Ijtimoiy pedagogika” fanidan “ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari” mavzusidagi


Ijtimoiy nuqtaiy nazardan oila turlari va ijtimoiy vazifalari



Download 60,66 Kb.
bet3/8
Sana30.06.2022
Hajmi60,66 Kb.
#720127
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurssssssssssss 5555

1.2 Ijtimoiy nuqtaiy nazardan oila turlari va ijtimoiy vazifalari.
Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko’pbolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. Oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning uzoqlashuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Oila bugungi kunda yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo’lib qolgan.
Oila ikki yo’nalishda mavjud bo’ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir.
Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi: reproduktiv-homilani davom ettirish bilan bog’liq O’zbekistonda ko’p bolali oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a’zolari sonining qisqarishi ham kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’naviy inqiroz, yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning past darajasi, noqulay ekologik holat bilan izohlanadi.
Iqtisodiy-oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag’lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini to’plash. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to’plash, mulkka ega bo’lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi.
Ijtimoiylashuv vazifasi-oila bola shakllanishiga ta’sir qiluvchi birinchi va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy-biologik va ijtimoiy aloqalari uzviy bog’lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi.
Har bir inson hayotida oila alohida o‘rin egallaydi. Oilada bola voyaga etadi, o‘z hayotining ilk yillaridan boshlab u insoniy munosabatlar meyorlarini o‘zlashtiradi, yaxshilik va yomonlikning farqiga boradi. Voyaga etgach, bolalar oilada o‘z ota-onasining oilasida ko‘rganlarini takrorlaydilar.
Oila jamiyatning ijtimoiy bo‘g‘ini sifatida qaraladi. Oilaning holati davlatning holatini belgilaydi. Oilada ota-ona va farzandlar ma’naviy rishtalar bilan bog‘lanadi. Jamiyatning ma’naviy madaniyat darajasi oiladagi ma’naviy madaniyat darajasi bilan belgilanadi.
Oilaning iqtisodiy ahvoli davlatning iqtisodiy ahvoliga bog‘liq bo‘ladi.
Oila ijtimoiy funksiyani amalga oshirar ekan, shaxsni uning madaniy, ijtimoiy va ma’naviy darajasiga qarab shakllantiradi.
Oiladagi sharoitlar, kundalik hayot xususiyatlari, oilaning ko‘payishi – bularning barchasi davlatning ijtimoiy siyosati bilan belgilanadi.
Oilada ijtimoiylashuv oila tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunda buvalar va buvilar yashaydigan katta oilalar soni kamayib Oila – bu nikohga yoki qon-qarindoshlik aloqalariga (ona va bolalar) asoslangan kichik guruh bo‘lib, uning a’zolari kundalik hayot, o‘zaro ma’naviy mas’uliyat va o‘zaro yordam rishtalari vositasida bir-biri bilan bog‘lanadi.
Oilada shaxsning ijtimoiylashuvi oiladagi munosabatlarga, ota-onaning obro‘siga va ular oilaning boshqa a’zolariga o‘z hukmini o‘tkaza olishiga bog‘liqdir. Oilaning hozirgi holatiga jamiyatda yuz berayotgan barcha o‘zgarishlar: bilimlar, texnologiyalarning yangilanishi, axborot ayirboshlash jarayonlari ta’sir ko‘rsatadi.
“Oila – ijtimoiy institut” degan klassik ta’rif oilani nikohdagi kishilar birlashmasi sifatida tavsiflaydi. Nikoh – erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarning tarixan o‘zgaruvchi ijtimoiy shakli. Nikoh oila qurish, farzand ko‘rish va uni tarbiyalash maqsadida er-xotinlik, qarindoshlik huquqlari va burchlarini belgilaydi. Ayol va erkak nikohga kirayotganida nikoh shartnomasi tuziladi va u qonun doirasida er-xotinning mulkiy munosabatlarini tartibga soladi.
Nikohga kirish uchun ikki tarafning roziligi talab etiladi. Respublikamizda mavjud nikoh institutining xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- har bir fuqaro faqat bir ayolga uylanishi yoki bir erkakka turmushga chiqishi mumkin;
- nikohdan chiqish erkinligi davlat tomonidan nazorat qilinadi;
- ota-ona bolalarni tarbiyalashga majbur;
- oila a’zolariga moddiy va ma’naviy madad ko‘rsatish majburiyati;
- onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Oiladagi o‘zaro munosabatlar oila mavjudligining omillaridan biri hisoblanadi. Oiladagi o‘zaro munosabatlar muloqot an’analariga, iqtisodiy va ijtimoiy holatga,
oilaning jamiyatga qaramligiga, xo‘jalik yuritishda er-xotinning ishtirokiga, oila
tipiga (ko‘p bolali, bolasiz), qarindoshchilik xususiyatiga bog‘liqdir.
Oilaning rivojlanishi bir necha bosqichdan o‘tadi. Birinchi bosqich – oila qurish, bunda yosh er-xotin ko‘pincha katta oiladan ajralib chiqadi. Ikkinchi bosqich – bola tug‘ilishi, bunda oila ikki avlod vakillaridan tarkib topadi. Uchinchi bosqich – uch avlod vakillaridan iborat oila, ya’ni voyaga etgan farzandlar oila quradilar. To‘rtinchi bosqich – bolalar alohida oilalarda qo‘nim topgach, ota-ona pensiyaga chiqadi. Bu davrda oiladagi birdamlik mustahkamlanadi. Beshinchi bosqich – oila a’zolari haqida g‘amxo‘rlik davri, chunki ular yordamga muhtoj bo‘ladilar. G‘amxo‘rlik majburiyati o‘rta avlod vakillari zimmasiga tushadi. Keksa yoki kasal ota-ona haqida g‘amxo‘rlik qilish – oila mazkur bosqichining bosh vazifasi. Bu erda ko‘proq stresslar yuz beradi va munosabatlarda keskinlik yuzaga keladi. Katta avlod vakillari o‘lishi bilan oiladagi rollar o‘zgaradi, etakchi rollar keyingi avlod vakillariga o‘tadi. Ijtimoiy xodimning vazifasi – avlodlarning hamjihatligi va birdamligiga e’tiborni qaratish.
Oila kollektivizmi tushunchasi mavjud bo‘lib, u oiladagi munosabatlarga bog‘liq bo‘ladi. Bu erda er-xotinning raqobati mavjud bo‘lmaydi, oilaning har bir a’zosi bir-biriga g‘amxo‘rlik qiladi va o‘z mas’uliyatini his etadi, bolalar kattalarga yordam beradilar, byudjet muammolari bahamjihat hal qilinadi. Bunday oilani yaratish oilaning katta a’zolari ta’siri bilan belgilanadi, ya’ni bolalar oiladagi an’nalarga va munosabatlar meyorlariga rioya etadilar.
Oiladagi munosabatlarga ota-onaning ishlab chiqarishdagi yutuqlari, ularning ijtimoiy hayotdagi roli va maqomi ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi oila tiplari, oila demografiyasi. Oila – ijtimoiylashuvning muhim instituti. Uning sifati bir qator ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi

Download 60,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish