Etologik yondashuv.
Nobel mukofoti laureati mashhur etolog
K. Lorens agressiyaga nisbatan evolutsion yondashuv tarafdoridan
biri bo‘lgan va uning bu pozitsiyasi Freydning pozitsiyasi bilan
o‘xshash ekanligini namoyish qilgan. K. Lorens ta’limotiga ko‘ra,
agressiya insonlarga va boshqa tirik jonzotlarga xos bo‘lgan hayot
uchun kurash tug‘ma instinktidan kelib chiqqan.
U bu instinkt uzoq evolutsiya davrida rivojlangan, deb taxmin
qilgan bo‘lib, uning uchta muhim vazifasini ajratib ko‘rsatadi.
Birinchisi, hayot uchun kurash instinkti turli xil biologik tur va-
killarini dunyo bo‘ylab katta geografik kengliklarga tarqatib yu-
boradi, bu esa oziq-ovqat resurslarining maksimal sarflanishini
ta’minlaydi. Ikkinchidan, agressiya biologik turning genetik fondi
yaxshilanishini ta’minlaydi, chunki faqat eng kuchli va quvvat-
li individuumlargina o‘zidan avlod qoldira oladi. Uchinchidan,
kuchli tur vakillarigina o‘zini himoya qila oladi va avlodining
tirik qolishini ta’minlay oladi.
Freyd instinktiv agressiv energiyaning qanday yig‘ilishi va
tarqab ketishi haqida aniq bir fikrga kelmay turgan bir palla-
da, K. Lorens bu muammo yuzasidan aniq bir to‘xtamga kelib
bo‘lgan edi. Uning fikricha, yashash uchun kurash instinkti bilan
yo‘g‘rilgan agressiv energiya organizmda uzluksiz ravishda ay-
lanib yuradi, borgan savin to‘planib boraveradi. Demak, agressiv
energiyaning hajmi qancha ko‘p boisa, uning tashqariga «otilib
chiqishi» uchun shunchalik kam kuchga ega boigan stimul (ba-
hona) kerak boiadi.
K. Lorens nazariyasining qiziqarli jihati shundaki, u o‘z naza-
riyasida inson boshqa jonzotlardan farqli oiaroq o‘z turiga man-
sublarga qarshi zulm o‘tkazishi holatlarining keng tarqalganli-
gini ta’kidlab ko‘rsatadi. Uning fikricha, barcha tirik jonzotlarga
yashash uchun kurash instinktidan tashqari o‘zining barcha
xohish-istaklarini bosa olish imkoniyati berilgan; bu imkoniyat
ularning oijalariga qay darajada jiddiy talofat yetkazish yoki yet-
kazmaslik xohishlari bilan o‘zgarib turadi. Shunday qilib, tabiat
tomonidan boshqa jonzotlarni oidirish uchun barcha zarur ash-
yolar (epchillik, uzun tirnoq va o‘tkir tishlar) bilan ta’minlangan
yirtqich sher va yoibarslar o‘z turi vakillariga tajovuz qilishning
oldini oluvchi ushlab turuvchi omillarga egadir. Lekin ularga nis
batan ancha zaif boigan insonlarning o‘z tug‘ma ehtiyojlarini
ushlab turuvchi omillari yetarli darajada kuchli emas. lnsoniyat
tarixining muqaddimasida erkak va ayollar o‘z qabiladoshlariga
qarshi agressivlik ko‘rsata turib, tish va mushtlarini ishga sol-
ganlar va bu hoi u qadar qo‘rqinchli tuyulmagan, chunki ular
ning bir-biriga jiddiy jarohat yetkazish ehtimoli u darajada yuqori
emas edi.
lnsoniyat taraqqiyoti texnik taraqqiyot bilan uyg‘unlashishi
natijasida inson ommaviy qirg‘in qurollarini yaratdi, uning o‘z
xohish-istaklarini qondirishga bunday holatda intilishi insonning
tur sifatida yo‘qolib ketish xavfini vujudga keltirdi. K. Lorens
tarixda jahonga hukmronlik qilish istagida boigan buyuklarning
butun bir millatlarning qirilib ketishini istaganligini o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yishi — aynan inson zo‘ravonligi agressiyaning
oldini oluvchi tug'ma ushlab turuvchi omillardan ustunlik qila-
yotganligi sifatida tushuntiradi.
K. Lorens ham xuddi Freyd kabi agressiyadan qutulib boimaydi
deb hisoblasa-da, agressiyani susaytirish yoki nazorat qilish mum
kin degan fikrni yoqlagan. U agressiv energiyaning xavfli dara-
jagacha yetishining oldini olish va bu orqali zo‘ravonlik holatlarini
kamaytirishi mumkin, deb taxmin qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |