1.2 Ijtimoiy xo‘jalikning modellari.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
a) mulkchilikning turli shakllariga, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlash- ganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo'lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o'rtasidagi nisbatlarni
tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo'jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqa-rish);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug'urta fondlaiining vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo'lib xizmat qiladi.
H ozirgi zamon bozor xo'jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o'zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’siming intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi.
Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari
umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy tuiga bo'linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo'li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;
3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li;
4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xitoy, Vetnam).
Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga
har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor
munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslan gan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan
mamlakatlaming bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yoMining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy — buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor
tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yoMlardan farqi
shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo‘lda bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlaming o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi,
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bulaming hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning mazkur yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlaridir.Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga
revolyusion yo‘l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo‘1 bilan bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlami o ‘tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |