Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet468/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Seminar mashg’ulotlari 

 

 



 

304 


 

 

 



chetga  chiqolmaydi.  SHunday  qilib,  jismoniy  tarbiyani  sportga  qo‘shib  yuborish  yoki  ularni 

aynanlashtirish mumkin emas. Sportning boshqa ko‘pchilik turlarida esa, barcha sportchilar bir xil 

mashqni  bajaradilar,  lekin  ularni  bir-biridan  farqlantirib  turadigan,  musobaqa  ruhini  saqlab,  uni 

so‘ndirmaydigan  narsa,  bu  –  har  bir  sportchining  bir  xildagi  mashq  ijrosiga  ijodiy,  o‘ziga  xos 

yondashuvdir. Bunda sportchining o‘z a’zoi badani ustidan hukmronlik qilishi va shu hukmronlikni 

egiluvchan  go‘zallik,  epchillik,  ulug‘vor  xatti-harakatlar  shaklida  tomoshabinga  taqdim  etishini 

taqozo qiladi, xullas, sport inson tanasi go‘zalligining namoyishi sifatida diqqatga sazovor.  

Sportga qadimgi  yunonlar, bundan bir necha  ming yillar avval ana shunday  nuqtai  nazardan 

yondashganlar. Lekin, afsuski, keyinchalik musobaqa omili go‘zallikni chetga surib, uni g‘oliblik va 

mag‘lublik  bilan  baholanadigan  ehtirosli  o‘yinga,  qimorning  o‘ziga  xos  turiga  aylantirib  qo‘ydi 

(qadimgi Rumodagi gladiatorlar bahsi, keyinchalik ot poygasiga pul tikishlar v.h.k.).  

Hozirgi  paytda  sport  jahon  bo‘ylab  juda  keng  yoyilgan  madaniy  soha  sifatida  tan  olinadi. 

Ayniqsa,  buni  O‘zbekiston  misolida  yaqqol  ko‘rish  mumkin.  Bizda  mustaqillik  sharofati  bilan 

sportga  milliy  madaniyatning  uzviy  qismi  sifatida  qarash  shakllandi,  uning  hamma  turi  bo‘yicha 

musobaqalar  o‘tkazish  odat  tusiga  kirdi,  o‘zbek  kurashi  esa,  umumbashariy  sport  turiga  aylandi. 

Madaniyat  bilan  birgalikdagi  vazirlik  maqomini  oldi.  Bularning  deyarli  barchasi  respublikamiz 

Prezidenti  Islom  Karimov  tashabbusi  va  nazorati  ostida  amalga  oshirildi.  SHu  tufayli  bugun 

O‘zbekiston sport diyoriga, inson jismoniy go‘zalligini jahonga namoyish etayotgan mamlakatlardan 

biriga aylandi.  

Sport estetikasidagi eng muhim muammo, bu uning san’at bilan o‘xshashligida. SHundan kelib 

chiqib, zamonaviy sportni (juda bo‘lmaganda, uning ba’zi turlarini) o‘ziga xos san’at sifatida talqin 

qilish keng yoyilgan. Rene Mehyu, Morin Kovich, Benjamin Lou singari g‘arb olimlari va ko‘plab 

mashhur  sportchilar  sportni  san’at  sifatida  qabul  qilish  mumkin  degan  fikrni  o‘rtaga tashlaydilar. 

Lekin haqiqatan ham sport san’atmi, ularni aynanlashtirish mumkinmi? Bu savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

javob berish qiyin. SHu bois sportning kelib chiqishi va mohiyatiga e’tibor qilib ko‘raylik.  

Ma’lumki, o‘yinni Qadimgi yunon faylasuflari estetik tabiatga ega ekanini ta’kidlab, uni san’at 

bilan  tenglashtirganlar,  SHiller  esa,  ko‘rib  o‘tganimizdek,  badiiy  faoliyatni  o‘yinning  eng  yuksak 

shakli deb hisoblaydi. Sport esa, eng avvalo o‘yin. Undan inson ikki tomonlama estetik zavq oladi: 

o‘yinchi-sportchi va tomoshabin-tarafkash sifatida. bunda tomoshabin san’atni idrok etayotgandek 

sportchi  bilan  uyg‘unlashib,  uning  xatti-harakatlariga  qo‘shilib  ketadi,  ayni  paytda  o‘zi  sportchi 

emasligini, ya’ni estetik masofani his qilib turadi. Bu borada B.Lou o‘zining «Sport go‘zalligi» degan 

kitobida F.Kinonning quyidagi  fikrlarini keltiradi: «Teatr,  – deb yozadi  F.Kinon,  – tomoshabinga 

suyanib  rivojlanadigan  san’at  turi...  Sport  musobaqalarida  tomoshabinlar  o‘zlarini  xuddi  spektakl 

tomoshosidagidek  tutadilar:  ular  yuksak  mahorat  egalariga  qarsak  chaladilar  va  yomon  o‘yin 

ko‘rsatganga nisbatan salbiy munosabatlarini yashirmaydilar. Sportda ham, teatrda ham biz «o‘yin» 

haqida gapiramiz»

63

. Boshqa bir o‘rinda B.Lou H.Slyusherning «Sport va ekzistensiya» kitobidagi 



quyidagi satrlarga e’tibrni qaratadi: «Sport – toki haqiqiy sport ekan, u estetik fazilat va nafislikka 

erisha  oladi.  U  sportchi  uchun  chuqur  ma’noga  boy  holat...  sport  botiniy  yaxlitlikni  va  yuksak 

darajadagi hissiy ko‘tarinkilikni talab qiladi, – deb yozadi H.Slyusher sportchi his etadigan estetik 

zavq haqida»

2

.  


San’at bilan sportning yana bir o‘xshash tomoni shundaki, har ikkalasi ham biror bir moddiy 

ehtiyojni qondirmaydi, bevosita maqsad emas, maqsadga muvofiqlik tarzida voqe bo‘ladi, ularning 

umumiy jihati, mavjudligini oqlaydigan asosiy narsa, bu – odamlarga estetik zavq berish xususiyati. 

Ayni  paytda  san’atda  ham,  sportda  ham  o‘yin  ijtimoiylik  kasb  etmasligi  mumkin  emas,  sportchi 

san’atkor  kabi  g‘oyaviy-mafkuraviy  maylparastlik  tabiatiga  ega.  San’atkor  vatanparvarlik, 

millatparvarlik  g‘oyalarini  bilvosita  –  badiiy  asari  orqali  ilgari  sursa,  sportchi  o‘z  jismoniy  xatti-

harakatlari  bilan  musobaqalarda  vatan  bayrog‘ini  ko‘tarishga,  «millatni  uyaltirib  qo‘ymaslikka» 

                                                

63

 

Лоу  Б.



  Красота спорта.  М.,  «Радуга»,  1984.  С.92. 

2

 



Ўша манба. С. 177. 

 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish