Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet469/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   465   466   467   468   469   470   471   472   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Seminar mashg’ulotlari 

 

 



 

305 


 

 

 



intiladi, ya’ni bevosita va tabiiy ravishda mafkuraviy vazifani amalga oshiradi. Demak, san’at ham, 

sport ham shunchaki zavq berish va o‘z iste’dodidan zavqlanish bilangina chegaralanib qolmaydigan 

ijtimoiy-ma’naviy hodisalardir. Biroq ana shu mafkuraviylik mafkurabozlikka aylansa, ya’ni ijodkor 

mafkura  uchun  axloqiylikdan  chekinsa,  san’atda  haqiqiy  badiiy  asar  yaratishning  iloji 

bo‘lmaganidek, sport musobaqasida ham g‘irromlik yo‘li bilan, «bir amallab» yutib chiqib, haqiqiy 

g‘alabaga  erishish  mumkin  emas,  zero,  haqiqiy  g‘alaba  tomoshabinning  bahosi  bilan  belgilanadi. 

Masalan, futbol maydonida raqibi yiqilib, o‘rnidan tura olmayotganini ko‘rgan futbolchi o‘zi qulay 

vaziyatda  bo‘lsa  ham,  to‘pni  maydon  tashqarisiga  chiqarib  yuboradi,  raqib  o‘rnidan  turib,  hakam 

to‘pni  o‘yinga  kiritishga  ruxsat  berganida  yiqilgan  raqibning  o‘zi  yoki  komandadoshi  uni  yana 

maydon tashqarisiga chiqarib, to‘p egallash navbatini ixtiyoriy tarzda raqib komandaga beradi. Bu – 

har  ikkala  komanda  o‘yinchilarining  jo‘mardligini,  «haqiqiy  yigitlar»  ekanini,  ularning  faqat 

jismoniy emas, balki axloqiy jihatdan ham etukligini ko‘rsatadi, tomoshabin hech qachon ularning 

birortasini to‘pni raqibiga berib qo‘ydi deb ayblamaydi, afsus chekmaydi, aksincha, xursand bo‘ladi, 

namoyish qilingan mardlikdan zavqlanadi.  

Qadimgi  yunonlar  san’atni  «go‘zal  yolg‘on»  deb  ataganlar,  darhaqiqat,  san’atkor  bizga 

«bo‘lmaganni  bo‘lgan  qilib»  ko‘rsatadi,  bizni  chiroyli  aldaydi.  Sportning  ko‘pgina  turlarida  ham 

shunaqangi  chiroyli  aldovni  tomosha  qilib  zavqlanamiz.  Masalan,  boyagi  futbolga  qaytaylik: 

hujumchi ro‘parasidagi raqibini, futbol tili bilan aytganda, «chiroyli fintlar» bilan aldab o‘tganida biz 

haqiqiy  san’atni  ko‘ramiz.  Hatto  reportaj  olib  borayotgan  jurnalist  qoyil  qolganidan  «Go‘zal! 

Bag‘oyat go‘zal!» demay iloji yo‘q. Sportning badiiy gimnastika, sinxron suzish, suvga sakrash kabi 

turlari raqs san’atidan qolishmaydi, figurali uchish esa, o‘ziga xos muz ustidagi balet, unda va badiiy 

gimnastikada musiqa san’ati ham ishtirok etadi. Sport jismoniy go‘zallikni xulqiy go‘zallik va go‘zal 

xatti-harakatlar  vositasida  ma’naviy  go‘zallikka  aylantirishdir.  Shu  ma’noda  sportchi  ham  artist. 

Mohir sportchi o‘zini bir muddatga jonli haykalga aylantira oladi.  

Shular  bilan  bir  qatorda  sport  san’at  uchun  material  bo‘lib  xizmat  qiladi.  bunga  o‘zimiz 

guvohmiz: biz sport mavzuidagi rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik namunalarini ko‘p ko‘rganmiz, 

hikoya va qissalarni o‘qiganmiz. Biroq, bularning hammasi sportni san’at deb qabul qilishimiz uchun 

etarli asos bo‘lolmaydi. Buni sport estetikasi borasida jiddiy tadqiqotlar olib borgan, yuqorida nomi 

zikr  etilgan  B.Lou  shunday  ta’riflaydi:  «Inson  badanining  –  tabiiy  shakldagi  go‘zallik  ekanini, 

sportchi  qiyofasi  ideal  badan  tuzilishini  o‘zida  mujassam  etishini  e’tirof  qilar  ekanmiz,  sportdagi 

go‘zallikni  san’atdan  ko‘ra,  tabiatga  taalluqli  deyishimiz  mumkin,  zero,  sportdagi  go‘zallik  ko‘p 

hollarda tasodifiylik xususiyatiga ega».   

B.Lou aynan mana shu o‘rinda haqiqatga yaqin keladi, deb o‘ylaymiz: sportda san’at unsurlari 

mavjud, lekin u butunisicha olganda, san’at emas. Ya’ni, sport estetik ko‘rinishlarga ega, estetik zavq 

uyg‘ota oladigan nosan’at soha. Sport estetikasi uning ana shu xususiyatlarini tadqiq etadi.  

Shunday qilib, biz bir bob mobaynida estetik nazariyalarning nosan’at ob’ektlar bilan bog‘liq 

asosiy turlarini imkon qadar ko‘rib chiqdik. Endi navbat san’at estetikasiga.  


Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   465   466   467   468   469   470   471   472   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish