o‘rtacha oylik ish haqidan iborat. Shu sababli o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘ri aniqlanishi va to‘g‘ri hisoblanishi muhim aha- miyatga egadir.
Pensiya tayinlash chog‘ida o‘rtacha oylik ish haqini hisob- lashning umumiy tartibi „Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qonunning 31-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) amaldagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi. O‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ish- langan oltmish kalendar oyidagi ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga qarab, ishga kirish yoki ish- dan bo‘shash munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq bo‘lma- gan oylar ishlangan to‘liq kalendar oylari sifatida hisobga olinadi. Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi besh yildan oz vaqt ishlagan hollarda o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oy- laridagi ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda amaldagi o‘rtacha oylik ish haqi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi ish haqini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniq- lanadi.
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz hissasidan ortiq bo‘lmagan ish haqi olinadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqi miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman bo‘lmagan hollarda ish staji uchun pensiya eng kam oylik ish haqiga qarab hisoblab chiqariladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan ish haqining barcha turlari pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun ish haqiga qo‘shiladi.
Davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalanmaydigan shaxslarning pensiyasini hisoblab chiqarish uchun ish haqiga sug‘urta badal-
lari olinadigan mehnat haqi turlariga o‘xshash pul ta’minotining barcha turlari qo‘shiladi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga binoan o‘quv davrida to‘langan sti pendiya ish haqiga tenglashtiriladi.
Ish vaqtini hisob-kitob qilish mumkin bo‘lmagan xodimlar- ning (fermerlar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ul- lanuvchi shaxslar, ayrim fuqarolarning yumushlarini bajaruv- chilar va hokazo) pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun ish haqi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzu- ridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari miqdoriga qarab aniqlanadi.
Ish haqining natural qismi ijtimoiy sug‘urtaga o‘tkazilgan badallar miqdoriga qarab baholanadi.
Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan, O‘zbekiston Respubli- kasida ishlamagan fuqarolarga pensiyalar O‘zbekistondagi tegishli kasb hamda malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi.
Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada bo‘l- masa, o‘rtacha oylik ish haqini aniqlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
Chet elda ishlashga yuborilgan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarishda ular chet elga yuborilishidan oldin olgan ish haqi hisobga olinadi.
Ishlovchilarning ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyent belgilan- gan hududlarda yashovchi shaxslar va oilalarga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsiyent e’tiborga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi.
Òurli davrlarda tayinlangan davlat pensiyalarini barobarlash- tirish maqsadida joriy qilingan tuzatish koeffitsiyentlarini qo‘llash tartibi sohasida muayyan o‘zgarishlar joriy qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi- ning 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan
„Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida“gi Nizomga ilova qilingan „Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan amaldagi ish haqining yakka tartibdagi koeffitsi- yentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘ri- sida“gi Nizomga ko‘ra: „Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsi- yenti — tegishli oyning pensiyasini hisoblash uchun qabul
qilinadigan haqiqiy ish haqining aynan shu oyning eng kam oylik ish haqi nisbati sifatida aniqlanadigan miqdor bo‘lib, shaxsning ishdagi mavjud tanaffuslaridan qat’i nazar (pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning tanlashiga ko‘ra), mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynidagi istalgan ketma- ket oltmish oyidan har bir oyi uchun aniqlanadi, bunda shaxs- ning pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan haqiqiy ish haqi tegishli oydagi eng kam oylik ish haqi miqdoriga bo‘linadi va hisoblab chiqiladi.
Davlat pensiyalarini rasmiylashtirish va tayinlangan pensiya- larni to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni yuritish tartibi O‘zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 17-noyabrda 2282- son bilan ro‘yxatga olingan „Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma“da belgilab qo‘yilgandir.1