Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa. Ishlayotgan ayollarga 70 kalendar kunidan iborat homiladorlik ta’tili va bola tug‘ilgach 56 kalendar kuni (egizak bola tug‘ilsa yoki tug‘ish og‘ir kechgan hollarda 70 kalendar kuni) miqdorida homila- dorlik va tug‘ish ta’tili beriladi. Ushbu ta’til davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanib qolinadi hamda ularga ushbu davr uchun davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan nafaqa beriladi.
„Davlat ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom“ga muvofiq homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi.
Homiladorlikning 30 haftasigacha ro‘y bergan tug‘uruqlar chog‘ida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi DPM tomonidan tirik bola tug‘ilgan hollarda 126 kalendar kuniga beriladi, bolaning o‘lik tug‘ilishi yoki bolaning tug‘uruq sodir bo‘lgandan keyin dastlabki 168 soat (7 kun) davomida vafot etishi hollarida esa mehnatga layoqatsizlik varaqasi
70 kalendar kuniga beriladi.
Onaning tug‘uruq chog‘ida yoki tug‘uruqdan keyingi davrda vafot etishi hollarida qolgan kunlarga bo‘lgan mehnatga layoqat- sizlik varaqasi yangi tug‘ilgan bolani parvarish qilishni amalga oshirayotgan shaxsga beriladi.
Bevosita tug‘uruqxonadan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni far- zandlikka olgan yoki ularga vasiylik qilishni zimmasiga olgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi bola farzandlikka olingan (vasiylik tayinlangan) kundan boshlab ellik olti kun o‘tgunga qadar beriladi. Ikki yoki undan ortiq yangi tug‘ilgan chaqa- loqlarni farzandlikka olish (vasiylikning tayinlanishi) hollarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki ma’lumotnoma bola tug‘ilgan kunidan boshlab 70 kalendar kuniga beriladi.
Homilador ayol homiladorlik va tug‘ish ta’tilini rasmiylash- tirish uchun o‘z vaqtida murojaat qilmagan hollarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi, agar murojaat qilish tug‘uruq kunidan boshlab 6 oydan kechiktirmay amalga oshirilgan bo‘lsa, murojaat qilish kunidan e’tiboran beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda nafaqa uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa (shu jumladan, ho- mila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi.
Ishni vaqtinchalik to‘xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajral- magan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til davrida, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilgan holda, nafaqa ko‘rsatilgan davr tugagandan keyin ayol ta’tilga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani parva- rishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofot- larning o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsiyenti va usta- malarni hisobga olgan holda olinadi.
Ish haqi to‘lash to‘xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlash- tirish oqibatida ayol ishlamagan davrida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to‘lanmaydi. Agar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til ishga qo‘yilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.
Bolatug‘ilgandaberiladigannafaqa(suyunchipuli).
„Davlat ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom“ga ko‘ra:
bola tug‘ilgandan so‘ng beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbe- kiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi;
ish haqiga koeffitsiyent qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi;
ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi;
bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘la- nadi;
ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganda nafaqa Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi;
farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi;
agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan bo‘shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi;
bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.