Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 

 

  



119  

  

etishga qaratilgan. «Avestoda «yaxshi» va «yaxshilik» so‘zi bilan ifodalangan axloqiy idealning 



mohiyati  er  yuzini  saqlash  va  e’zozlashga  da’vat  etilgan  poklanish  tushunchasi  orqali 

ifodalanadi»

36

. Zardushtiylik ta’limotida jamiyat va insonning hayoti bilan bog‘langan o‘ziga xos 



ijtimoiy-tarixiy  va  falsafiy  tizim  yaratilgan  bo‘lib,  ushbu  diniy  ta’limotda  suv,  tuproq, olov,  va 

havoni ilohiylashtirgan holda ularni e’zozlash va ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal birligida uning 

ekologik  sofligini  saqlashni  o‘zida  ifodalagan.  Inson  to‘g‘risidagi  diniy-falsafiy  qarashlarni 

Markaziy  Osiyoda  III  asrda  keng  yoyilgan  Moniylik  ta’limotida  ham  ko‘rish  mumkin.  Moniy 

(216-277)  qarashlari  Zardo‘sht  qarashlaridan  farq  qilar  edi.  Moniy  o‘zining  axloqiy  ta’limotini 

yoyish uchun “Xuastuanift” kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib 

qiluvchi  ushbu  kitobdagi  ma’lumotlar  Avestoda  uchraydigan  ezgulik  va  yovuzlik  o‘rtasidagi 

kurashni yangicha davomiy ko‘rinishidir. V-VI asrlarda tarqalgan yana bir diniy-falsafiy ta’limot 

mazdakiylik edi. Mazdak ta’limotiga muvofiq olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar ongli va ma’lum 

bir  maqsadga  qaratilgan  bo‘lmog‘i  lozim.  Ayniqsa,  insonning  ongli  faoliyati  ezgulik  ustidan 

g‘alaba  qiladi.  Mazdak  qarashlarida  jamiyatdagi  ijtimoiy  tengsizlikka  bartaraf  etish  g‘oyasi 

markaziy o‘rinlardan birini egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda barcha odamlar teng bo‘lishi, 

ular orasidagi sodir bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor. 

U jamiyatda xotinqizlar va erkaklarni teng huquqliligini talab qilib chiqqan birinchi islohotchi edi. 

Musulmon faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga 

intildilar.  Odam  deb  ataluvchi  mavjudotni  kim  yaratgan?  Odamlar  qanday  unsurlardan  tashkil 

topgan. Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning 

ruhiyati, ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar. Bu 

savollarga javobni musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7  

A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini, 

Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi, Momo 

Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan yaratilganligi habar qilinadi.   

Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, islom dinining ikki 

yirik  muqaddas  manbasi:  Qur’oni  karim  va  Hadisi  sharif  tashkil  etadi.  Musulmon  falsafasida 

hadisshunoslik  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Buyuk  hadisshunoslardan  Imom  Buxoriy  7275  ta  sahih 

hadislarni  to‘pladi.  Bu  hadislarda  umuminsoniy  axloq  to‘g‘risida  batafsil  gapiriladi.  Buxoriyni 

shogirdi Iso at Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil etishda o‘ta 

fidoiylik  qildi.  Ayniqsa,  hadislar  to‘g‘riligi,  ishonchliligining  darajasini  aniqlashda  o‘z  ustozi 

Imom  Buxoriydan  ham  o‘tib  ketdi.  Bunday  nozik  ishni  bajarishda,  u  ichki  ezoterik  uslubdan 

foydalandi.  Birinchidan,  u  payg‘ambarlar  hadislarini  vujudga  kelishi  manbalarini  o‘rgandi  va 

uning mazmunini tushuntirib berdi. Ikkinchidan, har bir hadisni islom manbalari nuqtai nazaridan 

tahlil  qildi.  At-Termiziy  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  islomgacha  bo‘lgan  urfodatlari,  rasm-

rusumlari,  marosimlarini  musulmon  madaniyati  va  axloqi  qoidalariga  moslashtirishda  beqiyos 

ulush qo‘shdi. Musulmon falsafasini yangi ratsional tamoyillar, normalari bilan boyitdi. Ayniqsa, 

inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishda va uni yanada rivojlantirishda aqliy bilish muhim 

ahamiyatga  ega  ekanligini  ta’kidlab  o‘tgan.  Qaerda  bilim,  ilmga  e’tibor  kamaysa,  o‘sha  erda 

odamlar  axloqan  tubanlasha  boshlaydilar.  Bilimsizlik  –  xurofotga  moyillikni  kuchaytirsa,  ilm 

izlamaslik g‘iybatchilikka undaydi va jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutadi. Odamlar orasidan 

mehr-oqibat ko‘tariladi. Bilimsizlikning dastlabki ko‘rinishi, kishining o‘z iffatini yo‘qotishidir, 

deb  tushuntiradi.  SHunday  qilib,  haqiqiy  falsafada  muayyan  masalalar,  ayniqsa,  inson  bilan 

bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‘laroq, 

fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, 

«abadiy  dvigatel»ni  yaratish  masalasi  xususida  olimlar  orasida  to‘la  bir  fikrlilik  hukm  suradi: 

hozirgi  zamon  tabiatshunosligi  qonunlariga  muvofiq  bunday  dvigatelni  yaratish  mumkin  emas. 

Ammo  fandan  farqli  o‘laroq,  falsafaning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  u  har  qanday 

                                                

36

 

Махмудова Г.Т. Философская сущность Авесты. –Ташкент: Санъат, 2010. – С.157. 



 



Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish