IJTIMOIY PSIHOLOGIYA
Konfliktlar klassifikatsiyasi
Konfliktlar ijtimoiy tizimning turli sohalarida yuzaga keladi. Shunga ko'ra, ularning topologiyasi quyidagicha bo'lishi taklif etilgan.
Konfliktga kirishuvchi tomonlarga ko'ra:
Davlatlararo konfliktlar
Shaxs va guruh o'rtasida
Kichik, o'rta va katta guruhlar o'rtasida
Ishtirokchilarning tarkibiga ko'ra
Katta ijtimoiy guruhlar o'rtasidagi guruhlararo konfliktlar (ijtimoiy, siyosiy, madaniyatlararo)
Guruhiy (ma'lum bir jamiyatdagi norasmiy guruhlar);
Tashkilotdagi konfliktlar (konfliktli tomonlar sifatida tashkilotdagi kichik guruhchalar)
Konfliktlarning predmetiga bog'liq holda Ya.Shtumski quyidagi turlarni ajratib ko'rsatgan:
Iqtisodiy konfliktlar. Iqtisodiy faoliyat turli ishlab chiqarish munosabatlarida o'ziga xos qiziqishlarning to'qnashuvlari asosida konfliktlarni keltirib chiqaradi
Ijtimoiy konfliktlar. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy guruhda konfliktlarning yuzaga kelishi tabiiy
Sinflar o'rtasidagi konfliktlar. Jamiyatda majud bo'lgan sinflar orasidagi kurashlar sinfiy konfliktlarning yuzaga kelishiga asos bo'ladi
Siyosiy konfliktlar. Davlatlar va xalqlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar sabab yuzaga keladi
G'oyaviy konfliktlar. Turli sinflar yoki bir sinf a'zolarining dini, millati, madaniyati sabab dunyoqarashi va e'tiqodidagi farqlarga ko'ra g'oyalar o'rtasida kurash boradi
Madaniy konfliktlar.
Turli madaniyatlarga amal qiluvchi kishilarning boshqa madaniyatdagilarning urf-odatlariga toqat qila olmasligi natijasida yuzaga keladi (masalan, boshqa millatdagi yoshlarning joy bermasligi yoki shahar va qishloq aholisining o'zaro bir-birining madaniyat darajalarini qabul qila olmasligi, ziyolilar bilan ishchilarning o'zaro madaniyatlarni turli tushunishlari).
Aksiologik konfliktlar. Alohida olingan guruhlardagi qarama-qarshi qadriyatlar, maqsadlar ijtimoiy konfliktlarning manbai sifatida yuzaga chiqadi (oilaviy, diniy, siyosiy va h.k.). Har qanday rivojlangan jamiyatda ma'lum bir shaxs bir nechta kichik guruhlarda faoliyat yuritadi, o'z-o'zidan ma'lumki har bir guruhda turli xil qadriyatlar, normalar mavjud bo'ladi, bu qadriyat va normalardagi to'qnashuvlar konfliktlarni yuzaga keltiradi
Pozitsion konflikt. Pozitsion konfliktlar ijtimoiy guruhlarning yoki alohida shaxslarning turli xil qiziqishlari sababli yuzaga keladi. Bunda ayniqsa tekshiruvchi komissiya a'zolari, soliq, gaz xodimlarining pozitsiyasini misol keltirish mumkin
Namoyon bo'lish doirasiga ko'ra ijtimoiy konfliktlarning quyidagi turlari mavjud:
Iqtisodiy (iqtisodiy qarama-qarshiliklar);
G'oyaviy (qadriyat va e'tiqodlardagi qarama-qarshiliklar);
Ijtimoiy-maishiy (ijtimoiy qarama-qarshiliklarga asoslanadi);
Oilaviy-maishiy (hayotdagi va oilaviy qarama-qarshiliklar).
Konfliktlarning yuzaga kelish xarakteriga ko'ra ularni 4 guruhga ajratiladi:
Ob'ektiv - maqsadga yo'naltirilgan
Ob'ektiv - maqsadga yo'naltirilmagan;
Sub'ektiv - maqsadga yo'naltirilgan;
Sub'ektiv - maqsadga yo'naltirilmagan
Konfliktli munosabatlarning sub'ektiga qarab konfliktlar 4 guruhga ajratiladi:
Shaxsning ichki konflikti (individning ichki qarama-qarshiliklariga asoslangan);
Shaxslararo konfliktlar (ikki yoki undan ortiq kishi o'rtasidagi konflikt);
Shaxs va guruh o'rtasidagi konfliktlar (konflikt sub'ektlari sifatida guruh va individ chiqadi);
Guruhlararo konfliktlar (qarama-qarshi qiziqishlarga ega bo'lgan guruhlar).
Zo'riqish darajasi va davomiyligiga ko'ra:
Vaqtinchalik, shiddatli konfliktlar (ijtimoiy-psixologik farqlarga asoslangan, harakat ishtirokchilarining dushmanona va agressiv munosabatlarining yuqoriligi);
O'tkir syujetli konfliktlar (ishtirokchilar uchun muhim va jiddiy munosabatlarga tegishli);
Sust namoyon bo'luvchi va kuchsiz kechuvchi konfliktlar (neantagonistik qarama-qarshilik yoki tomonlarning passivligi tufayli yuzaga keladi);
Sust namoyon bo'luvchi va kuchli kechuvchi konfliktlar (unchalik chuqur bo'lmagan sabablar asosida yuzaki xarakterga ega bo'lgan konfliktlar).
Namoyon bo'lish darajasiga ko'ra quyidagi turdagi konfliktlar farqlanadi
Ochiq konfliktlar ochiqdan ochiq namoyon bo'ladi.
Yopiq konfliktda esa konfliktlashayotgan tomonlar belgilangan vaqtgacha konfliktli harakatlarni amalga oshirmaydi va konfliktning mavjudligini ko'rsatishmaydi. Bunda hatto tomonlardan biri ikkinchi tomonning undan xafa yoki norozi ekanligini ham bilmaydi. Bunday konflikt juda tez fursatda o'z holatini o'zgartirishi va ochiq konfliktga aylanishi mumkin
Surunkali konfliktlardan farqli ravishda bir yoki har ikkala tomonning ongli holda ig'vo qilishi, g'alamislik qilishi, fitna chiqarishi tasodifiy konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Surunkali konfliktlar unga kirishuvchi barcha shaxslarga negativ ta'sir ko'rsatadi
Ijtimoiy oqibatidan kelib chiqib quyidagi turdagi konfliktlar farqlanadi
Konstruktiv - ob'ektiv qarama-qarshiliklarga asoslangan va uning echimi rivojlanishga olib keladigan
Destruktiv - sub'ektiv qarama-qarshiliklarga asoslangan va natijasi zo'riqishlarga va mavjud tizimni vayron qilishga yoki buzishga olib keluvchi
2. Konfliktologiyada Hujjatlarni o‘rganish metodi
Do'stlaringiz bilan baham: |