Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta'lim muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, to'garaklar ko'rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu hunar yo'nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o'quvchilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam beradi. - Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta'lim muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, to'garaklar ko'rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu hunar yo'nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o'quvchilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam beradi.
- Bir vaqtlar bolalarga pullar haqida, boylikning afzalliklari to'g'risida gapirish uyat hisoblanardi. Shuning uchun jamiyatimiz hayotida o'quvchilarning iqtisodiy ta'lim-tarbiyasidagi kamchiliklar, ularning oila byudjeti asoslarini va pulning oddiy hisob-kitobini bilmaslik bilan bog'liq bo'lgan muammolar tezda namoyon bo'la boshladi. Juda ham rang-barang tovarlarga va bozor taklif etgan cheksiz xizmatlarga ega bo'lgan iste'molchilar talabini shakllantirish bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning eng muhim elementi bo’lishi kerak. Boy kishiga o'zining moddiy muvaffaqiyatini ko'rsatish uchun o'nlab va hatto yuzlab mashinaning nima keragi bor. Ish joylari bir-biriga yaqin bo’lgan er-xotinning ishga alohida mashinalarda borishi zarurmi, agar birgalikda ishga qatnash mashinaga ketadigan sarf-xarajatlarni tejasa va atrof-muhit ekologiyasi uchun kamroq zarar yetkazsa, inson uchun ana shu oddiy haqiqatlarni to'g'ri tushunishni bolalarga yoshlikdan singdirib borish va soglom iste'mol jamiyati barpo qilish uchun ulami idrok qilish faktoridan foydalanish kerak.
O'zbekiston rahbariyatining mustaqillikni e'lon qilgandan keyingi dastlabki qadamiaridan biri iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan iborat bo'ldi. Bunga quyidagi tamoyiliar asos qilib otindi: Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ta'siri ostida bo’lmasligi kerak. Bu iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerakligini bildiradi. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarning mafkuradan xoli bo'lishini ta'minlash kerak. Davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo'lishi darkor. U ustunlikni belgilashi, o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va izchillik bilan amalga oshirishi, jaholatparast va mutaasiblar qarshiligini banaraf etishi lozim. Qonunning ustivorligi, qonunga rioya qilish. Bu demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiyani va qonunlarni istesnosiz hamma kishi hurmat qilishi hamda ularga so'zsiz rioya qilishi kerakligini bildiradi. Aholining demografik tuzilishini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarining joriy etilishi aholini ijtimoiy himoya qilishga doir amaliy tadbirlarning o'tkazilishi bilan birga olib borilishi kerak. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi kechiktirib bo'lmaydigan vazifalardan edi va shunday bo'lib qoladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish puxta o'yiangan holda, bosqichma-bosqich, obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar talablarini hisobga olib, o'tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya'ni evolutsion yo'l bilan amalga oshirilishi kerak. - O'zbekiston rahbariyatining mustaqillikni e'lon qilgandan keyingi dastlabki qadamiaridan biri iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan iborat bo'ldi. Bunga quyidagi tamoyiliar asos qilib otindi: Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ta'siri ostida bo’lmasligi kerak. Bu iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerakligini bildiradi. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarning mafkuradan xoli bo'lishini ta'minlash kerak. Davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo'lishi darkor. U ustunlikni belgilashi, o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va izchillik bilan amalga oshirishi, jaholatparast va mutaasiblar qarshiligini banaraf etishi lozim. Qonunning ustivorligi, qonunga rioya qilish. Bu demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiyani va qonunlarni istesnosiz hamma kishi hurmat qilishi hamda ularga so'zsiz rioya qilishi kerakligini bildiradi. Aholining demografik tuzilishini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarining joriy etilishi aholini ijtimoiy himoya qilishga doir amaliy tadbirlarning o'tkazilishi bilan birga olib borilishi kerak. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi kechiktirib bo'lmaydigan vazifalardan edi va shunday bo'lib qoladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish puxta o'yiangan holda, bosqichma-bosqich, obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar talablarini hisobga olib, o'tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya'ni evolutsion yo'l bilan amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |