Aholini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga turli-tuman imtiyozlar berish ko‘zda tutilgan. Bu imti- yozlar foydalanishga haqli bo‘lgan shaxslar doirasiga, imtiyoz turlari va ularning ijtimoiy mohiyatiga hamda boshqa xususi- yatlariga ko‘ra guruhlarga ajratilishi mumkin. Davlat Budjeti hisobidan fuqarolarga beriladigan ijtimoiy yordamni amalga oshirish shakli sifatida ular fuqarolar kundalik turmushida mu- him o‘rin tutmoqda. Shuni ko‘rsatib o‘tish kifoyaki, bugungi kunga kelib imtiyoz va yengilliklarning umumiy soni yuzdan ortiq shaklda amalga oshirilmoqda.
Biroq, bozor munosabatlari sharoitida boqimandalik, davlat va jamiyat hisobiga yashash, o‘z jismoniy va aqliy salohiyatini ishga solishdan bo‘yin tovlashga toqat qilish mumkin emas. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-mod- dasi, 2-qismiga ko‘ra: „Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yilgan hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart“. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi imtiyozlar va yengil-
liklardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi
pensionerlar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar bilangina cheklanib qolmasdan, ijtimoiy ahamiyati katta bo‘lgan muayyan kasb va vazifalarda band bo‘lgan shaxslarni (pedagoglar, shifokorlar va boshqalar) hamda boshqa toifadagi fuqarolarni ham o‘z ichiga qamrab olgandir.
Imtiyoz va yengillik berilishi obyektlari ham xilma-xil bo‘lib, turar joy kommunal xizmatlar, tibbiy xizmatlar, farmatsevtika ta’minoti, transport-aloqa xizmati, soliq va boj to‘lovlari kabilarni o‘z ichiga olgan.
Imtiyoz va yengilliklar hajmi turli toifadagi fuqarolar uchun turlicha belgilangan bo‘lib, bunda uning davlat va jamiyat oldidagi xizmati, moddiy-ijtimoiy ahvoli va boshqa ko‘rsatkichlar e’tiborga olingan.
Imtiyozlardan foydalanish asoslari va shartlari ham turlicha bo‘lib, fuqaroning avvalgi davrdagi xizmati, avvalgi davrdagi yoki bugungi kunda bajarib kelayotgan vazifasi, oilaviy ahvoli kabilar- dan iborat bo‘lishi mumkin.
Imtiyoz va yengilliklardan foydalanishning umumiy tartibiga ko‘ra imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan fuqaro yoki oila shunday imtiyoz yoki yengillikni berishi lozim bo‘lgan davlat yoki jamoat organiga, korxona-tashkilotga yozma ariza bilan murojaat qilishi hamda imtiyozdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Imtiyozdan foydalanish huquqi bekor bo‘lganida yoki o‘zgarganida, foydalanuvchi shaxs bu haqda belgilangan muddat ichida imtiyoz beruvchi organni, tegishli hollarda – boshqa organlarni ham xabardor qilib qo‘yishi shart.
Soxta hujjatlar asosida yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan holda imtiyozdan foydalanayotgan shaxslar qonun hujjat- lariga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar hamda noto‘g‘ri berilgan imtiyoz tarzidagi zararlar ulardan to‘liq undirib olinadi.
Endi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar va yengilliklarning asosiy guruhlarini qisqacha tavsif hamda tahlil etishga harakat qilamiz.
1. Òibbiy va farmatsevtika xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq imtiyozlar. Bunday imtiyozlar beriladigan fuqarolarning toifalari tegishli qonun hujjatlarining o‘zida nazarda tutib qo‘yiladi va ushbu hujjatlarda belgilangan tartibda beriladi.
Òibbiy xizmat ko‘rsatish va dori-darmon vositalari bilan ta’minlash yuzasidan imtiyozlar — O‘zbekiston Respublikasining
„Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida“gi qonuni1 (qonunning 17-moddasi) hamda uning asosida qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlarga binoan beriladi2.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi- ning 1997-yil 2-dekabrdagi 532-sonli „Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillash- tirish to‘g‘risida“gi qaroriga ko‘ra, ijtimoiy ahamiyati katta bo‘lgan ayrim kasallik turlariga chalingan bemorlar turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadilar (Qarorning 1-ilovasi). Bunday kasalliklar qatoriga:
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemor- larning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlan- gan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi holatlar;
darajasidan qat’i nazar kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tug‘gan ayollar;
endokrinologik kasalliklar kiritilgan.
Pullik kasalxonalar va pullik bo‘limlarda bu imtiyoz amal qilmaydi.
Shuningdek, turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida kasallikning turidan qat’i nazar ovqatlanish to‘lovidan ozod qili- nadigan aholi toifalari ham belgilangan bo‘lib, ular jumlasiga (pullik kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari) quyidagi toifadagi fuqarolar kiritilganlar:
1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1996-yil, 9-son, 128-modda.
2 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-yanvardagi „Aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga doir qo‘- shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori va boshqa qarorlar. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami. 1993-yil, 1-son, 1-modda.
Bolalikdan nogironlar.
Chin yetimlar.
I va II guruh nogironlari.
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlarida hisobda turuvchi yolg‘iz nafaqaxo‘rlar.
Mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18—
27 yoshli chaqiriq yoshidagilar. Yuqorida qayd etib o‘tilgan qarorning 4-ilovasida ambulatoriya davolashida dori-darmonlar bepul beriladigan kasalliklar va shaxslar ro‘yxati ham nazarda tutilgan va ular qatoriga quyidagilar kiradi:
Onkologik kasalliklar.
Sil kasalligi.
Moxov kasalligi.
Endokrinologik kasalliklar.
Ruhiy kasalliklar.
OIV kasalligini yuqtirganlar (OIÒS).
Yurak klapanlarini protezlash va organlarni almashtirish bo‘yicha operatsiyalardan keyin.
O‘zgalar yordamiga muhtoj yolg‘iz nafaqaxo‘rlar.
1941—1945-yillardagi urush davrida mehnat fronti qat- nashchilari.
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yuzasidan beriladigan imtiyozlar.
Aholining muhtoj tabaqalarini soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar turmush ko‘rsatkichlarining
yuksaltirilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi moddiy qo‘llab- quvvatlash choralaridan bo‘lib, ularni ijtimoiy-moddiy qo‘llab- quvvatlash usullaridan sanaladi101.