Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet464/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Seminar mashg’ulotlari 

 

 



 

302 


 

 

 



SHu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan 

chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizmidagi 

asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib 

boradi.  

Turmush  estetikasi  deganda  biz  insonning  voqelikka  keng  qamrovli  estetik  munosabatini 

tushunamiz.  U  hozirgi  paytda  o‘z  ichiga  kiyinishidan  tortib,  xulqiy  go‘zallikkacha,  oilaviy 

an’analardan  tortib,  oilaviy  makongacha  bo‘lgan  «estetik  doirani»  o‘z  ichiga  oladi.  Turmush 

estetikasida eng muhimi, odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari, 

estetik  didga,  ijtimoiy  ideallarga  o‘ziga  xos  munosabatlari  namoyon  bo‘ladi,  pirovard  natijada  u 

turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.  

Birinchi navbatda turmush estetikasi insonning xulqiy go‘zallik qonunqoidalariga rioya qilib 

yashashini taqozo etadi. Xulqiy go‘zallik esa, oilada jamoat joylarida o‘zni tutishni, boshqalar bilan 

muloqotda, kasbiy munosabatlarda muomala odobi va etiket nuqtai nazaridan yondashuvni, o‘zaro 

suhbatlarda ham so‘z vositasida (verbal), ham noverbal jihatlarning go‘zal bo‘lishini ta’minlaydigan 

ma’naviy  hodisadir.  Uni  estetika  va  axloqshunoslik  kesishgan  nuqta,  go‘zallikning  axloqiylikda, 

axloqiylikning go‘zallikda namoyon bo‘lish sharti, desak yanglishmaymiz.  

YUqorida aytib o‘tganimizdek, turmush estetikasining qamrovi keng, uning aloqalari kundalik 

turmushning  estetik  muammolari  doirasidagina  qolib  ketmaydi,  balki  tabiat  estetikasi,  texnika 

estetikasi, atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi va estetik tarbiya singari miqyosli ijtimoiy ma’naviy 

hodisalar bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshadi.  

Turmush  estetikasida  moda  alohida  ahamiyatga  ega.  Ma’lumki,  moda  deganda  tashqi 

madaniyat  shakllarining  vaqti-vaqti  bilan  qisman  o‘zgarish  va  takrorlanib  turshini  tushunamiz. 

Bunday  takrorlanishlar  va  o‘zgarishlar  iqtisodiy,  ma’naviy,  axloqiy,  estetik  omillar  kabi  ijtimoiy 

asosga  ega  bo‘ladi.  Modani  asosiy  ko‘pchilik  e’tirof  etadi,  u o‘zini  faqat  kiyinishda  emas,  ishlab 

chiqarishda ham, siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. 

U ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini 

belgilab  beradigan  hukmron  didga  aylanadi.  Moda  bunda  odamlarning  yashash  tarzidan  (stilidan) 

kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif etadi. Qisqasi, 

moda muayyan ma’noda jamiyat yashash tarzining o‘ziga xos shakli, zamonaviy usuli sifatida estetik 

tahlilni taqozo qiladi. Zotan, u umumestetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon ko‘zgusida 

aks  ettirish  xususiyatiga  ega.  SHu  jihatdan  u,  yuqorida  aytib  o‘tganimizdek,  o‘zgaruvchanlik 

tabiatiga ega, urf bo‘lgan narsalar, bir davr, hatto bir yil mobaynida modadan chiqib ketishi mumkin. 

Masalan, o‘tgan asrning elliginchi yillarida erkak va ayollar tagcharmiga maxsus g‘arch qo‘yilgan 

etiklar,  tuflilar  kiyishardi,  yurganda  «g‘arch-g‘urch»  qilardi.  Hozir  esa,  iloji  boricha  tovush 

chiqarmaydigan,  yumshoq poyafzal urf  bo‘lgan, ya’ni  modada. YOki oltmishinchi  yillarda  bir oz 

demokratik o‘zgarishlar ro‘y  berishi tufayli qatag‘on qilinganlar  haqidagi asarlar, xususan, Habib 

No‘‘monning  «YOshlikda  bergan  ko‘ngil»  qissasi  urf  bo‘ldi,  hozir  esa,  Tohir  Malikning 

«SHaytanat» romani modada. Bunday holatni «xit» bo‘lgan qo‘shiqlarga va ular ijrochilariga ham 

tadbiq etish mumkin.  

Ana  shunday  xususiyatlari  bilan  moda  kishilar  estetik  tarbiyasiga  ta’sir  o‘tkazadi.  Biroq  bu 

ta’sir doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Hozirgi, globallashuv jarayonlari qizg‘in ketayotgan davrda, 

bir  mintaqadan  ikkinchi  mintaqaga  modaning  “ko‘chishi”  ko‘pincha  salbiy  xususiyatga  ega. 

Masalan,  biri  birining  aksi  bo‘lgan  ikki  hodisadagi  modani  olib  ko‘raylik.  Biri  –  hijob.  U  aslida 

sahroga serob arab mamlakatlarida og‘iz-burunni, ko‘zni, umuman, butun badanni qum zarralaridan 

asrash maqsadida kiyiladigan libos,  keyinchalik u islomiy talabga moslashtirilgan. Bizda esa, uning 

vazifasini  mintaqaviy  fasllarimizga  mos  keladigan  ro‘mol  turlari  (qishki,  bahorgi,  yozgi,  kuzgi) 

bajaradi. Bir paytlardagi paranji hozir modadan chiqib ketgan, qimmatbaho, zarrin (islomda bunday 

matolar  man etilishiga qaramay), buning ustiga sintetik  materialdan tikilgan  havo o‘tkazmaydigan 

hijob bizning keskin-qit’aviy yozimizda badanni yondirib yuboradi, gigienik nuqtai nazardan zararli. 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish