Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy  sanksiya  va  uning  turlari



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy  sanksiya  va  uning  turlari
Ijtimoiy  sanksiya  tushunchasi  ostida  jamiyat  uchun  aha- 
miyatga  ega  vaziyatda  shaxsning  xatti-harakatlariga  nisbatan


ijtimoiy  guruh  yoki  jam oatchilikning  munosabati  tushuniladi. 
Yana  ham  aniqroq  qilib  aytganda,  ijtimoiy  sanksiya  — bu jam i- 
yatdagi  me’yorlarni  jamiyat  a’zolari  tomonidan  bajarilishi  yoki 
bajarilmasligiga  nisbatan  boshqa  bir  kishilar tomonidan  bildiri- 
ladigan  jazolash  yoki  rag‘batlantirish  yo‘llaridir.  Sanksiyalarni 
bu  ma’noda  ijobiy  yoki  salbiy  sanksiyalarga  ajratish  mumkin. 
Masalan,  ijtimoiy  m e’yorlar  bajarilgan  holatda  ijobiy  sanksi- 
yalar  qo‘llanilsa,  me’yorga  amal  qilinmaganda  salbiy  sanksi- 
yalar  qo‘llaniladi.
Shaxs  jamiyatdagi  mavjud  biror  turdagi  me’yorni  buzganda 
o‘ta  qattiq  sanksiyalar  —  davlatdan  quvg‘in  qilish,  o‘lim  jazosi, 
qamoq jazosi  kabilar  qo‘llaniladi.  Sanksiyalarning  eng  og‘iri  tabu 
(axloqiy me’yorlarga  qaraganda  ancha jiddiy taqiq)  va  yuridik  qo- 
nunlarni  (masalan:  odam  o‘ldirish,  davlat  sirlarini  sotish)  buzish- 
ga  nisbatan  qollanilsa,  eng  yumshog‘i  — guruhiy  me’yorlarning, 
shu  jumladan  oilaviy  me’yorlarning  (ro‘mol  o‘ramaslik)  alohida 
ko‘rinishlarini  buzish  kiradi.  Ammo  shunday  guruhiy  odat  yoki 
udumlar  yoki  me’yorlar  mavjudki,  ular juda  qadrlanadi  va  ular­
ning  buzilishiga  yoki  ularga  amal  qilmaslikka  qarshi  ham  qattiq 
choralar,  sanksiyalar  qo‘llaniladi.
Ba’zan  bir  vaziyatda  bir  necha  ijtimoiy  me’yor  qoidalari  va 
ularni  nazorat  qiluvchi  sanksiyalar  mavjud  bo‘ladi.  Bu  esa  o‘z 
navbatida  shaxsning  ko‘p  qirrali,  har  tomonlama  tartibli  bo‘lib 
rivojlanishiga  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatmay  qolmaydi.
Olimlar  tomonidan  sanksiyaning  verbal  va  noverbal  tur­
lari  ajratilgan.  Bundan  tashqari  yana  to‘rt  turi  ajratilgan  bo‘lib, 
ular:  pozitiv,  negativ,  formal,  noformal.  Ular  yana  to‘rt  tipdagi 
uyg‘unlikni  namoyon  etadi.
Sanksiyalarning  mavjudligi  kishilarni  ijtimoiy  m e’yorlarga 
amal  qilishga  chorlaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ijtimoiy 
m e’yorlarga  amal  qilgan  yoki  qilmagan  shaxs  jamiyat  a ’zolari 
tomonidan  turli  xil  sanksiyalarga  duch  kelishini  bilgani  va  ang- 
lagani  holda  mavjud  me’yorlarni  qabul  qilib,  ularga  amal  qila­
di.


Pozitiv  (ijobiy)
Negativ  (salbiy)
Rasmiy
Rasmiy-pozitiv 
sanksi- 
yalar 
(R+) 
jam oatchilik 
oldida 
shaxsning 
rasmiy 
tashkilotlar 
tom onidan 
ragtbatlantirilishi  —  huku- 
mat  sovrinlari,  davlat  me- 
dallari,  stipendivalar.
Rasmiy-negativ 
sanksiya 
R  —  yuridik  qonunlar,  hu- 
kum at  qarorlari,  buyriiq  va 
fa rmoyishla rid a  ko'rsatilgan 
jazolashlar  —  qam oq  jazosi, 
fuqarolik  huquqidan  m ah- 
rum   etish,  ishdan  bo'shatish, 
jarim a  solish,  m ulkni  muso- 
dara  qilish  kabi jazolar.
Norasmiy
Norasmiy-pozitiv 
sanksiya 
(N +)  — rasmiy  tashkilotdan 
chetdaboim aganjam oatchi- 
lik  oldida  rag'batlantirish: 
kom pliment,  olqishlash.
Norasmiy-negati v 
sanksi- 
yalar  (N )  —  rasmiy  bosqich 
va  y o i-y o 4riqiar  bilan  ko'rib 
chiqilm agan  jazolar:  tanbeh, 
ustidan  kulish.
Tadqiqotchilar  ijtimoiy  me’yorlarning  buzilishiga  nisba­
tan  bee’tiborlik  yoki  me’yorga  amal  qilinmaganda  sanksiya 
qo‘llanilishi  yoki  qo‘llanilmasligi  holatini  o‘rganish  maqsadida 
odamlarga  so'rovnoma  bilan  murojaat  qilganlar.  So‘rovnomaga 
kiritilgan  quyidagi  savolga  nisbatan  bildirilgan  munosabatlar 
orqali  ma’lum  bir  vaziyatda jamiyat  a’zolari  tomonidan  sanksiya 
qanchalik  tez-tez  qo‘llanilishi  o‘rganilgan.  Savol  va  unga  beri- 
ladigan  javob  variantlari  quyidagicha:  Siz jamoat  transportidasiz. 
Avtobusga yoshi katta  ayol chiqdi.  U qo‘Jida  og‘ir yuk  bilan  bir yosh 
o'smir  bolaning  oldiga  keldi.  Bola  esa  ayolni  ko‘ra  turib  unga joy 
bermadi.  Bunday  holda  Siz:
a)  E 'tibor bermayman  (bu  holatga  aralashmayman)
b)  Bolaga 
o‘qrayaman 
yoki 
ichimda 
uni 
yoqlamay 
o‘tiraveraman
d)  Bolaga  tanbeh  beraman  (so‘zlar orqali)
Yoshi,  millati  va  jinsi  turlicha  bo‘lgan  25  ta  odamga  ushbu 
so'rovnoma  bilan  murojaat  qilingan.  Uning  natijalari  quyidagi 
diagramma  orqali  ko‘rsatiladi:


E’tibor bermayman
Tanbeh beraman
0 ‘qrayaman

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish