etilib, institut Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan.
___dagi “__”-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya
MUNDARIJA
№
Kirish
3-4
1.0
O’quv materiallari
1.1
Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
5-16
1.2
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
17-31
1.3
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
32-47
1.4
Borliq-falsafaning fundamental kategoriyasi
48-61
1.5
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va
kategoriyalari
62-83
1.6
Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari
84-100
1.7
Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari.
Jamiyat va tarix falsafasi.
101-113
1.8
Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi)
114-125
1.9
Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari
126-134
1.10
Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha
tafakkur shakli sifatida
135-157
1.11
Mulohaza. Xulosa chiqarish
158-170
1.12
Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
171-176
1.13
“Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
177-208
1.14
Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi
o‘rni
209-218
1.15
Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
219-230
1.16
Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari
231-244
1.17
Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi
245-268
1.18
Estetikaning zamonaviy muammolari
269-288
2.0
Amaliy mashg’ulotlar materiallari
289-325
3.0
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
326-350
4.1
Glossariy
351-363
5.0
Ilovalar
5.1
Fan dasturi
5.2
Ishchi fan dasturi
5.3
Tarqatma materiallar
5.4
Testlar
5.5
O’UMning elektron varianti.
KIRISH
Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan
hikmatlar xazinasi, atoqli faylasuflar merosi, ularning asarlari muhim o‘rin tutadi.
Har bir davrning buyuk donishmandlari o‘z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati
hamda orzu intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etganlar, jamiyat farovonligi
va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g‘oyalarni o‘rtaga tashlaganlar.
Xalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bu g‘oyalarning muayyan davr
mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Insoniyat
azalazaldan olam va odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, voqelik qanday
qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob
izlaydi. Umrning
mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar
kelibketaverishida qanday ma’no bor kabi masalalar barchani o‘ylantiradi. Falsafa
ana shunday masalalar bilan shug‘ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Olam va
odamlar o‘rtasidagi munosabatlar. Inson qadri va umrning mazmuni, dunyodagi
o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik hamda taraqqiyotning umumiy
qonuniyatlari falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi. Falsafa –insoniyatning bir
necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ilm va madaniyatning
ajralmas tarkibiy qismidir. Inson bor ekan, olam va odam nima, ular qanday paydo
bo’lgan, voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o’zgaradi va taraqqiy etadi,
umrning mazmuni nimadan iborat, kabi masalalar barchani o’ylantiradi. Falsafa ana
shunday masalalar bilan shug’ullanadi. Falsafaning asosiy vazifasi inson onggida
sog’lom aqlga mos dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Falsafa fanining dolzarbligi bugungi globallashuv davrida ma’naviyat
sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma’naviy
me’rosini asrash va yanada yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini
shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash, ularni falsafiy bilimlar bilan
qurollantirish zarurligi bilan belgilanadi.
Ushbu fan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘tilishi belgilangan bo‘lib,
o‘zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy qarashlarini mujassamlashtirib,
voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, unga munosabat bildirishni
shakllantiradi hamda analitik, sintetik, kreativ tafakkurni hosil qiladi.
O’quv uslubiy majmua 5230600-Moliya, 5230700-Bank ishi, 5230800Soliqlar
va soliqqa tortish, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (real sektor bo’yicha)),
5231200-Sug’urta ishi, 5230200-Menejment (xizmatlar sohasi), 5231500-Baholash
ishi, 5231300-Pensiya ishi, 5232100-Korporativ moliya,
5111000-Kasb ta’limi (5230600-Moliya),
5111000-
Kasb ta’limi (5230700-Bank
ishi), 5111000-Kasb ta’limi (5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar
bo’yicha)) yo’nalishi bazasida tayyorlanadigan talabalarga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: