Ijtimoiy psixologiya


Shaxslararo  munosabatlarda  agressiv  xulqning



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

Shaxslararo  munosabatlarda  agressiv  xulqning 
namoyon  bo‘lishi
L. Berkovits  (1968,  1981,  1995)  va  boshqa  tadqiqotchilar bun­
day  stimullar  qatoriga  qurol  kirishini  aniqlashdi.  Tajribalar- 
ning  birida  o‘yinchoq  qurol  o‘ynagan  bolalar  o‘yindan  so‘ng 
boshqalar  kubiklardan  qurgan  uychani  osongina  buzib  tashlash- 
gani  kuzatilgan.  Yoki  yana  bir  tajribada  Viskoniya  universiteti 
talabalari  ko‘z  oldilarida  qurol  turganda  (ularning  nazarida  bu 
qurol  oldingi  tajribadan  so‘ng  tasodifan  unutib  qoldirilgan  edi) 
o‘z  «dilozor»lariga  ko‘proq  kuchlanishli  tok  yuborishgan.  «Ta­
sodifan  unutib  qoldirilgan  predmet»lar  qurol  emas,  tennis  raket- 
kasi  bo‘lganida  esa  tokni  kamroq  yuborishgan.  AQSHda  sodir 
bo‘layotgan qotilliklarning teng yarmi shaxsiy qurol  orqali amalga 
oshirilishini  bilganda,  L. Berkovits  unchalik  lol  qolmadi.  Statis- 
tik  ma’lumotlarga  qaraganda  uyda  qurol  saqlansa,  u  qachondir 
otiladi  va  qandaydir begona  kishi  emas,  balki  atrofdagi  tanishlar- 
dan birovi jabrlanadi.  «Qurol  nafaqat jinoyat sodir qilishga  imkon 
beradi,  — deydi  L. Berkovits,  — balki  u jinoyat  sodir  qilishga  un-


dashi ham  mumkin.  Barmoq tepkiga talpinadi,  shuningdek,  tepki 
ham  barmoqqa  talpinadi».
Bu  tushuncha  agressiyani  emotsiya,  motiv  yoki  ko‘rsatma  si­
fatida emas,  balki xulq-atvor modeli sifatida ko‘rishni taqozo eta- 
di.  Bu  muhim  fikr  ko‘plab  chalkashliklarni  tug‘dirdi.  Agressiya 
termini  ko‘p  hollarda  g‘azab  kabi  negativ  (salbiy)  his-tuyg‘ular 
bilan,  haqorat  qilish  va  ziyon  yetkazish  kabi  motivlar bilan,  hatto 
negativ  ko‘rsatmalar  sirasiga  kiruvchi  irqiy  va  etnik  xurofot  bi­
lan  assotsiatsiyalanadi.  Bu  omillar natijasi  zarar yetkazish bo‘lgan 
xulq-atvorda  albatta  muhim  rol  o‘ynashiga  qaramay,  ular bunday 
harakatlar uchun  asos  b o ia   olmaydi.  G ‘azab  boshqalarga  tajovuz 
qilish  uchun  aslo  zaruriy  shart  bo‘lib  hisoblanmaydi,  boshqacha 
qilib  aytganda,  ayrim  holatlarda  agressiya  o‘ta  sovuqqonlik  ho- 
latida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgani  kabi,  o‘ta  kuchli  hayajon 
holatida  ham  paydo  boiishi  mumkin.  Shuningdek,  agressorlar- 
ning  ular  tajovuz  qilayotgan  shaxslardan  nafratlanishlari  yoki 
ularni  yoqtirishlari  umuman  shart  emas.  Ko‘pchilik  odamlar 
o‘zlari  yoqtirgan  insonlarga  zulm  o‘tkazadilar.
Shunday  qilib,  hozirda  ko‘pchilik  tomonidan  «Agressiya  — 
boshqa  tirik jonzotga  u  buni  istamagan vaziyatda  haqorat yoki  zi­
yon  yetkazishni  maqsad  qilib  qo£ygan  xulq-atvorning  har  qanday 
shakli»,  degan  tushuncha  qabul  qilingan.
Inson  agressiyasi  ko‘rinishlarining  turli-tuman  va  tubsizligi- 
dan  kelib  chiqib,  mazkur  xulq-atvorni  o‘rganishda  D. Bass  to ­
monidan  taklif  etilgan  konseptual  ramkalar  bilan  chegaralanish 
juda  foydali  ekanligi  ayon  bo‘ldi.
Uning  fikricha,  agressiv  harakatlarni  uchta  shkalaga  asoslan- 
gan holda tasvirlash mumkin: jismoniy — verbal,  aktiv — passiv va 
to‘g‘ri  —  egri.  Ularning  kombinatsiyalari  sakkizta  ehtimolga  ya- 
qin  kategoriyalarni  berib,  ko‘plab agressiv harakatlarni  ular asosi­
da  tushuntirish  mumkin.  Masalan,  bir  kishining  ikkinchisining 
ustidan  otib,  pichoqlab  yoki  kaltaklab  zo‘ravonlik  qilishi  ham jis­
moniy,  ham  aktiv,  ham  to‘g‘ri  shkala  sifatida  kvalifikatsiyalanishi 
mumkin.


Agressiyaning  ijtimoiy  ma’qul  va  assotsial  agressiv  xulq-atvor 
turlari  farqlanadi.  Ijtimoiy  ma’qul  agressiya  turida  frustratsiya, 
affekt,  stress  va  nizo  natijasida  kelib  chiquvchi  zo‘riqish  hamda 
xavotirlanish  ijtimoiy  me’yorlarga  mos  keluvchi  harakatlar  orqali 
hal  qilinadi.  Assotsial  agressiv  xulq-atvor jamiyatda  qabul  qilin- 
gan  me’yorlarga  zid  bo‘lgan  harakatlarda  namoyon  boladi.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish