Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so'lim daraxtzorlarni, qoya-g'orlarni, xosiyatli o't-o'lanlarni, gul-giyohlarni asrashga, niyati nopok kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti qilmaslikka alohida e'libor berib kelganlar. Xalq nopok kishilar haqida shunday iboralar qo'llagan: “Daraxt kо 'r qilgur”, “Moling sutdan qolsin”, “ Parranda ursin” (qarg'ish). “Daraxtga ko'z olaytirma, yomon bo'ladi”, “Suvga tupurma, gunoh bo'ladi”, “Yerni toptama, i dunyoliging qolmaydi”, kabi naqllar ham bekorga aytilmagan. - Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so'lim daraxtzorlarni, qoya-g'orlarni, xosiyatli o't-o'lanlarni, gul-giyohlarni asrashga, niyati nopok kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti qilmaslikka alohida e'libor berib kelganlar. Xalq nopok kishilar haqida shunday iboralar qo'llagan: “Daraxt kо 'r qilgur”, “Moling sutdan qolsin”, “ Parranda ursin” (qarg'ish). “Daraxtga ko'z olaytirma, yomon bo'ladi”, “Suvga tupurma, gunoh bo'ladi”, “Yerni toptama, i dunyoliging qolmaydi”, kabi naqllar ham bekorga aytilmagan.
- Avvalo har bir inson yer yuzidagi o'simliklarni ko'paytirishga hissa qo'shishi, kamaytirishdan o'zini tiyishi lozim. O'simliklarni ko'paytirishning birdan-bir yo’li — mevali va manzarali daraxtlarni iloji boricha ko'proq ekishdir. Ularni parvarish qilish, bog'-rog’lar yaratish har bir inson uchun xayrli ish bo'lishi bilan birga, savobli ish hamdir. Bunga har kim o'zi amal qilishi, o'zgalarni ham undashi. Bu xayrli ishni o'zidan kichik yoshdagilarga o'rgatishi darkor. Mevali daraxtlarning shox-shabbalarini sindirmaslik, mevazorlar orasida mol boqmaslik kabi umumiy talablarga odatlanib borish kerak. Tashlandiq va qarovsiz bo'lgan yerlarga, ariq va ko'chalarning bo'yiga, albatta, daraxt ko'chatlari o'tqazilishi lozim. Xalqimiz bog' yaratgan odamlarni hech qachon esidan chiqarmaydi. Go'zal bog'lar yaratish, yurtni gullarga burkash qadimdan eng yaxshi odatlarimizdan biri bo’lib kelgan.
- Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining qimmatli va nodir yozma yodgorliklaridan biri Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida Amir Temurning davlat faoliyati va harbiy yurishlari bayon qilinishi bilan bir qatorda, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida O'rta Osiyodagi madaniy hayotga doir bir qancha noyob ma'lumotlarham keltirilgan. Unda xalqimiz qadimdan bog'-rog'lar yaratishga alohida did bilan qaraganlari tilga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |