Inson moddiy narsalar yoki ma'naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi hamda doimo ularga ega bo`lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug‘ilish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo`lish davom etadi. Buddaviylar fikricha, Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan. Uchinchi haqiqat - “qiynoqlarni tugatish mumkin”. Yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to`g‘ri keladi. Bu holatda inson qayta tug‘ilishdan to`xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, “hayot g‘ildiragidan” tashqariga chiqish, “men” degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg‘ullarini to`la tugatishdir. To`rtinchi haqiqat - qiynoqlardan qutilish yo`li mavjuddir. Bu yo`l - “Sakkizta narsaga amal qilish, ya’ni to`g‘ri niyat qilish, to`g‘ri o`zini tutish, to`g‘ri anglash, to`g‘ri harakat qilish, to`g‘ri muomalada bo`lish, to`g‘ri fikr yuritish, to`g‘ri gapirish. Bu yo`ldan borgan inson Budda yo`lini tutadi. Bu sakkiz narsaga amal qilish meditatsiya deb nomlanadi. Ilk buddaviylikda bunday najotdan faqt zohid va monaxgina umid qilishi mumkin edi. Boshqalar esa faqat yaxshiroq qayta tug‘ilishni umid qilishi, buning uchun esa u monaxlarga mo`l- ko`l xayr-sadaqa berishi hamda quyidagi besh axloqiy talab (pancha-shila)ga amal qilishi kerak: 1. Har bir kishi o`zini yomonlik qilishdan tiyishi, tirik mavjudotni o`ldirmaslik; 3. His-tuyg‘ularga ortiqcha berilmaslik, begona ayollarga ko`z olaytirmaslik; 4. Yolg‘on gapirmaslik, rostgo`y bo`lish; 5. Ichkilik ichmaslik. Ilk buddizmning birinchi bosqichi. Buddizm Braxmanizm diniga qarshi yuzaga kelgan axloqiy ta'limotdir. Aytishlaricha, Budda ongli ravishda dunyoning paydo bo`lishi, jon haqida va uning tana bilan aloqadorligi to`g‘risidagi savollarni chetlab o`tgan. Dunyo abadiymi yoki yo`qmi, cheklimi yoki cheksizmi, jon tana bilan aynanmi yoki yo`qmi, haqiqatni bilgan abadiymi yoki yo`qmi degan savollar befoydadir deb aytgan Budda. Buddaning diqqat e'tibori azob-uqubatga to`lgan dunyoni ozod qilishdan iboratdir. Hayotning maqsadini tushunishda brahmandlariga nisbatan pissimistik ruhda bo`lgan. Agar braxmanizm ta'limotiga azob-uqubat insonningoldingi qilgan gunohlariga berilgan jazo deyilsa, buddizm esa har qanday hayot bu azob-uqubatdir sansarada baxtli hayot bo`lishi mumkin emas. Inson kim bo`lishidan qatiy nazar u kasallikka, keksalikk va o`limga mahkamdir. Xudolarga keltiradigan biron bir qurbonlik yordam bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |