Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet462/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Seminar mashg’ulotlari 

 

 



 

300 


 

 

 



paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga asoslanadi, degan fikr 

hukmron  edi,  bunga  sabab  qilib,  bunday  qarashning  majoziy  tafakkurdan  yiroqligi  ko‘rsatilardi. 

Hozirgi paytda uning aksi  isbot talab qilmaydigan  haqiqatga aylangan. Zotan, fan tarixi unda  ikki 

sifatni  –  axloqiyshaxsiy  va  estetik  ibtidoning  mavjudligini  ta’kidlab  turadi.  Buni  V.A.  Engelgart 

shunday ifodalaydi: «Ijod... – san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir. 

Har  ikki  holatda  insonning  yaratish,  ya’ni  o‘zligini  namoyon  qilish  qobiliyati  muhim.  Ilmiy 

kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi 

hayoti  davomida  butun  insoniyat  boyligiga  aylanadi»

60

.  Zotan  ijodiy  mehnatni  o‘z  hayotining 



ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir.  

Hozirgi  kunda  san’atkor  va  olimning  ijodiy  mehnati  faqat  ichki,  hissiyotlar  bilan  aloqador 

shaklda  emas,  balki  tashqi  –  texnika  nuqtai  nazaridan  ham  estetiklashgan.  Chunonchi,  bugungi 

yozuvchi  o‘z  mehnat  jarayonini  kompyutersiz,  diktofonsiz  tasavvur  qilolmaydi,  rassomlar, 

qo‘shiqchilar va boshqalar kompyutpr texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg‘u asboblari 

ham  ma’lum  ma’noda  texnikaning  estetiklashuvidan  dalolat  beradi.  Bunday  misollarni  ko‘plab 

keltirish  mumkin,  barcha  hodisalarda  dizayner  tomonidan  mukammallashtirilgan  go‘zallik 

ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko‘makchisiga aylanganini ko‘ramiz.  

Mehnat  estetikasi  texnika  estetikasi  kabi  atrof-muhitni  go‘zallashtirish  tizimi  bilan  bog‘liq. 

Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg‘unligi, imoratlar peshtoqlari 

va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy  san’at  namunalari, binolar ichining  yuksak did bilan 

bezatilishi  –  hammasi  inson  mehnatini  go‘zallashtirishga,  mehnat  jarayonining  estetik  zavq  bilan 

amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Shu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan 

chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizmidagi 

asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib 

boradi.  

Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyat. U 

kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy 

qadriyatlarni  yaratish  vositasi.  Mehnatda  inson,  ayni  paytda,  ham  aqliy  ham  jismoniy  tomondan 

tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu 

xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, 

mehnat  jarayoni  ijodiy  va  qiziqarli  kechishi  lozim.  Zotan  o‘ziga  yoqqan,  erkin  mehnat  turini 

bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni 

o‘yinga  qiyoslashlari  bejiz  emas.  O‘yin  –  san’atning  asosi  ekanini  nazarda  tutsak,  bu  bilan  o‘z 

kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan 

sevmoq  –  erkinlik,  ijod  esa,  erkinlik  mevasi.  Mehnat  erkinligini,  unga  erkin  munosabatni 

shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, 

erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga 

halq  og‘zaki  ijodidagi  mehnat  turlariga  bag‘ishlangan  qo‘shiqlar  yaxshi  misoldir.  Ular  mehnat 

jarayonining qiziqarli, «ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga 

xizmat qilgan.  

Hozirgi  paytda  mehnat  jarayonining  ham  «ichdan»,  ham  «tashdan»  go‘zal  bo‘lishini 

ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal 

qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.  

Mehnat  estetikasida  dizaynga  bo‘lgan  talab  ko‘pyoqlamalik  tabiatiga  ega.  Unda  faqat 

texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi 

ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y 

beradi.  

                                                

60

 

Энгельгарт В.А.



 Познание явлений жизни. М., 1984. С.276. 

 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish