2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar
Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlarni boshqa mahsulotlardan farqini yaxshiroq tushunish va ular tufayli jamiyatga kelib chiqishi mumkin bo`lgan muammolarni ko`rib chiqish uchun keling bir misolni ko`ramiz: mushakbozlik. Bu mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, sababi mushakbozlik bo`lgan holatda biror kishini uni tomosha qilishdan qaytarish mumkin emas. Shuningdek, bu cheklanganlik xususiyatiga ham ega mahsulot emas, sababi biror kishini mushakbozlikdan zavq olishi boshqa bir kishini undan olishi mumkin bo`lgan zavq darajasini kamaytirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |