Ijtimoiy psixologiya


Ijtimoiy  muhitning  shaxsga  ta’sirida  ijtimoiy  nazorat



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Ijtimoiy  muhitning  shaxsga  ta’sirida  ijtimoiy  nazorat 
shakllarining  o‘rni
Har  qanday  shaxs  ma’lum  bir  jamiyat  a’zosi  sifatida  yashar 
ekan,  faoliyat  ko‘rsatar ekan,  u  albatta  ana shu jamiyat  tomonidan 
o‘rnatilgan  ijtimoiy  nazoratga  amal  qilishga  harakat  qiladi.


Ijtimoiy nazorat — bu shaxsning xulqiga,  qadriyatlariga,  tasav- 
vurlariga  va  ustanovkalariga  nisbatan  jamiyatdagi  guruhlarning 
yoki  jamoatchilikning  ta ’siridir.  Ijtimoiy  nazoratga  ekspektatsi- 
ya,  me’yor  va  sanksiyalar  kiradi.  Ekspektatsiya  — aynan  shaxsga 
nisbatan  atrofdagilarning  kutish  shaklidagi  talablaridir.  Ijtimoiy 
m e’yor —  ma’lum  vaziyatlarda  shaxsning  nima  deyishi,  o‘ylashi, 
his  qilishi,  nima  qilishini  ko‘rsatuvchi  namunalar  yig‘indisidir. 
Ijtimoiy  sanksiyalar  — ijtimoiy  nazoratning  muhim  vositalaridan 
biri  sifatida  shaxsga  nisbatan  qo‘llaniladigan  ta’sir  choralaridir.
Ijtimoiy nazoratning shakllari  — bu shaxsning jamiyatdagi  hayoti 
va turli  xil guruhlardagi  faoliyatini  boshqarish usullaridir.  Ijtimoiy 
nazoratning  ko‘proq  tarqalgan  shakllari  quyidagilardan  iborat:
1.  Qonun  —  davlat  miqyosida  shaxslarning  rasmiy  munosa­
batlarini  nazorat  qiluvchi  va yuridik kuchga  ega  boigan  me’yortiv 
aktlar  yig‘indisi.
2.  Tabu — shaxsning biror-bir fikri yoki harakatlariga nisbatan 
cheklovlar tizimini  qamrab  oladi.
3.  Urf-odat — yoshlikdan o‘zlashtiriladigan vajamoaviy odatli- 
lik  xarakteriga  ega.  Urf-odatning  asosiy  belgisi  tarqalganlikdir. 
Urf-odat  jamiyatda  ma’lum  bir  davrga  xos  boigan  va  vaqtincha 
davom  etuvchi  tavsifga  ega.
4.  A n’ana  — shunday  urf-odatki,  ma’lum  bir  xalq  madaniyati 
bilan  bogliq  holda  shakllangan,  avloddan  avlodga  o‘tuvchi,  xalq- 
ning  mentaliteti bilan aniqlanadi.  Urf-odat  va an’analar ommaviy 
harakatlarni  qamrab  oladi  va jamiyat  integratsiyasida  muhim  rol 
o‘ynaydi.  Ma’naviy  ahamiyatga  ega  va  aynan  guruh  yoki  jam i­
yatda  yaxshilik  va  yomonlikni  tushunish  bilan  bogliq  boigan 
maxsus  urf-odatlar  mavjud.
5.  Axloq  —  ma’lum  bir  davrda  jamiyat  kishilarining  xulq-at- 
vorida,  xatti-harakatlarida,  o‘zaro  muloqot jarayonida  o‘z  aksini 
topadigan  ijtimoiy  kategoriyadir.
6.  Odat  —  shaxs  hayotida  ko‘p  takrorlanaverganligidan  av- 
tomatlashganlik  darajasiga  aylanib  qolgan,  anglanilmagan  holda 
bajariladigan  harakat  shaklidir.


7. 
Etiket  (etiket  me’yorlari)  —  odamlarga  nisbatan  ijobiy  va 
xayrixohlik bilan  muloqotga  kirishishda  munosabatlarning tashqi 
ko‘rinishida  namoyon  bo‘ladigan  o‘zini  tutish  qoidalari.  Ammo 
bunday  odoblilik  orqasida  ba’zan  ichiqoralik  va  shaxsga  nisba­
tan  behurmatlik  munosabatlari  yashiringan  bo‘lishi  ham  mum­
kin.  Shundan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  bu 
m e ’y o r n i 
baja- 
rishda  shaxsning  odamlar bilan  munosabatida  uning  samimiyligi 
yo£qolishi  mumkin.
Shunday bo‘lsa  ham,  «semiz janjaldan,  ozg‘in  tinchlik yaxshi».
Jamiyatning  har  bir  a’zosi  interiozatsiya  jarayoni  va  natijasi 
tufayli  individ  tomonidan  doim  ham  anglanilmaydigan  ijtimoiy 
nazoratning  kuchii  psixologik  ta’siri  ostida boladi.
Bulardan  tashqari  shaxsning  jamiyatdagi  xatti-harakati  va 
xulq-atvorini  nazorat  qilib  turuvchi  nazorat  shakllari  ham  mav­
jud  bo‘lib,  ulardan  biri  ijtimoiy  me’yorlardir.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish