Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy me’yortiv nazariya



Download 4,53 Mb.
bet60/73
Sana29.05.2022
Hajmi4,53 Mb.
#615787
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiya

Ijtimoiy me’yortiv nazariya — kishining ijtimoiy rol va ijtimoiy me’yorlarni yaxshi o‘zlashtirganlari uchungina altruistik xulqni namoyon qilishi.
Stigma — yunon tilidan olingan bo‘lib, stigma — «belgi», «dog‘» ma'nolarini ifodalaydi. Shaxslaro munosabatlar tizimida uchray- digan shaxsga tegishli yana bir xulq-atvor turidir.
Diskriminatsiya — umumiy tushunchada tan olmaslikni maqsad qilgan yoki tenghuquqlilik hamda uni himoya qilishni rad etgan, tenghuquqiylik tamoyili va insoniylik qadr-qimmatini kamsituvchi har qanday ajratish, tahqirlash yoki cheklash.
Tolerantlik — kengfe’Uik ma'nosida «tolerantia» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgalarning xulq-atvori, e'tiqodlari va qadriyatlarini erkin qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik; o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ularini bildiradi.
Nazorat savollari:

  1. Gedonistik psixologiyaning asosini nimalar tashkil etadi?

  2. Egosentrizm nima va uning yuzaga kelish sabablarini aniq­lang.

  3. Altruizm nima?

  4. Altruizmni tushuntirishda qanday nazariyalar mavjud?

  5. Qanday harakatlar manfaatni ko‘zlab amalga oshiriladigan altruistik harakatlar deyiladi?

  6. Egoizm nima?

  7. Niqoblangan egoizm deganda nimani tushunasiz?

  8. Altruizmda taqlidchanlikning o‘rni qanday?

  9. Stigma diskriminatsiyaga ta’rif bering.

  10. Tolerantlikning ijtimoiy psixologik mohiyatini tushunti- ring.

TEST

  1. Shaxslararo munosabatlar jarayonida shaxsning ishtiroki va bujarayonda shaxslar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni o‘rganish ijtimoiy psixologiya uchun dolzarb muammolardan biri bo‘lib, bunday munosabatlar sirasiga shaxs xulq-atvoriga tegishli bo‘lgan ...

  1. altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma, diskrimi­natsiya kiradi

  2. agressiya, tolerantlik, stigma, diskriminatsiya, manfaatni ko‘zlash, empatiya kiradi

  3. altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma, ijtimoiy me’yortivlar kiradi

  4. manfaatni ko‘zlash, empatiya, ijtimoiy me’yortivlar tashkil etadi

  1. Qaysi olim o‘zining kitobida yaxlit bir millatlar va xafqlar taqdiriga aloqador bo‘lgan voqealarni, egoizmning jiddiy ta’sirini ko‘rsatib o‘tadi?

  1. Patrik Byukenen

  2. V.G.Ananev

  3. Djon Makleodlar

  4. G.L. Bardiyer

  1. Gedonizm — bu ...

  1. insonning o‘z fikr-o‘ylari, manfaatlari doirasida qotib qol- ganligi, buning oqibatida atrof-muhitga va odamlarga oid bilim- larini hamda o‘zgalarga munosabatini o‘zgartira olmasligi

  2. shaxslararo munosabatlar tizimida uchraydigan shaxsga te- gishli yana bir xulq-atvor turidir

  3. shaxs va uning xulq-atvor motivlarida birgina istak — ni- madandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy iz- tiroblardan xoli bo‘lishga intilish ustuvorligi

  4. o‘zgalarning xulq-atvori, e’tiqodlari va qadriyatlarini erkin qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik; o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ularini bildiradi

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA SHAXS AGRESSIVLIGI MUAMMOSI
Agressiya tushunchasi
Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi xulq-atvor tiplaridan biri, bu — agressiyadir. Inson agressiyasini o‘rganish serqirra mavzu bo‘lib, u ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatini o‘ziga tortib keladi.
Oddiy kundalik hayotda agressiya — zo^ravonlik yoki raqibni yengish uchun vosita sifatida qollaniladi. Agressiya — kishilar o‘rtasidagi turli kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor modellaridan biri bo‘lib, u shunday atama- ki, unga oid mulohazalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiolog, huquqshunos, pedagog, faylasuf, qisqasi, ijtimoiy soha xodim- larining barchasini birdek qiziqtiradi. Agressiya tushunchasining o‘ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki, bu termin ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida qamrab olgan. Odamlar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflagan- larida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi, badfe’l, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan, o‘z g‘oyalarini qat’iy himoya qiladigan, yechimi yo'q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qila- digan inson, deb ta’riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan be- rilgan bunday ta’rif to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini bilish uchun bu tu- shunchaga oydinlik kiritish lozim.
Agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng mashhur naza- riy tushunchaga asosan bunday fe’l-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv juda keng tarqalgan boiib, unga ko‘ra insonda genetik va konstitutsional jihatdan shunday harakatlar «programmalashtirilgan»ligi tufayli uning xulq-atvori­da agressiya sodir boiadi.
Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan nuqtayi nazarlar ichida eng mashhuri
U. Makdaugoll, Z. Freyd, G. Marrey va boshqa olimlarning «inson va hayvonlarda agressiyaning tug'ma instinkti mavjud bo‘ladi» de­gan qarashlaridir. Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr-mulohazalar XX asr boshlarida yuzaga keldi. Bu nazariya agressiya haqidagi dastlabki nazariya bo‘lib, unda agressiyaning sababi frustratsiya nazariyasi bilan bog‘liq ravishda tahlil etilgan. Unga ko‘ra agres- sivlik frustratsiyaning oqibatidir. Bunday qarash birinchi marta

  1. Dollard tomonidan ilgari surilgan. Ammo ushbu nuqtayi nazar amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmadi. Agressiv xulq-atvor xususidagi ikkinchi nuqtayi nazar L. Berkovichning ijtimoiy bilish nazari- yasida keltiriladi. Unga ko‘ra, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to‘siq shaxsda agressiv xatti-harakat- larni hosil qiladi. Nihoyat, agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari haqidagi eng zamonaviy nuqtayi nazar bilishning kog­nitiv nazariyasi bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Bu konsepsiyada agressiv harakatlar quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida baho- lanadi:

  1. Subyektning o‘z agressiv xulq-atvorini ijobiy deb bahola-

shi.

  1. Frustratsiyaning mavjudligi.

  2. Affekt yoki stress tipidagi emotsional qo‘zg‘alishning kuchliligi.

R. Kratchfild va N. Livson agressiyaning bir-birini inkor etmay- digan ikki xil tavsifini ishlab chiqqanlar. Birinchisi, xulq-atvor­ning tashqi alomatlariga asoslanadi va unga ko‘ra «Agressiya kim- gadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko‘rinishidir». Ikkinchisi, odamning ichki niyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, insonni harakatga undovchi kuchlarni olrganish bilan anglash mumkin bolgan holatlar bilan mushtarakdir, ya’ni, «Agressiya boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olgan har qanday xatti- harakatdir». Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga mo- nand tushunchalarga tayangan ko‘plab psixologlar agressiyani jonli olamning yashash uchun kurash bilan bog‘liq uzviy tavsifsi deb hisoblaydilar.
Jozef Bass tomonidan taklif etilgan mulohazalardan biriga asosan, agressiya — boshqalar uchun xavf tug‘diruvchi va ularga ziyon yetkazuvchi har qanday fe’l-atvor ko‘rinishidir.
Bir qancha taniqli tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan agressiyaning ikkinchi ma’nosi esa quyidagini o‘z ichiga ola­di: u yoki bu harakatlar agressiya sifatida kvalifikatsiyalanishi uchun ular kimnidir oxir-oqibat xafa qilish yoki haqoratlashga olib kelishi shart emas, balki xafa qilish va haqoratlashni maqsad qilib qo‘yish ham agressiyadir. Va nihoyat uchinchi nuqtayi nazar N. Zilman tomonidan bildirilib, unga ko‘ra agressiya — boshqalar­ga tan jarohati va jismoniy jarohatlar yetkazish demakdir.
Agressiya tushunchasini talqin qilishdagi kelishmovchiliklar- ga qaramasdan, ijtimoiy fanlar sohasidagi ko‘plab mutaxassislar uning ikkinchi nuqtayi nazarda bayon etilgan ma’nosini ma’qullashga ko‘proq moyillik bildiradilar.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish