  idoralarining  saylovchi 

lnshklotlar  oidida  javobgarligi  va  boshqalar  shular  jum lasiga 

klrndi»1.  M a'lum ki,  inson  huquqiari  haqidagi  g ‘oyalar  kishilik 

Jomiyatida  davlat,  davlatchilik.  huquq  kabi  kategoriyalar  paydo 

bo’lishidan  mavjud  bo‘lib,  ularning  insonlar  turm ush  tarziga  kirib 

borlshi XIX asrning ikkinchi yarm iga to ‘g ‘ri keladi.

Mazkur  institut  XX  asrning  ikkinchi  yarmidayoq  umum  e ’tirof 

etilgan  qadriyat  sifatida  xalqaro-huquqiy  hujjatlar  asosida  mustah- 

kamlanib,  davlatlaming amaliyotida singdirila boshladi.  Hozirda zikr 

etilgan  hujjatlaming o ‘ziga xos huquqiy poydevori -  Inson  huquqiari 

Umumjahon  Deklaratsiyasi  90  ortiq  davlatlaming  konstitutsiyasida 



<>'/.  ifodasini  topdi,  180  ortiq  mamlakatlar  tomonidan  «Fuqarolik  va 

siyosiy  huquqlar  to‘g ‘risida»gi  Pakt  ratifikatsiya  qilindi.  Bugungi 

lunula  BM T  tomonidan  70 yaqin,  Yevropa Kengashi tomonidan  160 

tadan ziyod,  YUNESKOda -  70 tadan ortiq, Yevropada xavfsizlik va 

xnmkoriik  tashkiloti  tomonidan  -   30  tadan  ortiq  turli  mintaqaviy 

lnshkilotlar  tomonidan  ham  ko‘plab  inson  huquqlariga  oid  xalqaro 

.iMluomalar,  konvensiyalar,  paktlar  qabul  qilindi.  Darhaqiqat,  pro­

les,чог A.X.Saidov e ’tirof etishicha:  «Inson huquqiari -  bu demokratik 

huquqiy  davlatning  eng  muhim  belgisidir.  Inson  huquqiari -  har  bir 

davlatning  demokratik  taraqqiyoti  darajasini  ko‘rsatuvchi  muhim 

mezondir.  Shuning  uchun  ham,  inson  huquqiari  xalqaro  huquqda  va 

milliy huquqiy tizimda muhim o ‘rin tutadi»2.

Bundan  ko‘rinib  turibdi-ki,  inson  huquqlarini  himoyalash 

doim iy  ravishda  butun jahon  diqqat  markazida  turadi.  Shular bilan 

bir  qatorda  respublikamizda  ham  inson  huquqlarini  himoyalash 

jam iyatning  asosiy  maqsadi  hisoblanadi.  Respublikam izga  yangi 

ijtimoiy  ish  xodimi  kasbining  kirib  keiishi  fuqarolik  demokratik 

jam iyat  qurilishiga  katta  hissa  qo‘shishi  mumkin.  Faqat  buning 

uchun  birinchi  navbatda  jam iyatim iz  oidida  bu  soha  bo‘yicha

‘  Kmimov I.A. V atan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T.: O'zbekiston,1997.8-bet.



1

1nson huquqlari.-T.: A dolat,1997.6-bet.

27



m utaxassis  kadrlarni  tayyorlash  va  xalqim izga  bu  soha  bo'yicha 

targ ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish masalalari turibdi.

I.V .V achkovning psixologik o ‘y in Ia ri v a  m a sh q la ri1.

T ak lif  etilayotgan  m ashqlar  o ‘quv  kursi  materialini  o 4z!ash- 

tirishda  ham da  samarali  m uloqot  qilish  ko'nikm alafini,  boMg‘usi 

ijtimoiy  ishchilarga  kerak  boMadigan  shaxsiy  sifatlarni  rivojlan- 

tirishda  talabalarga  yordam  berishga  qaratilgan.  Shaxsni  shakllan- 

tirishning muhim  sharti  boMgan o^ziiii-o-zi  anglash  rivojiga yordam 

beradigan o 4yinlarga alohida e ’tibor berilgan.


Download 10,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish