So’rov metodlari. So’roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi, ayniqsa, anketa surogi va interyu metodlari. Bu metodlarni qo’llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu yerda doim shaxslararo o’zaro munosabatlar, o’zaro tasir shakllari mavjud bo`lib, tadqiqotchining subektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo’lmaydi. Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok va subektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay, juda ko’p ijtimoiy psixologik malumotlarni tuplashda So’roq metodlari eng qo’lay usullar sifatida ishlatib kelinmoqda.
Shunday qilib, So’roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita (suhbat, intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi malumotlar tuplash usulidir. Odamlar tilidan yozma yoki ogzaki tarzda olingan fikrlar malumotlarning manbai bo`lib xizmat qiladi. So’roqni o’tkazuvchi odamdan talab qilinadigan asosiy narsa bu muloqot madaniyatidir, chunki tekshiriluvchilar turli yesh, kasb, demografik muxitga mansub kishilar bo`lishi mumkin. Eng Yaxshi suhbat yoki interyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Ayniqsa, bu narsa intervyuga taalluqli. Chunki suhbatdan farkli, intervyu aniq muammo doirasida, kat’iy bir yo’nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan yo’qori mavqeda bo`lib, uning fikrlashiga halakit bermasligi, ayniqsa, unga tazyik o’tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonidagi eng qiyin narsa - bu suhbatdosh bilan birinchi aloqa urnatishdir, ya’ni o`z shaxsini tanishtirish, maqsadida bayon eta bilish, suhbatdoshda o’ziga nisbatan ijodiy munosabat shakllantirib, birinchi so`zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muloqot samarasini ta’minlovchi muhim psixologik omillardir.
Bevosita muloqot boshlangandan keyin esa, intervyu aniq va kerakli ma’lumotlarni olish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:
- hamjihatlik bildirish (diqqat-e’tibor bilan boqish, samimiy qo’lish, so`zlar yoki bosh harakatlari bilan fikrlarni ma’qo’llash);
- qisqa so`z iboralarini qo’llash ("juda Yaxshi", "fikringizga qo’shilaman" va xoka’zo);
- asosiy masalani eslatib turish;
- ba’zi masalalarda qisman qo’shilmaslik belgisini bildirish ("Siz bunday deyapsiz, lekin ba’zilarning fikricha,..." va xoka’zo);
- respondentning oxirgi so`zlarini vaqti-vaqti bilan qaytarib turish (exo metodi) ;
- turli Yo’llar bilan bildirilgan fikrlarni tushuntirib berishga erishish.
Intervyu o’tkazishga odam maxsus ravishda tayorgarlik kurishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo`lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimomy psixologiyada "rolli o’yinlar" metodi yerdamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayorgarlik kursidan utadilar.
Anketa metodi hammaga tanish bo`lgan usullardan biri. Lekin ko’pincha anketani o’tkazgan odam uning to’zilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollarga ko’ra anketa ochik yoki yopiq turlarga bo’linadi. Ochik anketa respondentdan o`z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarning esa javoblari berilgan bo`lib, tekshiriluvchi o’ziga ma’qo’l bo`lgan o’zining qarashlari, fikrlari bilan mos bo`lgan javobni belgilab beradi. Ochik savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo’yilgan vazifaga yetarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo’lsa, yopiq anketadan respondentga tekshiriluvchi tomonidan o`z fikriga ergashtirishga o’xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo’lmasligidir. Shunday holatlarda respondent ye umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketa to’zilmoqdaki, ularda javob variantlardan tashkari, yana kushimcha fikr bildirish uchun kushimcha qatorlar qoldiriladi.
Anketalar tarkatilish uslubiga ko’ra, qo’l bilan tarkatiladigan, pochta orqali yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali tuldiriladigan formalarga bo’linadi.
To’plangan malumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuterlar yerdamida analiz qilinadi.
Ijtimoiy psilogik testlar. Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qisqa sinov usuli bo`lib, ular yerdamida u yoki bu ijtimoiy psixologik xodisa qisqa muddat ichida bir texnik usul-testda tekshiriladi. Testlar 20-30 yillarda paydo bo`lgan bo`lib, ular hayotga, amaliyotga shunchalik chukur kirib keldiki, hattoki maxsus soha-psixometrika paydo bo’ldi. Testlarni qo’llshning qo’laylik tomoni-bir test yerdamida bir obektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab kurish bu testni faqat qanday turdagi obektda sinalgan bo’lsa, shunga o’xshash obektlardagina qo’llash mumkin, qolaversa, bunda olingan malumotlar nisbiy harakterga ega bo`ladi. Lekin shunday bo`lishiga qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashkari, shaxsning muloqot sistemasidagi o’rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo’qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo’llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni to’zish, uni obektlarda sinovdan o’tkazish, hattoki, tayor testni moslashtirish yo’qsak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Masalan, ingliz olimi Kettel shaxs sifatlarini sinovchi testini ishlab chiqish uchun odamdagi 4, 5 mingga yaqin sifatlarni o’rganishdan boshlagan edi. Ana shulardan ekspertlar yerdamida 171 juft dixotomik sifatlarni ajratdi (masalan, kamtar-maktanchok, bosik-tez va shunga o’xshash). Nixoyat, ular ichidan eng ishonchlilari tanlab olindiki, oxir-okibat 21 xil shaxs xususiyatlaridan iborat sifatlar kompleksi tanlandi va shular asosida mashxur Kettel testi paydo bo’ldi. Uning yerdamida asosan shaxsdagi introversiya, ekstroversiya, faollik, reallik, ziyraklik darajasi va boshqalar sinaladigan bo’ldi.
Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o`z"kaliti"bo`ladi va bu kalitning egasiga maxsus lisenziyalar ya’ni kelishuviga ko’ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo`ladi."Kalitsiz"esa maxsus testlarni xech kimga ishlata olmaydi. Endi maxsus sharoitlarga moslashtirilishi kerak bo`lgan testlarga kelsak, masalan, usha K. T. yoki Ayzenkning testlarini bizning O`zbekiston sharoitimizda ishlatish kerak bo`lib qolsa, demak, uni tarjima qilgan va uni amaliyotda qo’llagan kishida professional huquq va moslashtirish uchun kamida 2, 5-3 ming kishilik ob’ekt, yana odamlar kerak. Shundagina bu metod moslashtirilgan hisoblanadi va to’plangan ishochli hisoblanadi.
Ijtimoiy psixologik eksperiment. Ijtimoiy psixologik eksperiment - bu ijtimoiy xodisalarni o’rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi o’rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqotdir. Bunday muloqotning bo`lishi uchun eksperimentator, yani tekshiruvchi maxsus sharoit yaratadi va ana shu sharoitda aniq reja asosida faktlar tuplaydi. Umumiy psixologiyada bo`lgani kabi, Ijtimoiy psixologiyada ham tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlari farklanadi. Tabiiy eksperimentga misol qilib, rus pedagogi A. Makarenkoning jamoaning shakllanishi va uni uyushtirish borasida olib borgan tadqiqotlarini olish mumkin. Amerikalik psixolog M. Sherif esa guruhlararo munosabatlarga taalluqli fenomenlarni tabiiy sharoitlarda maxsus reja asosida tekshirib o’rgangan. Uning asosiy maqsadi vaqtinchalik to’zilgan jamoa - yozgi tatil lagerlarida kooperatsiya hamda turli ziddiyatlarning paydo bo`lishidagi psixologik sabablarni o’rganishdan iborat edi.
Laboratoriya eksperimenti odatda maxsus sharoitlarda, maxsus xonalarda, kerakli asbob-uskunalar yerdamida o’tkaziladi. Birinchi marta laboratoriya sharoitida ijtimoiy psixologik tadqiqotni rus olimi Bexterev o’tkazgan edi. U maxsus asboblar yerdamida idrokning aniqligini, xotiraning sifatini, kuzatuvchanlik xususiyatlarini yakka holda va guruh sharoitida solishtirib o’rgandi va guruhning borligi har bir guruh a’zosi psixik jarayonlariga bevosita tasir etishini isbot qildi.
Laboratoriya eksperimenti keyinchalik B. G. Ananev, ye. S. Kuzmin, V. S. Merlin, V. N. Myasishev, L. I. Umanskiy va boshqalar tomonidan yanada takomillashtirildi va Ijtimoiy psixologiyada apparatura uslubi keng qo’llanila boshladi. Masalan, F. D. Gorbov va M. A. Novikovlar tomonidan gomeostat, L. I. Umanskiy tomonidan yaratilgan guruh uchun integratorlar paydo bo’ldi va amlietda bir guruh xodisalarni tekshirishda keng ishlatila boshladi. Masalan, guruhiy gomeostat guruhni tashqil etuvchilar o’rtasida harakatlardagi moslikning bor-yo’qligini tekshiradi. Bu moslamaning moxiyati shuki, guruh a’zolari yumalok stol atrofida utiradilar, har bir katnashuvchi ruparasida tablo va o’zi xoxlagan tomonga burishi mumkin bo`lgan strelka bo`lib, tekshiruvchi har birining harakatini kuzatib turadi. Lekin ularga topshiriq quyidagicha beriladi: "Siz strelkani shunday buringki, sizning harakatingiz boshqalarnikiga mos bo’lsin, aks holda, sizning beparvoligingiz tufayli butun guruh ja’zo oladi". Agar guruhda hamjihatlik, bir-birini tushunish bo’lsa, ular o’zaro kelishib olib, xatolarni minimal qiladigan bo`lib qoladilar, shu jixatdan turli guruhlar turlicha xulq-atvor namoyon qilishi, bunda guruhning muloqot tajribasi, guruh peshkadamining qobiliyatlari yetakchi rol uynashi eksperimental tarzda isbot qilindi.
Bundan tashkari, maxsus asbob-uskunalar yerdamida guruh a’zolaridagi ishonuvchanlik-konformizm xodisalarini ham ekspermental tarzda o’rganish mumkin. Guruhdagi umumiy ishonuvchanlikni, guruh tazyikini o’rganish uchun esa auokinetik effekt beruvchi moslamalardan foylaniladi. Bunda yenib turgan nukta korongida avval alohida tarzda guruh a’zolariga kursatiladi, keyin esa guruh sharoitida, maxsus tayorlab qo’yilgan odamlar orqali odamlar fikrining qanchalik o’zgarishi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |