yashay olish huquqi: bola talablarini qondirish va hayotiy huqularni ozida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy hizmatdan foydalana olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bolish kabi adolatli, hayotiy meyorlarni oz ichiga oladi.
rivojlana olish huquqi: bolarning oz qobiliyatlarini kengnroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarurdir. Bunga misol qilib, bilim olish, oyin, xordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlarini olish mumkin .
Bolalar zoravonlik va ekspulatatsiya qilinishdan ximoyalangan bolishlari shart. Bu borada quyidagi muammolarga yani: qochoq bolalar muammosi, adliya tizimidagi zoravonliklar, bolalarni qurolli nizolarga jalb etish muammolariga, bolalalar mehnatiga; balogat yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish va osmirlarning giyohvand moddalarni istemol qilish muammolariga alohida etibor bolishi kerak.
Ishtirok etish huquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu toifa bolalarning hayotiga taalluqli bolgan muammolar boyicha jahonshimul yigilish va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va oz fikr-mulohazalarini aytishda erkin bolish kabi huquqlarni belgilaydi. Bolalar ulgayib borishlari davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha paydo boluvchi imkoniyatlarning xammasiga ega bolib borishlari , hamda hayotity muhim yechimlarning masuliyatini his qilgan holda ularni oz zimmalariga olishga tayyor bolishlari kerak.
Butun jahon bolalariga xos bolgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, Ozbekiston Respublikasi Talim togrisidagi qonuni, Ozbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi kabi va boshqa meyoriy hujjatlarda korsatilishicha , barcha bolalar , shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, talim olish, hayotda oz ornini topib ketish huquqlariga egadirlar. . Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaning 19 moddasiga kora Bola ota-ona yoki har qalday boshqa shaxs tomonidan haqoratlanishi, qopol muomilada bolishdan himoyalanishi huquqiga egaligini inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan korreksion pedagogika, anomal bolalar , aqlan zaif kabi va boshqklardan voz kechmoqdalar. XIX asrning 20 yillaridan beri Defektologiya fani jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar talim tarbiyasi bilan shugullanadigan fan sifatida organilib kelmoqda. Xozirgi kunda bu fan «korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda. Inson xuquqlari dekloratsiyasi, bolalar konvensiyasi talablaridan kelib chiqqan xolda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor kishilarni kamsitmaslik, xaqoratlamaslik uchun masalan, Moskva shahridagi Defektologiya ilmiy-tadqiqot instituti Korreksion pedogogika ilmiy tadqiqot instituti deb nomlanmoqda. Defektologiya fani kop mamlakatlarda korreksion pedagogika deb yuritilmoqda. Korreksion pedagogika fanining predmeti - anomal bolalar , yaani jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ( yunoncha anomalos - odatdan tashqari ), norasao degan manoni bildiruvchi sozi bilan yuritiladi. Xozirgi kunda Ozbekistonda Korreksion pedagogika aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini organadigan, ularning talim-tarbiyasi bilan shugullanadigan fandir. Korreksion pedagogika sozi lotincha tuzatish bartaraf etish, pedagogika talim-tarbiya, urganish degan suzlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan manoni bildiruvchi anomalos suzidan olingan). Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi anomal, aloxida yordamga muxtoj bolalardir. Korreksion pedagogikaning vazifasi anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish, shular, asosida integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial talimni tashkil etish, ularning talim-tarbiyasi bilan shugullanishdir. Korreksion pedagogika fanining maqsadi anomal bolalarga integratsiyalashgan-inkiyuziv xamda differensial talimni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yullarini tarbiyachi hamda oqituvchilarga korsatib berishdan iborat. Anomaliyalar har xil boladi, ularning bazilari batamom bartaraf etiladi, bazilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan holga keltiriladi, bazilari esa kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qopol kamchiliklar bolsa, togri tashkil etilgan logopedik choralarni oz vaqtida korish yoli bilan ularni toliq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik kamchiliklar natijasida paydo bolgan bolsa (masalan, oligofreniya shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni toliq bartaraf etib bolmasa ham, biroq qisman tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib ham, korreksiyalab ham bolmaydi, masalan, tugma korlik yoki karlik shular jumlasidandir. Bunda korish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa korish analizatoriga yuklash, yani kompensatsiyalash, ornini bosipsh mumkin. Korish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, yani daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Korreksion pedagogika nisbatan yangi fan. U asosan 19 asrning ortalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor Vigotskiy L. S. boshqardi.
L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlarni organib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi talimotni ishlab chiqdi. U Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi talimni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yollarini korsatib berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham organib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, talim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi.
Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlarning sobiq sovet psixologiyasi va defektologiyaning nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega boldilar. Ular aqliy jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini organib, "rivojlanishning tuxtash nazariyasi", "chegara" degeneratsiya nazariyasi", "manaviy defektli" kabi gayri ilmiy va reaksion nazariyalarni fosh etdilar.
Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal bolalarning rivojlanishi maxsus talim tasiri ostida qanday ozgarib borishini organish, ulardagi mavjud nuqsonlarni ham,ijobiy ham salbiy tomonlarni aniqlash yuzasidan qiyosiy eksperimental tadqiqotlar otkazildi.
Soglom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovyev ham har tomonlama organdi. Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi" nomli kitob shu ishning natijasi boldi. I. M. Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida organishda chinakam novatorlik korsatdi.
Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta buldi.
1920 yilda Rusiyada anomal bolalarni tarbiyalash instituti ochilib, 1925 yilda bu institut 2-Moskva davlat universiteti pedagogika fakultetining defektologiya bolimiga aylantirildi, 1930 yili V. I. Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti qoshida mustaqil defektologiya fakulteti tashkil etildi. Hozir Russiya mamlakatining deyarli barcha jumhuriyatlarida korreksion pedagogika qulliyotlari yoki bolimlarida oliy malumotli defektologlar tayyorlash ishi yolga qoyilgan.
Ozbekistonda korreksion pedagogika fanining rivojlanish 1967 yildan boshlab tezlashdi, chunki shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bolimi tashkil etildi. Bu bolimga 1976 yili surdopedagogika bolimi qoshildi. 1984 yili esa mustaqil defektologiya fakultetining bir necha bolimida talim berila boshlandi. Hozirgi kunda TDPU BTU va defektologiya fakultetida Defektologiya kafedrasi faoliyat korsatmoqda, defektolog bakalavr va magistrlar taxsil olmoqdalar.Tallim kunduzgi va sirtqi bolimda uzbek va rus tilida tashkil etilgan.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha surdus kar, gung sozidan olingan) eshitishida nuqsoni bolgan bolalarning talim tarbiyasi bilan shugullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos kor, soqir sozidan olingan) kozi ojiz bolalarning talim-tarbiyasi bilan shugullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos kam, fren aql), sozlaridan olingan, aqliy tomondan zaif bolalarning talim-tarbiyasi bilan shugullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos soz, padeo tarbiya sozlaridan olingan) ogir nutq nuqsonlarini organish, oldini olish, bartaraf etish yollari, usullarini urganadigan fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |