“Tekinxo`rlar” (ommaviy mahsulotlardan foydalanib, ularga haq to`lamaydigan kishilar) muammosi. Bayramlarda ko`pchilik odamlar mushakbozlikni yoqtirishadi. Mushakbozlik shaharchaning har 500 aholisiga 10 so`mdan to`g`ri keladi va shahar byudjetiga yakunda jami 5000 so`m daromad keltiradi. Mushakbozlikni tashkil etish harajatlari jami 1000 so`mga to`g`ri keladi.
Ushbu faoliyatdan olinayotgan daromad (5000 so`m) unga ketgan harajatdan (1000 so`m) ko`proq ekanligi inobatga olinsa, Bayramda mushakbozlikni o`tkazish shaharcha uchun daromadli faoliyatdir. Xo`sh, xususiy sektor mazkur faoliyatni samarali yo`lga qo`ya oladimi? Yo`q. Aytaylik, shaharchada yashovchi tadbirkor Farhod shaharcha uchun
mushakbozlik o`tkazishni tashkil etishga bel bog`ladi. Farhodda, shubhasiz, chiptalarni sotish bilan bog`liq muammolar yuzaga keladi, sababi uning salohiyatli mijozlari bilishadiki, mushakbozlikni chipta sotib olmasdan ham ko`rish mumkin. Sababi, mushakbozlik iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmagan mahsulotdir, chunki kishilarda chiptasiz ham mushakbozlikni tomosha qilishga rag`bat bor. “Tekinxo`rlar” bu shunday
kishiki – yaxshi narsadan foyda oladi, ammo unga haq to`lamaydi. Kishilar bunda rag`batga ega bo`lishadi, turgan gapki, agar chipta sotib oluvchilar mavjud bo`lmasa bozor samarali natijaga ega bo`lmaydi. Bozorda mazkur muvaffiqqiyatsizlikni ko`rib chiqish yo`llaridan biri bu mazkur holatga sabab bo`layotgan tashqi ta’sirlarni ko`rib chiqish. Agarda, Farhod mushakbozlik marosimini shahar markazidagi displeyda namoyish etsa, bu narsa “tekinxo`r” tomoshabinlar uchun samara keltiradi, ammo Farhodga emas. Marosimni ekranda namoyish qilish to`g`risida qaror qabul qilish bilan Farhod tashqi ta’sirlarni e’tibordan chetda qoldiradi. Mushakbozlik aholi tomonidan katta qiziqishga sabab bo`lgani bilan, yakunda u
daromadli faoliyat bo`lmay qoladi. Natijada, marosimni displeyda namoyish etmasdan Farhod o`zi uchun ratsional qaror qabul qiladi, biroq aholini mushakbozlik zavqidan mahrum etadi. Xususiy bozor shaharcha aholisi hohishiga ko`ra mushakbozlik tashkil etishga tayyor emasligiga qaramay ushbu holatni echimi juda oddiy: to`rtinchi iyul tadbirlarini mahalliy hukumat moliyalashtirishi zarur. Shahar hokimiyati aholidan olinadigan soliqni 2 so`mga oshirib, kelib tushgan mablag`lar hisobiga Farhodni mushakbozlik o`tkazish uchun yollashi mumkin. Shaharchada 8 so`m barcha uchun yaxshi echim, 10 so`mdan esa, 2 so`m soliq to`lovini ayirib tashlagan holda, daromad hosil bo`lmoqda. Shunday qilib, Farhod shaharchaga tadbirkor sifatida yordam bera olmagan bo`lsada, unga jamiyat a’zosi sifatida
yordam berishi mumkin. Shaharcha hikoyasi sodda bo`lsada real hayotni aks ettiruvchi o`ziga xos voqe’likdir. Aslida ko`pgina mahalliy hukumatlar bayramlardagi mushakbozliklar uchun pul to`lashadi. Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy mahsulotlarning umumiy xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxo`rlar” muammosi esa ommaviy mahsulotlarni xususiy sektor tomonidan taqdim etilishiga to`sqinlik qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan daromad ularga sarflanayotgan harajatlarni qoplashi mumkin bo`lgan darajada hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy harajatlarni qoplashi, barcha masalalarni ijobiy hal etishi mumkin. Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar uchun misollar talaygina. Quyida biz ulardan eng muhim uchtasini ko`rib chiqamiz. Mudofaa tizimi. Mamlakatni xorijiy bosqinchilardan himoya qiluvchi mudofaa tizimi bunga klassik misol bo`la oladi. Butun mamlakat himoyalangandan keyin biror bir kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’molidan, ya’ni tinchlikdan bahra olishdan mahrum qilib bo`lmaydi. Undan tashqari biror kishi mudofaa tizimidan foydalanayotganda, u boshqa bir kishini bu mahsulotdan (xizmatdan) foydalanishiga to`sqinlik qila olmaydi. Shunday qilib,mudofaa tizimi iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ham cheklanganlik xususiyatiga ham ega emas. Shu bilan birga mudofaa tizimi eng serharajat ommaviy mahsulot isoblanadi. Bu mablag`ni ko`p yoki kamligi yuzasidan aholi o`rtasida turli xil ikrlar mavjud bo`lganiga qaramay, hech kim mudofaa tizimi uchun davlat harajatlari zarur ekanligini inkor etmaydi. Davlatni o`ziga hos himoyachilari bo`lgan iqtisodchilar ham mudofaa tizimini ommaviy mahsulot ekanligini inobatga olib, uni davlat tomonidan ta’minlanishini yoqlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |