Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI

  

 



 

  

  



  

242 


 

 

 



I.Kant fikricha, go‘zallik ham, ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi manfaatdan 

xoli  bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli,  maqsadga  muvofiqlik  va zarurlik tasavvurlarini 

o‘zida mujas-samlashtirgandir.  

Ular  o‘rtasidagi  farqlar:  agar  go‘zallik  sifatdan  olingan  qoniqish  orqali  vujudga  kelsa, 

ulug‘vorlikning zaminida miqdor tasavvuri yotadi; go‘zallik hamma vaqt jozibali, ulug‘vorlik esa 

goh o‘ziga tortadi, goh o‘zidan qochiradi va nisbiy his-tuyg‘ular qo‘zg‘aydi.  

CHernishevskiy  fikricha,  ulug‘vorlik  tabiiy  hodisalarga  ham  xos  estetik  tushunchadir. 

Masalan, oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir, pastkash hisob-kitob va 

intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi ulug‘vordir.  

Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. Tabiatda ulug‘vorlik timsollari:  

okeanlar,  osmon,  dengizlar,  sharsharalar,  tog‘lar.  Ularning  umumiyligi-ulkanligida,  keng 

ko‘lamligida. Ulug‘vorlik quvonch, hayratlanish, tan berish, shuningdek, ba’zida qo‘rquv hissini 

uyg‘otadi.  

Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qo‘shilib ketadi, ularni alohida-

alohida mushohada etish qiyin. Ulug‘vorlikka xos estetik va axloqiy sifatlar mavjuddir. Fidoyilar, 

qahramonlarning qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni, ham mardlikni namoyon qiladi.  

Ulug‘vorlik va pastkashlik qiymatlari ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Insonning tabiat 

ustidan  hukmronligi  –  yaqin  kunlargacha  ulug‘vorlik  timsoli  sifatida  in’ikos  etilardi.  Bunday 

munosabat  ekologiya  buzilishi,  Orolning  qurishi,  kishilar  sog‘lig‘ining  yomonlashishiga  olib 

keldi.  


Tabiat  ustidan  hukmronlik  qilish  emas,  balki  u  bilan  hamohang  bo‘lish,  ijtimoiy  faol, 

tashabbuskor, ijodkor shaxsni shakllantirish – ulug‘vorlik orzusining asosiy mazmuni.  

Ulug‘vorlik san’atda har tomonlama ifodalanadi, chunki u san’atning asosiy mavzularidan 

biridir.  Qahramonlik  dostonlari,  lirik  dostonlar,  qahramonlik  musiqa  asarlari,  me’morchilikda 

ulug‘vorlik turlicha tasvirlanadi.  

Me’morchilikda  ulug‘vorlik  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Me’morchilikda  ulug‘vorlik 

faqat miqyos o‘lchovi bilan o‘lchanmaydi. Masalan, ayrim obidalar o‘zlarining keng ko‘lami bilan 

ulug‘vorlik kasb etsalar, boshqalari o‘ta nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, atrof-muhit bilan 

uzviy  qo‘shilib  ketganligi  bilan  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Masalan,  Bobil  minorasi,  Minorai 

Kalon,  Misr  piramidalari,  Toj  Mahal  keng  ko‘lami  bilan  ulug‘vorlik  kasb  etsa,  Amir  Temur 

dahmasi, Shohizinda, Registon maydoni, Mir Arab mad-rasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi o‘ziga 

xosligi bilan ulug‘vorlik hissini uyg‘otadi.  

San’atda  ulug‘vorlik  ba’zida  fojialilik  bilan  yonma-yon  namoyon  bo‘ladi.  Masalan, 

Shekspir asarlari, Shashmaqom, ba’zi me’moriy obidalar bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlik, ham 

fojialilik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Lekin har doim ham emas. Masalan, Registon – ulug‘vor, 

lekin fojiali his uyg‘otmaydi, Makbet xonim fojiali, lekin ulug‘vor emas.  

Fojialilik va kulgililik estetik kategoriyalari yordamida hayot ziddiyatlari va to‘qnashuvlari 

baholanadi  va  mushohada  qilinadi.  Fojialilik  va  kulgililik  ijtimoiy  xususiyatga  ega 

tushunchalardir. Ular yolg‘iz insonga xosdir, faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonidagina namoyon 

bo‘ladi.  

Fojialilik  va  kulgililik  o‘zaro  bog‘liqligi  hayotning  murak-kabligi,  ziddiyatliligi, 

harakatchanligidan kelib chiqib, ularni san-’at yordamida yaxshiroq anglaymiz. San’at asarlarida 

fojialilik  va  kulgililik  yaxlit  namoyon  bo‘ladi.  Ko‘p  hollarda  fojialilik  va  kulgililikning  uzviy 

chirmashib ketishi ildizlari ijodkor iste’dodiga borib taqaladi.  





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish