Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet461/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Seminar mashg’ulotlari 

 

 



 

299 


 

 

 



 Mehnat- turmush estetikasining muhim omili. 

 

Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyat. U 



kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy 

qadriyatlarni  yaratish  vositasi.  Mehnatda  inson,  ayni  paytda,  ham  aqliy  ham  jismoniy  tomondan 

tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu 

xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, 

mehnat  jarayoni  ijodiy  va  qiziqarli  kechishi  lozim.  Zotan  o‘ziga  yoqqan,  erkin  mehnat  turini 

bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni 

o‘yinga  qiyoslashlari  bejiz  emas.  O‘yin  –  san’atning  asosi  ekanini  nazarda  tutsak,  bu  bilan  o‘z 

kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan 

sevmoq  –  erkinlik,  ijod  esa,  erkinlik  mevasi.  Mehnat  erkinligini,  unga  erkin  munosabatni 

shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, 

erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga 

halq  og‘zaki  ijodidagi  mehnat  turlariga  bag‘ishlangan  qo‘shiqlar  yaxshi  misoldir.  Ular  mehnat 

jarayonining qiziqarli, «ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga 

xizmat qilgan.  

Hozirgi  paytda  mehnat  jarayonining  ham  «ichdan»,  ham  «tashdan»  go‘zal  bo‘lishini 

ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal 

qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.  

Mehnat  estetikasida  dizaynga  bo‘lgan  talab  ko‘pyoqlamalik  tabiatiga  ega.  Unda  faqat 

texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi 

ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y 

beradi.  

Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU. Kucheryuk 

diqqatga  sazovar  fikrlar  bildiradi:  «Mehnatning  mazmuni  aynan  o‘zini  qadriyat  sifatida  namoyon 

qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador»

59



Bunga  misol  tariqasida  u  inson  o‘z  ruhiy-fiziologik  quvvatining  mehnat  jarayonini  boshqarish 



mahoratiga  egaligidan  ruhlanishini  va  butun  vujudi  bilan  estetik  quvonchni  his  etishini  ta’kidlab 

o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko‘tarinkiligi mehnat bilan 

estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga, 

uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson  – texnika – makon tizimida, ya’ni, 

dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha, gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda 

dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.  

Nima  uchundir  biz,  mehnat  estetikasi  deganda,  ko‘pincha  faqat  jismoniymoddiy  mehnat 

jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz. Vaholanki, 

ma’naviy-aqliy  sohalardagi  mehnat  ham  jiddiy  e’tiborga,  estetik  tahlilga  loyiq.  Masalan,  teatr 

san’atidagi  mehnatni  olib  ko‘raylik.  Ulug‘  rejissyorimiz  Mannon  Uyg‘ur  yangi  spektaklni 

tayyorlashda  «o‘zi  ham  tinmagan,  boshqalarni  ham  tindirmagan».  Repetitsiya  paytida  tushlikka 

chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng tunlari tahlil 

bilan  shug‘ullangan,  teatr  san’atining  muhim  masalalariga  doir  qoidalarini  qog‘ozga  tushirgan. 

Buyuk  fransuz  yozuvchisi  Balzakninng  esa,  kuniga  14-16  soatlab  ishlagani  hammaga  ma’lum. 

Mehnat  tufayligina  san’atkor  o‘z  iste’dodini  namoyon  qila  oladi,  ayni  paytda  ana  shu  «o‘zini 

qiynash»dan  u  butun  borlig‘i  bilan  quvonch  hissini  tuyadi.  Badiiy  ijod  estetik  faoliyat  sifatida 

san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai.  

Fanda  ham  mehnatning o‘rni, u olimga  beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam 

emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, ijod 

hissini  va  insonning  hayratlanish  qobiliyatini  namoyon  qiluvchi  botiniy  kuch  mavjud.  To‘g‘ri,  bir 

                                                

59

 



Кучерюк Д.Ю.

 Эстетика труда. Киев, «Виша школа», 1989. С. 276. 

 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish