Yer yuzi ekologiyasi ham keskin buzilmoqda. “Tabiatni yengamiz”, “Tabiatdan in'om-ehson kutib o'tirmay, uni jilovlaymiz”, degan noo'rin shiorlar, daraxtlarning kesib yuborilishi, qush va hayvonlarning shavqatsizlik bilan ovlab, yo'q qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab bo'ldi va bo'lmoqda. Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari oqizilib, yer yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun quyosh nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur bo'lsa, ona zamin ham shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning o'z qo'lidadir. Abu Ali Ibn Sino: “Dunyoda chang va tutun bo'lmaganida, odamzod ming yil umr ko'rishi mumkin edi”, - degan edi. Atrof-muhitning tozaligini ta'minlash o'zimizga bog'liq. Tog'lardan keladigan suv tiniq, sof bo'ladi, lekin ba'zi kimsalarning o'ylamay-netmay oqavalarni, axlatlarni tashlashlari natijasida suvlarimiz ifloslanadi. Ta'til kunlari bolalar shu iflos suvlarda cho'miladilar va turli kasalliklarga chalinadilar. - Yer yuzi ekologiyasi ham keskin buzilmoqda. “Tabiatni yengamiz”, “Tabiatdan in'om-ehson kutib o'tirmay, uni jilovlaymiz”, degan noo'rin shiorlar, daraxtlarning kesib yuborilishi, qush va hayvonlarning shavqatsizlik bilan ovlab, yo'q qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab bo'ldi va bo'lmoqda. Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari oqizilib, yer yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun quyosh nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur bo'lsa, ona zamin ham shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning o'z qo'lidadir. Abu Ali Ibn Sino: “Dunyoda chang va tutun bo'lmaganida, odamzod ming yil umr ko'rishi mumkin edi”, - degan edi. Atrof-muhitning tozaligini ta'minlash o'zimizga bog'liq. Tog'lardan keladigan suv tiniq, sof bo'ladi, lekin ba'zi kimsalarning o'ylamay-netmay oqavalarni, axlatlarni tashlashlari natijasida suvlarimiz ifloslanadi. Ta'til kunlari bolalar shu iflos suvlarda cho'miladilar va turli kasalliklarga chalinadilar.
- Biz katta-yu yosh toza havodan bahramand bo'lishlari uchun shahrimizga ko'chat ekib ko'kalamzorlashtirsak, uning ozodaligini saqlasak, o'zimizning sog'lig’imizni saqlagan bo'lamiz. Bahor faslida ko'chat ekish oyligi o'tkaziladi. “Bog'ni boqsang bog' bo'ladi” degan xalq maqoli bejiz aytilmagan. Shunday ekan, nihollarni yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib, o'stirish har bir o'quvchi va kattalarning insoniy burchidir. O'zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish, chiroyiga chiroy, ko'rkiga ko'rk qo'shish odatlari bor. Inson tabiatdagi har bir giyoh, o't-alaf, dov-daraxt, parranda-darrandalarni hamda nimayiki kerakli bor narsani zarur deb biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |