Birinchi nuqtayi nazar biologik nuqtayi nazar bo‘lib, bu nazariya Altruizmni biologik ehtiyoj sifatida qaraydi va uni insonga tug‘ma holda beriluvchi instinktiv xulq-atvor deb baholaydi. Ularning fikricha, hatto hayvonot olamida ham bir tur vakillari orasida bir-biri uchun qayg‘urish va bir-biriga yordam berish holatlarini kuzatish mumkin. Bundan tashqari hali manfaat ni- maligini unchalik tushunib yetmagan yosh bolalarda ham altruistik harakatlarni kuzatish mumkin-ki, bu holatlar Altruizmning tug‘ma ehtiyoj ekanligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |