Ijtimoiy o‘zaro almashuv. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikriga ko‘ra jamiyatda har qanday shaxslararo munosabatlar zamini- da o‘zaro manfaatdorlik yotadiki, shunga ko‘ra Altruizm — bu mehr-muhabbat, hurmat, g‘amxo‘rlik, oqibat kabi psixologik hissiyotlarni o‘zaro almashishdir. Ya’ni altruistik harakat qila- yotganda kishi buning evaziga o'ziga albatta shunday munosabat qaytishini kutadi. Odatda, bunda «kamroq berib» «ko‘proq olish- ga» mo‘ljallab altruistik harakat qilinadi. Masalan, obrtog‘i uchu
n
qayg‘urayotgan (kechikayotgan o‘rtog‘ini «hozir kelib qoladi», deb oqlayotgan) talaba, o'rtoqlaridan o‘ziga nisbatan xuddi shunday munosabatlarni kutadi. Hatto bunday munosabat qaytarilmasa, undan xafa ham boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |