Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirish yo`llari. Reja: Kirish


Respublikamizda ijtimoiy sohalarga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish yo'llari



Download 114,47 Kb.
bet7/10
Sana20.06.2022
Hajmi114,47 Kb.
#683575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini o (1)

4. Respublikamizda ijtimoiy sohalarga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish yo'llari.

Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda12


Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda 2010−2015 yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner, nogironlarning turar joy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mni tashkil etdi.
Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan 28 dekabr kuni «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"13gi Farmon va «Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"14gi Qarorning qabul qilinishi bu borada islohotlarning yangi bosqichga kutarilishi bo‘ldi. Mazkur farmon va qarorda oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, «Nuroniy» jamg‘armasi markaziy apparatini, uning viloyat va tumanlardagi bo‘linmalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, «Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa yoshdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz keksalarning turmush sifati va darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish orqali oshirish, keksa yoshdagi shaxslarni to‘lovsiz asosda davolash va sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan. SHu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqdoridagi orderlar ajratish ko‘zda tutilgan. Joylardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, shuningdek, barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy miqdori 108,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, keksalar va nogironlarning 23 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uy-internatlari moddiy-texnik bazasini umumiy miqdori 207 milliard so‘m hajmda mustahkamlash mazkur farmon va qaror ijrosida o‘z aksini topdi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturni moliyalashtirishga 688,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi, shuningdek, xalqaro moliyaviy tuzilmalarning 108,7 million AQSH dollari hajmidagi kredit va grant mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan15.
Bundan tashqari, 2016 yil 26 dekabrda «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi qonun kabul qilindi.
Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida 2017 yilda mamlakatimiz hududlaridagi ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. SHu maqsadda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 49 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Fuqarolarning dam olish, sog‘lig‘ini qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzulmani yaxshilash va jihozlash uchun 2017-2018 yillar davomida jami 49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriylar, yoshlar markazlari, suzish havzasi, o‘yingohlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‘naltirilmoqda.
Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini o‘rnatilgan tartibda qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan 18 milliard 540,7 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, Surxondaryo viloyatida 200 o‘rinli «Amudaryo sohili» oromgohini qurish ishlarini yakunlash; Andijon viloyatidagi «Bog‘ishamol» oromgohini rekonstruksiya qilish; Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» oromgohini rekonstruksiya qilish; Navoiy viloyatidagi «Ishonch» oromgohida suzish havzasini qurish16 ishlarining amalga oshirilishi, hech shubhasiz, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga hukumatni e’tiborining amaldagi ifodasidir.
2016 yil - “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi.
Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ana shunday ishlar qatorida 700 ming nafar bola pnevmokok infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi
“Harakatlar strategiyasi” doirasida 2017-2021 yillarda 220 million so‘m evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan hududlarda, shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aholi uchun «Salomatlik» poezdlari tashkil etiladi.Borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali aholining ijtimoiy holatini aniqlab, sog‘lom oila shakllantiriladi va aholida tibbiy savodxonlik madaniyati oshiriladi17.
Onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 5,8 million AQSH dollari miqdorida, Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, «Salomatlik-3» loyihasi, byudjet mablag‘lari hisobidan onalar va bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 40 ta tug‘ruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etish18 ko‘zda tutilmoqda.
CHaqaloqlar hamda homilador ayollardagi tug‘ma va avloddan-avlodga o‘tuvchi patologiyani erta aniqlash orqali sog‘lom avlod tug‘ilishi uchun shart-sharoitlar yaratish asosida 1 625,8 ming dollar sarmoya hisobidan Respublika skrining markazida va uning hududiy filiallarida homilador ayollar hamda chaqaloqlar orasida perinatal va neonatal skrining hamda sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini darajasida homilador ayollarning ommaviy, barvaqt perinatal skriningini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma’no-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, yangi ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o‘zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo‘lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog‘liqligidir;ikkinchidan, ta’lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi;Uchinchidan, ta’lim inson shaxsining intellektual-ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, ma’rifat hamda bilim berishni anglatadi;to‘rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli, U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, ma’naviybarkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi.
Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015 va 2016 yillarda davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo‘naltirildi.SHu jumladan, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga 34,3 foizmablag‘ sarflandi.
Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag‘lar byudjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan xarajatlar hajmi mamlakatimiz YAIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Kariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebeljihozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak e’tibor qaratilmoqda.
.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassalarining faoliyat samaradorligini oishirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oishirilmoqda. Birgina 2015-2016 yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.
Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi.


Download 114,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish