Ijtimoiy pedagogika” fanidan “ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari” mavzusidagi



Download 60,66 Kb.
bet2/8
Sana30.06.2022
Hajmi60,66 Kb.
#720127
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurssssssssssss 5555

Kurs ishining maqsadi:
Ijtimoiy pedagogning barkamol shaxsni kamolga yetkazishda oila bilan xamkorlikni to‘g‘ri yo‘naltirish, oilalar bilan samarali ishlar olib borishi.


Kurs ishi vazifalari:
Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan ish yuritishni o’rganish
Ijtimoiy nuqtaiy nazardan oila turlari va ijtimoiy vazifalarini belgilash
Oilada sog‘lom bola, barkamol shaxs tarbiyasini o’rganish
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi"
konsepsiyasining o‘rni va ahamiyatini belgilash
Oila bilan ishlashning shakl va metodlarini aniqlash
O‘zbekistonda ko‘p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlarini ko’rsatish
Kurs ishining obyekti:
Kurs ishini obyekti sifatida ijtimoiy pedagoglarning oilalar bilan faoliyat olib borishlari belgilab borildi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati:
Pedagog oilalar bilan hamkorlik qilishining amaliy ahamiyati, ota onalarga
farzandning ta‘lim va tarbiyasiga oid bilimlarni berib borish, ota onalarni ham yangi bilim va ko‘nikmalardan boxabar qilish.
Kurs ishining tuzilishi: 2 ta bob, 6 ta reja, umumiy xulosalar va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I. BOB. SHAXSNI TARBIYALASHDA OILANING O‘RNI.
1.1 Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan ish yuritishi.
Aynan shu maskanda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevariik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi oliy darajadagi qadriyatlar shakllanadi, avloddan-avlodga yetkaziladi. Shu sifatlar ona suti, oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati mazmuniga singib boradi. Darhaqiqat, Prezidentimizning «Tafakkur» jumali bosh muharririning savollariga bergan javoblarida «g'oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirisha olish mumkin» degan fikrlarini oila tarbiyasining metodologik asosi sifatida qabul qilish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi- Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunni ham oila ishtirokisiz amalga oshishi mumkin emas. Hayotning o‘zi ta’lim tizimi oldiga yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida barkamol qilib shakllantirishni har bir ota-ona, pedagog, jamoatchilik oldiga qo‘ymoqda. Shuning uchun respublikamiz fuqarolari oldida turgan endigi vazifa ta’lim-tarbiya tarixini oila davrasida qunt bilan o‘rganish, unda olg‘a surilgan ilg'or g‘oyalardan bahramand bo‘lishdir. Chunki o‘zbek diyorida dunyo ilm-fan xazinasiga beadad ulush qo‘shgan al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, al-Forobiy, ibn Sino, az-Zamahshariy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy kabi allomalar zamonlar yashab ijod etganlar. Ular qoldirgan madaniy merosni o'rganish har bir oila a’zosi uchun ham farz, ham qarzdir. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab aytganlaridek, «Biz osib kelayotgan yosh avlod ta’limtarbiyasini, ulaming zamonaviy ilg‘or bilimlaiga ega bo‘lgan holda ulug‘ bobokalonlarimiz merosiga munosib bo'lishlarini davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi, deb bilamiz». Bunda esa inson ulg‘ayishida asosiy davr bo'lgan o‘smirlikdagi tarbiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu pallada uning ichki dunyosi, o‘ziga xos xislatlari shakllanadi. Bu davrda ota-ona, ustozlar ular tarbiyasi bilan uzviy ravishda shug‘ullanishlari lozim. Ulaming salomatligiga ham alohida diqqat-e’tibor zarur. Shuni ham unutmaslik kerakki, kamolotga eltuvchi yo‘l ma’rifat, shunga yarasha gayratshijoatdir. Har bir xalq har bir avlodning barkamollik darajasi pirovard natijada shu xalq istiqbolini, taraqqiyoti va taqdirini hal etadi.
Ijtimoiy pedagog faoliyati oilani organishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o’rganish pedagogga oilada bolaning holatini tasavvur qilish imkonini beradi. Oilani organgandan keyin, ijtimoiy pedagog oldida oilada yangi munosabatlarni ornatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar, maishiy birlashmalar,bog‘, tomorqadagi ishlarga jalb qilish yo‘li bilan hal ish mumkin.
Bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lgandan so‘ng, ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reabilitatsion dastur variantlarini ishlab chiqadi, Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi”ni tuzish ham mumkin. Unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug‘ilgan sanasi beriladi. Shuningdek, oila maqomi, yashash sharoitlari, qo‘shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi aniqlanadi. “Xarita”ning ilovasida “oilada bola tarbiyasini o‘rganish” deb nomlangan qism ham mavjud bo‘lib, unda ota-onalar bola bilan qancha va qanday vaqt o‘tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratliligi, ota-onalar o‘z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topadi. Masalan, bola nimaga qiziqadi, nimalarni o‘qiydi, kimlar bilan do‘stlashgan, uning sog‘ligi qanaqa va v.h.k. Shuningdek, bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqida nima bilishlarini aniqlash juda muhimdir. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar kattalarning o‘zaro munosabati, kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi.
Oilada hamkorlik mavjudmi yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug‘i asosida quriladimi? Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini, kimga qanday murojaat qilishi, unga nima yoqish-yoqmasligini aniqlashi lozim. Ijtimoiy pedagog, birinchi navbatda, muvaffaqiyatsiz oilalar bilan to‘qnash keladi. Bularga bola doimiy ota-onalar janjallarida yashaydigan, ota-onasi giyohvand bo‘lgan oilalar kiradi.
Zamonaviy sharoitlar mavaffaqiyatsiz oilalar qatoriga ishsiz oilalarni ham kiritib qo‘ydi. Ijtimoiy pedagog oilaning turli muammolari (kasal bolalar, nogironlar, o‘qishni xohlamaydigan bolalar, nafaqaxo‘rlar, qariyalar, fohishabozlik, giyoqvandlik, daydi bolalar, ota-onalarning ajralishlari) bilan duch keladi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogning oiladagi birinchi vazifasi — inqirozli vaziyatlarni hal qilish. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda quyidagi asosiy rollarni bajaradi: Maslahatchi — oilaga ota-onalar va bolalarning o‘zaro ta’sirining muhimligi haqida gapirib beradi, bola tarbiyasi bo‘yicha pedagogik maslahatlar beradi. Konsultant — oila qonunchiligi masalasi bo‘yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi. Himoyachi — bola ota-onalari tomonidan (giyohvand, aroqxo‘r, bolalarga yomon munosabat) to‘liq degratasiyaga duch kelganda, bolani himoya qiladi.
Pedagogik yordamning tarkibiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yonalishi kiradi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam ko‘rsatish. Ta’lim olishda yordam ko‘rsatish deganda oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va ota-onalarning pedagogik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi masalalar boyicha ota-onalarni har tomonlama o‘rganishni ko‘zda tutadi:
— ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-biologik tayyorgarligi;
— bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvat munosabatni shakllantirishda ota-onaning o‘rni;
— bola tarbiyasida shaxsiy namuna va “ota-ona” ijtimoiy maqomining ahamiyati;
— oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati;
— oilada bolalarga pedagogik va psixologik ta’sir qilish usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabatlarning shakllanganligi.
Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan, avvalo, ota-onalarga maslahat berish, shuningdek, bola bilan maxsus tarbiyaviy vaziyatlar yaratish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo‘nalishi ikki komponentdan iborat: ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va korreksiya (to`g’irlash) qilish.

Download 60,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish