Kognitiv qism — shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, shu obyektning shaxs tomonidan anglanishidir. Unga shaxsdagi bilimlardan tashqari g‘oyalar, tasavvurlar, prinsip- lar va hokazolar kiradi.
Attityudning affektiv qismi (emotsional) — o‘sha obyektni hissiy-emotsional baholash bolib, obyektga nisbatan yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi.
Konativ qism — xulq-atvor bilan bog‘liq qism bo‘lib, unga obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor ko‘rinishlari kiradi. Xulq-atvor komponenti o‘z ichiga obyektga nisbatan real (inson tomonidan bajarilavotgan) yoki po- tensial (shaxs bajarishga tayyor boigan) xatti-harakatlarni qam- rab oladi.
Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish jarayonida ularning jamivat- da bajaradigan uchta asosiy vazifalarini ajratish muhimdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |