Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet19/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Vedalar. Eramizdan avvalgi 2-ming yilliklar o`rtalarida Hindistonga Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari farq qilgan xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropa tillariga o`xshash bo`lgan sanskrit tilida gaplashar edilar, o`zlarini esa oriylar (aslzodalar) deb atar edilar. Ular o`zlari bilan muqaddas yozuvlarini ham olib keldilar. Ular Vedalar (sanskr. tilida - Bashorat) edi. Vedalarning boshqa muqaddas (mas. Bibliya) yozuvlardan farqli tomoni shunda ediki, ular nihoyasiga yetkazilmagan va oxiri oshiq edi. Unga keyingi ruhoniylar tomonidan ham qo`shimshalar qo`shish imkoni bor edi. Shuning ushun keyinshalik bu yozuvlar juda ham kengayib ketdi. Vedalarda 33 ta, ba’zi manbalarga ko`ra 333 yoki 3339 ta afsonaviy xudolar haqida madhiyalar bitilgan. Bu xudolarning eng mashhurlari - Indra, Varuna, Mitra, Dyaus, Adita, Agnyu, Vishnu, Krishna.
Hind adabiyoti boy bo`lib, uning anchagina qismi yo`qolib ketgan. Uning boshlanishi Vedalardir.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar to`rt yirik to`plamdan iborat:
Rigveda (“Madhiyalar vedasi”);
Samaveda (“Qo`shiqlar vedasi”);
Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”);
Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”);
Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to`plami, diniy yodgorliklar bo`lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriy tomonga og‘dirish bo`lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas kitobi Avesto bilan o`xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind havzasi va uning oqimida miloddan avvalgi VI asrda paydo bo`lgan bo`lib. Unda Shimoliy Hindistonda miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida ma'lumot beradi.
Samaveda Rigvedaga ko`proq bog‘liq bo`lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda yetib kelgan (cakha-aynan, shahobcha); Kautxuma va Ranayaniya to`plamlaridan iborat.
Kautxuma to`plami 1810 she'rdan iborat bo`lib, undan faqat 76 tasi Rigvedada uchramaydi. Undagi she'rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo`lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida o`qiladi. To`plam ikki qismdan iborat: birinchi qism hajmi Agni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism Samaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qo`shiqlardan iborat. Samavedaning maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qo`shiqlarni o`rgatishdan iborat. Hindistonda hozirda ham vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samavedinalar saqlanib, ularning maktablari mavjud.
Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bo`lib, uning asosiy qismini qurbonlik usullari-yajus tashkil etadi. Bu marosimlar to`lin oyli tunda, yangi oy chiqqanda, Agni uchun o`tkaziladigan qurbonliklardir.
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bo`lingan. Qora yajurvedaning turli maktablarga xos bo`lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa, Maytrayani,Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor.
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus va mantralar. III. Braxmana sharhlari.
Atxarvaveda mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy hind afsunlarini o`zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bo`lgan barcha taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o`zida aks ettirgan. Atxaravaveda afsonaviy ruhoniy Atxarvana (“Olov ruxoniysi”) nomi bilan bog‘liq bo`lib, afsun va jodular o`sha davrda olov ustida bajarilgandir. Atxarvaveda 6 ming she'rdan iborat . 371 madhiyani o`z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan. Bunda dushmanlar, ilonlar, kasalliklar kabi insonga zarar keltiruvchi kuchlar lanatlanadi, sihat-salomatlik tilash bilan bog‘liq duo-afsunlar bayon qilingan.
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta'limot ilgari suriladi. Hindistonda ko`pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “eng ulug‘i, eng kichigi, eng qarisi, eng yoshi bo`lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo ba'zida butun borliqning hukmdori bo`lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga tobe bo`lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo`lishi mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo`ysunadilar. Bu Veda ilohiyotchiligiga xos bo`lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishlidir.
Vedalar qiyin tilda yozilganligi sababli, keyinchalik ularga sharh va izohlar yozilgan. Vedalarga yozilgan bunday diniy-falsafiy izohlar „Upanishad“ deb yuritiladi. „Upanishad“ – sanskritcha so`z bo`lib, ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o`tirmoq degan ma’noni bildiradi. Upanishadlar mil.av. VII-III asrlardan boshlab milodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan va ularga 250 ga yaqin asarlar kiritilgan.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish