Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

  

 



 

  

  



  

241 


 

 

 



san’atda ham u  ifoda topa olmaydi. Lekin u  jiddiy  xatoga yo‘l qo‘yadi. CHunki  haqiqiy  san’at 

dunyo go‘zalligini faqat surat aksinigina emas, balki undagi go‘zallik mohiyatini ham namoyon 

etadi.  

San’at  hayotning  boyligi  va  xilma-xilligini,  go‘zallik  va  xunuklikni,  yaxshi  va  yomon 

xislatlarni aks ettiradi hamda unda estetik orzu muhim ahamiyat kasb etadi. San’at go‘zal va xunuk 

narsalarni aks ettirish mumkin. Lekin san’atning o‘zi hamma vaqt ham go‘zaldir! CHunki u o‘z 

tarkibiga estetik orzu, ya’ni go‘zallikning zaruriy xossasini singdirgandir.  

Ko‘p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro‘yobga chiqarishning ikki asosiy yo‘nalishini 

ishlab chiqqan:  

1)

 



Ijobiy qahramon ramzini yaratish, ijobiy qahramon – ijodkorning go‘zallik haqidagi 

estetik orzusidir.  

2)

 

Salbiy qahramon – go‘zallikning aksi bo‘lgan xunuklik, yaramaslik ramzi bo‘lib, u 



ham estetik ahamiyatga ega.  

San’atda  ilg‘or  estetik  orzuning  bo‘lishi  san’at  go‘zalligi  bilan  bog‘liq  zaruriy,  lekin 

yagona bo‘lmagan omildir. San’at go‘zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror topadi. 

Badiiy haqiqatsiz san’atda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas.  

Haqiqat  va  go‘zallik  birligi  san’at  taraqqiyotining  qonuniyatlaridan  biridir.  SHekspir 

«Go‘zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go‘zallik kashf etadi», deydi.  

San’atdagi go‘zallik shakl va mazmun birligida yaxlit mushohada etiladi. Inson faoliyatida 

kamolotga, go‘zallikka intilish ko‘p jihatlardan eng muvofiq shaklni izlab topishda ko‘rinadi. Bu 

shakl  esa  faoliyat  burchiga,  vazifasiga,  mazmuniga  mos  kelishini  taqozo  etadi.  SHaklning 

mazmunga mos kelishi san’atdagi go‘zallik mezonidir. Gap ijtimoiy ahamiyatli, g‘oyaviy ilg‘or, 

hayot haqiqatiga ega bo‘lgan mazmun haqida borsagina shaklning mazmunga mos kelishiga san’at 

go‘zalligining mezonlaridan biri sifatida qarash mumkin bo‘ladi.  

San’atdagi  go‘zallik,  uning  badiiy  qimmati  hayotni  haqqoniy  tasvirlash,  gumanistik 

g‘oyalarni ifodalash, shakl va mazmun uyg‘unligini yaratish bilan belgilanadi.   

Voqea-hodisalarning  ob’ektiv  estetik  ahamiyatini  ifodalovchi  qadriyat  sifatida  go‘zallik 

sub’ektiv estetik baholash orqali, kishilarning didi va ideallari vositasida qabul qilinadi. Estetik 

tarbiyaning  muhim  vazifasi-kishilarda  haqiqiy  go‘zallikni  tushuna  olish  va  qabul  qilish 

qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishdir.  

Ulug‘vorlik kategoriyasi estetikaning yana bir muhim kategoriyasidir. Qadimgi estetikada 

«ulug‘vorlik» iborasi tantanaligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan nutqning alohida uslubini 

tavsiflash uchun ishlatilardi. Ulug‘vorlik muammosiga estetik-nazariy yondashish III asr notig‘i 

Longin yozgan «Ulug‘vorlik to‘g‘risida»gi risoladan boshlanadi. U ulug‘vorlikni nutq go‘zalligi 

bilan  bog‘lanib  ketgan  odatdan  tashqari  fikrlar  va  ehtiroslar  sifatida  tushunib,  u  insonga  his-

tuyg‘uli ta’sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuch deb uqtiradi.  

XVII  asr  ingliz  olimi  E.Byork  fikricha,  ulug‘vorlik  tuyg‘usining  manbai-dahshat  yoki 

shunga  o‘xshash  tuyg‘ular  ko‘zg‘atadigan  barcha  narsalar,  voqea-hodisalardir.  Byork 

ulug‘vorlikni  insonga  his-tuyg‘uli  ta’sir  o‘tkazish  shakllari  ichida  eng  kuchlisi  bo‘lgan 

qoniqmaslik tuyg‘usi bilan bog‘laydi: Go‘zallik qoniqish asosidagi estetik zavqlanish baxsh etsa, 

ulug‘vorlik dahshat va qoniqmaslik tuyg‘usining vujudga keltiradi.  

Boshqa ingliz olimi T.Xoum fikricha, ulug‘vorlik go‘zallikdan faqat o‘zining ko‘lami bilan 

farq qiladi va ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi.  




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish