Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiylashuvda jamiyatdagi  tashkilotlarning  roli



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiylashuvda jamiyatdagi  tashkilotlarning  roli
0 ‘quv muassasalari — bog‘cha,  m aktab,  litsey va  kollejlar,  Oliy 
o‘quv  yurti  —  bu  m uassasalarning  har  biri  individning  ijtim o­
iylashuvida  katta  o‘rin  egallaydi.  Bola  bog‘chadan  to  Oliy  o ‘quv 
yurtini  tugatguncha  bo‘lgan  davrda  ju d a  katta  ijtimoiy  tajribani 
egallaydi  va  keyingi  faoliyatida  albatta  bulardan  foydalanadi.
Shaxsning  ijtimoiylashuvida  oila  va  m ahalladan  so‘ng  ta ’sir 
ko‘rsatuvchi  asosiy  m askanlardan  biri  —  maktabgacha  ta ’lim 
muassasalaridir.  U larning  bu  jarayonda  o‘ziga  xos  ahamiyati 
shundaki,  maktabgacha  ta ’lim   muassasasi  xodim lari  bolaning 
ota-onasi  bilan  bevosita,  har  kuni  m uloqotda  bo‘ladi  va  ular


maktab  m a’muriyatidan  farqli  ikki  xil  funksiyani  bajaradi:  ras- 
miy  va  norasmiy.  Ya’ni  tarbiyachi  ota-ona  bilan  faqat  tarbiyachi 
sifatida gaplashish  yoki  yaqin  munosabatlarda b o lish i  ham   m um ­
kin.  O ta-ona va tarbiyachi  munosabatlari qanday bo‘lishidan q at’i 
nazar  maqsad  —  bolaning  ijtimoiylashuvi  uchun  ijobiy  yordam 
berishdan  iborat  bo‘lishi  kerak.  Buning uchun bir qator psixologik 
tamoyillar  mavjud:
Tarbiyachi  va  ota-ona  bir-biriga  bolaning  faqat  yaxshi  tomon- 
larini  ko‘rsatibgina  qolmasdan,  uning  xulqiga  xos  bo‘lgan  salbiy 
ko‘rinishlarni  ham  yotig‘i  bilan  aytishdan  cho£chimasligi  lozim. 
H ar  ikkala  tomon  ham  bolaning  ijobiy  xulqini  maqtab,  salbiy- 
sini  tuzatish  uchun  birgalikda  choralar  ko‘rishi  maqsadga  mu- 
vofiqdir.  Bunda  bolaning  erishgan  yutuqlarini  maqtash,  boshini 
silash,  quchish,  olqishli  so‘zlar  bilan  qo‘llab-quvvatlash  yaxshi 
samara  berishi  bilan  birga,  uni  kamsitish,  tahqirlash,  ustidan 
kulish,  so‘kish,  urish,  kaltaklash  kabi  vositalarni  qo‘llash  um u- 
man  mumkin  emasligini  unutmaslik  kerak.  Shuningdek,  bolaping 
o‘rtoqlariga  ham  uning  kamchiliklarini  aytib  ustidan  kulishlariga 
yo‘l  qo‘ymaslik lozim.  Shundagina bola bog‘chadan  uyga va  uydan 
bog‘chaga  yaxshi  kayfiyat  bilan  yo‘l  oladi.
Ijtimoiylashuv  jarayonining  muvaffaqiyatli  kechishi  uchun 
yuqorida  ta ’kidlanganlarni  hisobga  olish  har  ikkala  taraf  uchun 
ham  ijobiy  yutuqlarni  olib  keladi.
M aktabdan  boshlab  ijtimoiylashuv va  tarbiya jarayonlari  max- 
sus  tarzda  uyg‘unlashtiriladi.  Bu  joyda  ijtimoiylashuv  ikki  xil 
yo‘nalishda  kechadi:  birinchisi,  o‘quv  muassasasida  o‘qiyotgan 
fanlaridan  olgan  bilim lari  orqali  ijtimoiylashadi,  ikkinchisi,  bola 
o ‘ziga  darsga  kirayotgan  o^qituvchining  xatti-harakati,  xulq-atvo- 
riga  qarab  ijtimoiylashadi.  Bu  jarayonda  eng  asosiysi  tarbiyachi, 
pedagog,  o‘qituvchining  o ‘zini  tutishi,  kiyinishi,  muloqot  m ada- 
niyati,  o‘z  hissiyotlarini  boshqara  olish  qobiliyati  kabilar  bola­
ning  ijtimoiylashuviga  o ‘ziga xos  holatda  ta ’sir o ‘tkazadi.  Shuning 
uchun  o‘qituvchilarda  faqat  bilim  berish  emas,  balki  tarbiyalash- 
ning  ham  talab  etilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Ba’zi  o‘qituvchilar


o‘z  vazifalarini  faqatgina  bilim  berishdangina  iborat  deb  hisob- 
lashi  noto‘g‘ri,  albatta.  Bundan  tashqari  bolaning  dars  va  dars- 
dan  tashqarida  amalga  oshirayotgan  xatti-harakatlari  yoki  xulq- 
atvoriga  nisbatan  o‘qituvchining  e’tibor  berishi  yoki  e’tiborsizligi 
ham  uning  ijtimoiylashuvida  o‘ziga  xos  o‘rin  egallaydi.  Talabalar 
guruhida  bilimi  kuchli  bo‘lsa-da  talabalarga  e’tiborsiz  bo‘lgan, 
ularning  tarbiya jarayoniga  aralashmaydigan  o‘qituvchilarga  tala­
balar  ham   befarq  munosabatda  bo‘ladilar.  Shu  nuqtayi  nazardan 
talabalar  didi,  kutishlari  va  talablariga  javob  bergan  o ‘qituvchi 
ular tom onidan  tan   olinadi,  aks  holda  o‘qituvchining  ta ’siri  faqat 
salbiy  rezonans  beradi.
Bundan  tashqari  oliy o‘quv yurtida talabaning  ijtimoiylashuvi­
da uning guruhi ham  ta ’sir ko‘rsatadi.  Bu yerda h ar bir guruhning 
o ‘ziga xos  psixologik iqlimi  mavjud bo‘lib,  bu  iqlim ning talaba to ­
m onidan  ijobiy yoki  salbiy deb  qabul  qilinishi,  guruhdagi  mavjud 
m e’yorlarning talaba tom onidan qabul qilinishi  yoki  qilinmasligi, 
guruhiy  dinam ikaning  o‘ziga  xos jihatlari  kabilar  uning  ijtimoiy­
lashuvida  asosiy  om illardan  biri  b o lib   hisoblanadi.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish