Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy ustanovkalarning olrganilishi uch bosqichli jarayonni boshidan kechirgan. Birinchi bosqich — XX asrning boshlariga tegishli bo‘lib, bu davrda fanga ijtimoiy ustanovka tushunchasi kiritildi hamda olimlar ijtimoiy ustanovkalarning mazmunini tushunish uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlarni boshlab yuborishdi.
Bir-biriga ma'nodosh boigan ustanovka va attityud, bir vaqtning o‘zida ham bir xil, ham boshqa-boshqa xil ma'no va tushunchalarni anglatishi olimlarni bir qancha chalkashliklar- ga olib kelgan edi. Lekin amerikalik sotsiologlar U.Tomas va
Znanetskiylarning «Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada» deb nomlangan taniqli asari naslir (1918— 1920-yillar) qilingan- dan boshlab, attityud kategoriyasiga ijtimoiy psixologiyaning asosiy komponenti va shaxsning tavsifi sifatida qaray boshlandi. Shuning uchun «Ijtimoiy ustanovka» tushunchasining fanga ki- ritilishi amerikalik sotsiologlar U. Tomas va F. Znanetskiylarning yuqorida qayd etilgan asari bilan bogiiq, deb hisoblaniladi. Asarda Amerikaga muhojir bollib borgan polshalik dehqonlar- ning psixologiyasi va xulq-atvoridagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan ularning munosabatiga bogliq ekanligiga oid mulohazalar berilgan edi. Aynan mana shunday munosabatlar ijtimoiy ustanovkalar deb nomlandi. 1935- yilga kelib faqat amerika adabiyotlarining o‘zidagina ijtimoiy ustanovkalarning 20 ga yaqin ta’riflari vujudga kelgan edi.
Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqot- lar, ilmiy izlanishlar Birinchi Jahon urushi yillarida ham jadal- lik bilan rivojlandi. Chunki, «psixologik urush», ya’ni dushman tomonidagilarga psixologik ta’sir kolrsatish uchun olib boriladi- gan targ‘ibot va tashviqot ishlari aynan ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish bilan bog‘liq edi. Bunda dushmanga nisbatan qarama- qarshi tomondan ko‘rsatilayotgan psixologik ta’sirlar dushmanning ijtimoiy ustanovkalarini boshqacha yo‘nalishda shakllantirish, ta- komillashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan edi.
Demak, urush jarayonida insonning ijtimoiy ustanovka- laridan raqiblarni yengish maqsadida psixologik qurol sifatida foydalanilgan. Hozirgi kunda ham terroristik guruh a’zolari o‘zlarining qabih rejalarini amalga oshirish yo‘lida yoshlarning ongini zaharlashda ularning ijtimoiy ustanovkalaridan foyda- lanayotganligini hisobga olsak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham bu muammoning chuqur o‘rganilishi lozim- ligi ayon bo‘ladi.
Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida ikkinchi bosqich 1939— 1950-yillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi Jahon urushi boshlarida va u tugagandan so‘ng ham ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish borasidagi tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan. Faqat 1950-yillarning oxirlaridan boshlab bu ishlar yana rivojlanib ketgan.
Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida uchinchi bosqich 1960- yildan hozirgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, ijtimoiy psixologiyaning ko‘pgina amaliy (masalan, reklama bilan bog‘liq) sohalari insonning ijtimoiy ustanovkalarini o‘rganish bilan qiziqmoqdalar. Ijtimoiy ustanovkalar to‘g‘risidagi ilmiy bi- limlarning bunday qollanishi tadqiqotning uchinchi bosqichini tashkil etmoqda.
D.N.Uznadze ham ustanovka va ijtimoiy ustanovka (attit- yud)ni bir-biridan ajratish lozimligini ta’kidlaydi. Ustanovka umumpsixologik jihatdan qaralib, ongning ma’lum bir reaksiyaga bo‘lgan tayyorgarligi, ongsiz fenomen deb ta’kidlanadi. Ijtimoiy ustanovka (attityud) esa quyidagini bildiradi: shaxs tomonidan ijtimoiy obyektlarning mazmun-mohiyatini psixologik boshdan kechirish.
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki anglanilmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Ustanovka (psixologiyada) shaxsning muayyan faolligi (idrok, tafakkur, maqsadga mu- vofiq harakatlar va h.k.)ga kokra avvalgi tajribasi bilan belgilangan tayyorgarligi; shaxsni muayyan tarzda harakatga undovchi tay- yorgarlik shaklidir.
Ijtimoiy ustanovka (attityud) atrof-olamni umumlashgan holda baholash qobiliyatidir. Tajribalarda aniqlanishicha, ustanovkada ko‘pincha reallikka mos kelmaydigan tasavvudarning saqlanib qolishi kuzatiladi.
«Ijtimoiy ustanovka» atamasi psixologiyada bir necha ma’nolarga ega. Dastlab ijtimoiy ustanovka deganda insonning biron-bir masalani hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligi tushunilgan.