Ijtimoiy psixologiya



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Masshtablilik.  Me’yorlar  masshtabliligiga  qarab  ijtimoiy 
va  guruhiy  me’yorlarga  boiin ad i.  Ijtimoiy  me’yorlar  —  butun 
jamiyat  miqyosida  amal  qiladi  va  o‘zida  ijtimoiy  nazoratning 
odat,  an’ana,  qonun,  etiket  va  boshqa  shakllarini  namoyon  eta­
di.  Guruhiy  me’yorlar  —  amal  qilish  doirasi jihatdan  kichikroq 
bo‘lib,  u  ma’lum  bir  guruhdagina  amal  qilishi  bilan  cheklanadi 
va  aynan  shu  guruhda  o‘zini  qanday  tutish  kerakliligi  (axloq, 
odat,  qiliqlar,  guruhli  yoki  individual  odatlar)  bilan  aniqlana- 
di.  Talabalar  guruhida  guruh  a’zosini  «sotmaslik»  kabi  me’yor 
bo‘lishi  mumkin.
Jamiyatning  ko‘pchilik  a’zolari  uchun  bora-bora  bajarilishi 
shart  bo‘lib  qoladigan  ma’lum  udumlar,  odat  tusiga  aylanishga 
ulgurgan  harakatlar  shu  jamiyat  a’zolari  uchun  «umumiy  qoi- 
dalar»  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Shunday  me’yorlar  mavjudki,  ular 
buzilsa  yoki  ularga  amal  qilinmasa,  u  holda  kichik jazolar  (uni 
m a’qullamaslik,  qovoq  uyish,  noma’qul  qarash)  qo‘llaniladi.
Ijtimoiy  me’yorlar  tizimi  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy  va  ruhiy 
yuksalishlarni  o‘zida  aks  ettiradi.  Ularda  quyidagilarning  aksini 
topish  mumkin:  hayot  tarzi,  xalqning  tarixiy  xususiyatlari,  uning 
mentaliteti,  davlatda  mavjud  bo‘lgan  boshqaruv  hokimiyatining 
ko‘rinishi.  Me’yor  odamlarni  jamoa  va  guruh  sifatida  bir-biri- 
ga  bog'laydi.  Bu  qanday  amalga  oshadi?  Birinchidan,  me’yor  — 
bu  kutishdir:  me’yorga  amal  qilgan  odam  atrofdagilardan  ham 
xuddi  shunday  harakatni  kutadi.  Piyodalar  o‘tish  yo‘lakchasining 
o‘ng  chekkasidan  o‘tayotgan  odamlar to‘g‘risidan,  qarama-qarshi 
tarafga  kelayotgan odamlar yo‘lakning  chap tarafiga  o‘tsa,  tartib-
li,  tashkillashtirilgan  harakat  amalga  oshadi.  Me’yorlarni  buzish 
oqibatida  esa  kishilarning  bir-birlari  bilan  turtilib  ketishi  yuzaga 
keladi  va  natijada  nizoli  vaziyat  yoki  biror  falokat  yuz  berishi 
mumkin.  Demak,  me’yorlar  subyektining  maqsadi,  motivi,  faoli-


yat,  kutishi,  baho  berishi  kabilarni  qamrab  oluvchi  ijtimoiy  mu­
nosabatlar  tizimini  shakllantiradi.  Shu  tariqa,  me’yorlar  kutish 
ko‘rinishida  (boshqalarning  o‘zini  tutishiga  nisbatan  reaksiya) 
yoki  standart  xatti-harakatlar  (majburiyat,  qoida)  ko‘rinishida 
talqin  etilishiga  ko‘ra  ma’lum  vazifani  bajaradi.
Nimaga odamlar me’yorlarga amal  qiladi  va  nega jamoatchilik 
bularni  nazorat  qiladi?  Me’yor  qadr-qimmatning  himoyachisidir. 
Oila  sha’ni  va  qadri  azaldan  odamlar va jamiyatning  eng  muhim 
qadriyatlaridan  hisoblanib  kelgan.  Jamoatchilik  tomonidan  esa 
uning  barqarorligi  va  rivojlanishi  qadrlanadi.  Oila  jamiyatning 
asosiy  yacheykasi  va  u  haqida  qayg‘urish jamiyatning  eng  muhim 
vazifasidir.  Oila  va  unda  amal  qiladigan  me’yorlarning  asosi  si- 
fatida  quyidagi  hadislarni  keltirish  o‘rinlidir:  «Farzandlaringiz- 
ni  izzat-ikrom  qilish  bilan  birga  axloq  odobini  ham  yaxshilangiz» 

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish