Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirish yo`llari. Reja: Kirish



Download 114,47 Kb.
bet2/10
Sana20.06.2022
Hajmi114,47 Kb.
#683575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini o (1)

Kurs ishi mavzusining maqsadi: Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirish yo`llari oid nazariy bilimlarni o'rganish va tegishli xulosalarni shakllantirishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
- O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo'nalishlari.
- Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning o'rni va roli.
- Ijtimoiy soxani rivojlantirishga jalb kilingan investitsiyalarning amaldagi xolati taxlili.
- Respublikamizda ijtimoiy sohalarga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish yo'llari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi kirish qismi, 4 ta reja , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


1.O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo'nalishlari
Ijtimoiy muammolarni hal etishning muhim yo'llaridan biri aholini ijtimoiy muhofaza qilish hisoblanadi islohatlar chuqurlashuvi va bozor iqtisojdiyotiga o'tishga qarab aholini ijtimoiy ximoyalash mexnaizmlari, shakllari va tengsizlik hamda kambag'allikning qisqarish usullari o'zgaradi va takomillashadi.
Mamlakatimizda o'tish davrining birinchi bosqichida aholini ijtimoiy himoya qilishning barcha tizimlari asta-sekin o'zgartirilib, uning ijrosi amalga oshrildi. Aholini ijtimoiy himoyalash va qo'llab-quvvatlashdagi tadbirlarni amalga oshirish jarayonida kam samarali shakllari bartaraf etildi va yangi ilg'or tajribalar joriy etilib amalga tadbiq etildi.
Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va yordam berish dasturi asosiga kambag'allik yukini engilashtiruvchi aniq maqsadli vazifalar qo'yildi. Mamlakatda ijtimoiy himoyaning yangi dasturi ishlab chiqilgan bo'lib ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga va uni uzliksizligini ta'minlashga qaratildi. Aholini sotsial himoyalashning hozirigi tizimi davlat byudjeti mablag'laridan moliyalashtirish bilan birgalikda, mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari va xayr-ehson fondlarini mablag'lari ham qamrab olindi.
Aholining ijtimoiy himoyalash dasturini amalga oshirishida xukumat maxsus qaror bilan mahaliy hokimyat va boshqaruv idoralari huquqlari bir muncha kengaytirildi va javobgarligi oshrildi.
Hozirgi vaqtda davlatning sotsial himoya siyosatini amalga oshrishning huquqiy bazasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining nochor qatlamini yakka tartibda ijtimoiy qo'llab- quvvatlashni kuchaytirish to'g'risida” gi farmoniga aholini sotsial himoyalashning asosiy vazifalari va undan oila, ayol, mahalla, mahaliy o'z-o'zini boshqaruv idoralari, doimiy tashkilotlar va fondalar rolini oshirish belgilangan forma xozirgi davrda aholi ijtimoiy himoyalash Milliy dasturi asosida quyidagi yo'nalishlarni aniqlaydi va hayotga tadbiq etadi:

  • Nafaqa tizimini takomillashtirish jamg'arish tizimini asta-sekin joriy etish;

  • Qariyalarga, boquvchisini yo'qotganlarga e'tiborni kuchaytirish, yashash uchun ko'proq qulayliklar yaratish, imtiyozlar berish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash;

  • Ayollar haqida g'amxo'rlikni kuchaytirish, ularning sog'ligi modddiy farovonligi, sog'lom bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, bola tarbiyasi bilan band bo'lganda ish o'rinlarini saqlash;

  • Oila manfaatlarini himoya qilish, oilani mustahkamlash bo'yicha alohida tadbir dasturlari ishlab chiqishi va ularni joylarda amalga oshirishni tikalashliklari uchun imtiyozli kreditlar berish;

  • Maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama himoya qilish, boshlang'ich sinf o'quvchilarini bepul o'quv qurollari bilan ta'minlash, etim bolalar va bolalar uyida tarbiyalanuvchilarni bepul kiyim-kechak, ovqat va boshqa zaruriy narslar bilan ta'minlash;

  • Mehnatga layoqatli aholini ish o'rinlari bilan ta'minlash, mehnat resurslarining yil sayin oshishiga muvofiq qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish. Bu masalani echimini topish uchun kichik korxonalarni, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, mevalarni qayta ishlaydigan mini zavodlarni qurish ularni texnalogik liniyalarini olib kelish va ishga tushishi hamda xususiy va oilaviy tadbirkorlikni, milliy xunarmandchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish;

  • Davlat byudjeti mablag'larini oshirish va nodavlat fondlaridan, korxona, jamoa tashkilotlari, homiylar, ya'ni bolalar muassasalari, maktab, sog'liqni saqlash ob'ektlari, madaniyat va bolalar dam olish maskanlarini qurishda homiylardan foydalanish;

  • Aholining yakka tartibda ijtimoiy himoyalashni tashkil etishda asosiy markaz va bo'g'in hisoblangan mahalla ahamiyatinin kuchaytirish.

Aholini ijtimoiy himoya qilishda milliy urf odatlarimiz, milliy qadiryatlarimiz, an'analarimizdan foydalanish ham ijtimoiy muhofazaning eng samarali va beminnat vositasi hisoblanadi. Sarmoyador aholi qatlamini qariyalarimizga, nogironlarga, etim va boquvchisini yo'qotganlarga, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamlar ko'rsatishi mehr-muruvvat ko'rsatishi juda yahshi an'analarimiz hisoblanadi.
Iqtisodiy islohatlarni hozirgi bosqichi ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini erkinlashtirishning keng dasturini amalaga oshirish iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarish tizimini kuchaytirish bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy hayotni erkinlashtirishi aholini ijtimoiy muhofazalashni kuchaytirishni nazarda tutadi:
— Himoya asosiy prinsiplarining umumiyligi davrida aholining turli ijtimoiy-demografik qatlamlari va guruhlariga tabaqalashgan holda yondashishini kuchaytirish;
— Mamlakat, hudud, mehnat jamoasining barcha qatlamlarida ular har birining huquq, majburiyatlari va vazifalarini, shuningdek mablag' bilan ta'minlash manbalarini aniqlangan holda ijtimoiy kafolatlashni yagona tizimiga birlashgan;
— Aholi turmush daromatini oshirish, uning hayotiy ehtiyojlarini qondirishda shaxsiy daromadlarni etarlicha o'sishi;
— Aholini ijtimoiy muhofazalash va qo'llab-quvvatlash resurs bazasining kafolatlanganligi;
— Ijtimoiy kafolat tizimining elostikligi (egiluvchanligi);
— Ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlar tizimini samaradorligi;
— Ijtimoiy himoyalashda jamoat tashkilotlari va homiy fondlarining ishtiroki;
— Ijtimoiy himoyaga yo'naltirilgan mablag'lardan foydalanuvchi asosiy bo'g'in bo'lgan oila rolini oshirish;
— Ijtimoiy himoyaning yakka tartib turini kuchaytirish;
Hozirgi kunda aholining barcha muhtoj qatlamini davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoya tadbirlari bilan qamrab olingan.
Xulosa qilib shuni e'tirof etish mumkinki, aholini ijtimoiy himoyalash tizimini muntazam ravishda takomillashtirish ijtimoiy-demografik va iqtisodiy jarayonlarni inobatga olish inson haqida qayg'urishning muhim shartidir.
O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlarini quyidagi chizmada ko'rishimiz mumkin:



Download 114,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish