Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligini oshirish muammosi


Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning xududiy va milliy jixatlarini xisobga olish deganda nimalarni tushunamiz?



Download 48,58 Kb.
bet2/12
Sana31.12.2021
Hajmi48,58 Kb.
#267535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ijtimoiy psixologiya

4.2. Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning xududiy va milliy jixatlarini xisobga olish deganda nimalarni tushunamiz?

Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning qaysi toifali kishilarga mul-jallanganligiga qarab taxlil qilish. Masalan, ayrim psixodramatik o’yinlarda kapalar va kichiklar, erkaqlar va ayollar, xattoki, turli kasb egalari va nasab vaqillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin bizning haroitimizda agar kapa yoshlilar bilan yoshlarni, man-sabdorlar bilan oddiy fukarolarni, erkaqlar bilan ayollarni kushib trening o’tkazish rejalashtirilsa, u o’zining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Bizning tajribalardan shu narsa ayon bo’ldiki, treningni boshlashdagi kirish kismida ishtirokchilar o’rtasidagi psixoemotsional tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli auditoriyalarda juda qiyinchilik bilan kechdi. Eki boshlik bilan xodim birga bo’lgan xollarda, tashabbus negadir doimo boshliq qo’lida qolaveradi. Odatda rollar almashinuvi mavjud bo’lib, ular sun'iy ravishda o’zgartirilganda ham, ular xulqida tortinchoqlik ko'nglidagi bor gaplarni ayta olmasLiklarni uchratish mumkin. Shuning uchun qisqa vaqt orapigida o’tkazilgan treninglarda gurux a'zolarini o’ziga moe toifalarga kuhish jonlirok muloqotlarga sabab bo’ldi.

Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash xududi ham xisobga olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq ishchilar shaharchasi vaqili bilan dexkonlar o’rtasidagi muloqotlardan tez samara olish ham oson emas. Xattoki, bunday toifali insonlar "tiliga" xos jixatlar ham mavjudki, ular muloqot paytida qiyinchiliklar va ruxiy anglashilmovchiliklarni keltirib chiqardi. Uchinchidan, o’yin usullarini T-guruxlarda qo’llashda ham kutilgan natijaga erihish uchun milliy kadriyatlar, milliy ta'b va did xisobga olinishi kerak Kattalar guruxida o’yinni tashkil etish uchun gurux ishtirokchilarini ko’prok psixoemotsional ko’nikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada yaxshi tanib olishlariga haroitlar yaratish zarur. Chunki bizning xalkimizda begonalar oldida o’z xissiyotlarini yashirish, tortinchoklik istixola qilish sifatlari borki, shu sababli odam sun'iy o’yin haroitiga kunikish uchun ma'lum vaqt talab qilinadi. Bundan tashkari, o’tkazilgan ko’zatishlardan shu narsa ma'lum bo’ldiki, bir seansda o’ynagan rolga taqlid qilib, uni kaytarish xollari ham milliy psixologiyada shaxsan ma'kul bo’lgan xulq shaqliga taqlid qilish va ta'sirlanishdan kelib chikadi. Shuning uchun bu holatning oldini olish uchun o’yinchilarga oldindan turli variantli xulq-atvor shakllari haqidagi stsenariylar bilan tanishtirilgani ma'kul, aks xrlda, kutilganidek ko’p variantli harakatlar modeli vujudga kelmaydi. Turtinchidan, azaldan o’zbek oilasi va maxallalar faoliyatida ustuvor 

bo’lgan jixat sho’qi, ayollar va erkaqlar aloxida etalonlar bilan tarbiyalangan va ko’p xollarda ular faoliyati aloxida-aloxida tashkil etilgan. Shuning ta'sirida bo’lsa kerak T-guruxlarda jinslararo aralashuv ruy berganda, erkin fikrlash yoki harakatlar o’z-o’zidan cheklana boshlaydi. Shuning uchun mu-nozara, bax;s yoki rolli o’yinlar tashkil etishda ham jinsiy o’ziga xosliklar inobatga olinishi yoki o’yinchilarni maksimal tarzda faollik ko’rsatishlari maqsadida guruxlararo jinsiy bo’linishlarni ham xisobga olish darkor.

Eksperimental kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, masalan, qizlar guruxi aloxida o’yin haroitiga qo’yilganda, bemalol, emotsional jixatdan boy treninglar ko’rsatdilar, unda ular ham erkak ham ayol, ham katta, ham kichik rollariga bemalol kira oldilar. Yigitlarning sof guruxida ham ikkala rolni uddalash xollari ko’zatildi. Lekin aralash guruxlar haroitida bunday samaraga erihish uchun ko’proq vaqt, psixologik maxorat va qaytarishlar talab qilindi. Beshinchidan, maxalliy haroitda shaxsning erkin o’z fikrini oxirigacha bayon etishga urgatish ma'lum qiyinchiliklar bilan ruy beradi. Chunki xalk ongida o’zgalar fikri bilan xisoblahish, "obruli birovning" ishiga taqlid, o’qituvchi aytgan fikrni tankidsiz kabo’l qilish an'analari mavjud. Bu jixat ham samarali treningni maqsadga muvofik tarzda tashkil etishga ko’pincha tusik bo’ladi. Shuning uchun ham O’zbekiston sharoitida ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishga juda puxta tayyorgarlik ko’rish, guruxlarni shaqllantirishda yosh, jins va mavqega boglik jixatlarni xisobga olish, mashqlantirishni (trenirovkalarni) ma'lum ma'noda o’zokrok muddatli qilib tashkil etishga e'tibor berish zarur. Ayniqsa, bu urinda boshlovchi-trener shaxsiga beriladigan e'tibor katta. Chunki, agar u ko’prok tashabbuskorlik qilib, o’z "eruditsiyasini" namoyon qilib kuysa, munozara qisqa bo’lishi, yoki tajribasizligi ayon bo’lib qolsa ham muloqot samarasiz yakunlanishi mumkin. Shuning uchun ham jiddiy tayorgarlikdan utgan, trening tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassis bo’lishi maqsadga muvofik- u nafaqat ayrim shaxslar va guruxlar psixologiyasini, balki milliy psixologiyani maxsus ravishda o’rgangan, uta ko’zatuvchan va bilimdon shaxs bo’lishi joiz. O’zbekistonda mavjud bo’lgan psixologlar tayyorlovchi oliygog`par o’z dasturlari doirasida'ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga aloxida e'tiborni qaratmoklari, pedagogika oliygoxG`1ari va boshqa yunalishdagi o’quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik trenerning usha ixti-soslikka alokador mashqlarini o’quv dasturlariga kiritish lozim.

Faqat shundagina, biz sinfga kirib o’quvchilardan chuchimaydigan, balki ular faoliyatini ilmiy jixatdan to’g’ri tashkil eta oladigan bilimdon o’qituvchilarni, o’z jamoasidagi xdr bir a'zo bilan, boshlik yoki buysunuvchi xodim (tobe odamlar) bilan to’g’ri munosabatlar urnata oladigan ziyoli shaxslarni ijtimoiy faoliyatning turli soxalariga oldindan kisman tayyorlagan bo’lamiz. Shu narsani yana xisobga olish lozimki, IPTlar mexnat jamoalaridagi ijtimoiy xodimlar - psixolog, sotsiolog va boshqalarning ham odatiy ishlaridan biriga aylanishi, joylardagi mutaxassislarni psixologik korrektsiya qilishda treninglardan unumli foydalanish kerak Ana shundagina, mamlakatimizda demokratik jarayonlarga odamlarni va yaxlit guruxlarni tayyorlash ishi yanada jadallashadi va sharqona demokratik tamoyillar har bir shaxsning ongi (shuuri)ga aylanadi.





Download 48,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish