«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

Zaxiralash. 
Zaxira nusxalari ma'lumotlar to'plamidan nusxa olish vaqtida 
bo'lgan ma'lumotlarni qayta tiklashga imkon beradigan kundalik nusxa olish uchun 
xizmat qiladi. 
Andviash. 
Arxiv nusxalari uzoq kelajakda kerak bo'lib qolishi mumkin bo'lgan 
istalgan ma'lumotlardan nusxa olish va saqlash (arxivlash) uchun xizmat qiladi. 
Birja kompyuter tizimining barcha savdo ma'lumotlar to'plamlari kundalik 
arxivianishi lozim. 
«Yong'in» nusxalari 
tabiiy ofatlar ro'y berishi natijasida Birja kompyuter tizimi 
yo'qotilgan hollarda Birja kompyuter tizimini ishga tushirishga imkon beradigan 
ma'lumotlar va dasturlar nusxalaridan iborat bo'ladi. Zaxira uchun nusxa olish 
belgilangan vaqt oralig'ida avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Ma'lumotlarni arxivlash savdolar yakunlangandan so'ng keyingi operatsion 
kunga tayyorlanish jarayonining bir qismi sifatida har kuni bajariladi. Bunda 
foydalanuvchilarning barcha harakatlarini qayd qilish jurnali, buyurtmalar 
berish/chiqarib tashlash va tuzilgan bitimlar haqidagi axborot keyinchalik arxivlash 
jarayonida magnit optikvositaga ko'chirib olinadigan ma'lumotlar to'plarriining arxiv 
jadvaliga o'tkaziladi. 


94 
Birjaning elektron savdo maydonchasida aksiyalar xaridi yoki sotuv narxini 
kiritishda 
treyderlarning 
xatolari. 
Kompyuter 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari tufayli birja savdosi klavishani bosish tezligida amalga 
oshirilmoqda. Va albatta, xuddi shu tezlikda xatolarga ham yo'l qo'yilmoqda. 
Elektron savdo maydonchasida xato yoki noto'g'ri bosilgan klavisha millionlab 
dollar turishi va hattoki bozor «qulashi»ga sabab bo'lishi mumkin. 
Insonga xato qilish xos, hattoki zamonaviy texnologiyalar eng tajribali treyder 
ham aksiyalar xaridi yoki sotuv narxini kiritishda xato qilmasligini kafolatlay 
olmaydi. 
Quyida bunday xatolarga misollar keltirilgan: 
J.P.Morgan Securitiyes Japan kompaniyasi treyderi kompyuterda boshqa 
klavishani bosib yubordi, natijada sotuvga boshqa aksiyalar chiqarib yuborildi. Xato 
aniqlangan paytda esa J. P. Morgan Securitiyes Japan sotib yuborilgan aksiyalarni 
qayta sotib olishiga to'g'ri keldi. Kunning ikkinchi yarmida, xato aniqlangan paytda 
birja indeksining o'sganligiga qarab, aksiyalarni qimmatroq narxda sotib olishga 
to'g'ri kelgan. Ekspertlarning baholashicha, noto'g'ri bitim tufayli kompaniya 
yo'qotishlari 50 mln. dollardan oshmagan. 
2006-yilning iyuni. Yaponiyaning Tachibana Securitiyes kompaniyasi Advvays 
internet kompaniyasining 2600 dona aksiyasini har birini 1670 iyenadan (14,47 
dollar) sotishga buyurtma berdi, bundan sal oldin kompaniya 2400 dona aksiyani 
donasiga 1,4 mln. iyenadan (12 ming dollar) joylashtirgan edi. Garchi xato darhol 
aniqlangan va buyurtma bekor qilingan bo'lsada, 1482 dona aksiya sotib yuborilgan. 
Broker yo'qotishni 1,5 mln. dollardan ortiq baholagan. 
2005-yil, dekabr. Rekord xatoga Yaponiyaning Mizuho Securitiyes kompaniyasi 
treyderi yo'l qo'ydi. Broker J-Com rekruting kompaniyasining bir dona aksiyasini 
sotishga buyurtma oldi. Bu J-Com savdosining birinchi kuniyoq ro'y berdi: sal oldin 
kompaniya aksiyalari 610 ming iyena (5 ming dollar) narxida joylashtirgan. Broker 
kompyuterga xato qilib 1 iyena narxida 610 ming dona aksiyani sotishga buyurtma 
kiritdi. Xatoni darhol aniqladilar, biroq buyurtmani bekor qilishga barcha 
so'rovlarga birja kompyuter tizimi javob qaytarmadi. «Vedomosti» gazetasining 
baholariga ko'ra, Mizuho Securitiyes ko'rgan zarar 40 mlrd. iyenadan (341 mln. 


95 
dollar) ortdi. Bunda kompaniyadajami 14 ming dona aksiya mavjud boiib, 
buyurtmani joylashtirish bozorda xaosga olib keldi, asosiy bozor indeksi Nikkei 225 
301 punktga pasayib ketdi. 
Voqea sodir bo'lgandan ikki hafta o'tgach, Tokio birjasi rahbariyati iste'foga 
chiqdi. Shu paytda yangi qoidalar joriy qilindi. Bu qoidalarga ko'ra brokerlik 
kompaniyalari kompaniya aksiyalarining 5%idan ortiq bo'lgan barcha buyurtmalarni 
xatoga tekshirib chiqishi talab qilinadi. Shunisi qiziqki, Mizuho Securitiyes brokeri 
birjadan yetkazilgan zarar uchun tovon to'lashni talab qilgan, chunki kompyuter 
tizimi bunday bitimga yo'l qo'ygan. Birja to'lashdan boshtortgan, natijada ish sudda 
ko'riladigan bo'lgan. 
2003-yilning apreli. Britaniya treyderi xato bo'yicha GlaxoSmith Kline 
kompaniyasining 500 mingta aksiyasini har birini 13 funtdan sotib olgan, bozorda 
esa bu aksiyalar narxi 70 pensdan ham kam bo'lgan. Yetkazilgan zarar 6 mln. 
funtdan ortiq deb xabar beradi The VVall Street Folly. 
2002-yil, noyabr. Ryanair kompaniyasi kotirovkalarini qo'yadigan brokerlik 
firmasi klerki yevro va funtdagi aksiyalar narxini adashtirib yuborgan. Bu xato 
London fond birjasi indeksini darhol 61% yoki 404,5 punktdan 653,7 punktgacha 
oshirgan. 
2002-yil, oktabr. Britaniyalik treyder fyuchers narxini kiritishda xatoga yo'l 
qo'ydi, ikkilamchi moliyaviy vositalar bilan ishlash bo'yicha eng yirik maydoncha 
hisoblangan Eurex birjasida savdo uch soatga to'xtab qolgan, birja indeksi esa 500 
punktga pasaygan. 
2002-yil, sentabr. Bitta nemis indeksi DAX ni 5180 punkt darajada sotish 
istagida bo'lgan Eurex treyderi 5180 ta shartnomani sotib yubordi va bu narxning 
keskin tushib ketishiga olib keldi. Besh soat o'tgach, birja rahbariyati buning sababi 
bo'lgan bitimdan keyin tuzilgan barcha bitimlarni bekor qilishga qaror qildi. 
2001-yil, dekabr. Shveysariyannig UBS VVarburg banki treyderi ikki soniya 
ichida ajoyib natijaga erishdi — o'z kompaniyasiga 71 mln. funt zarar yetkazdi. U 
Densu yapon kompaniyasining 16 dona aksiyasini har birini 600 ming iyenadan 
sotishga harakat qilib, buning o'rniga 610 mingta aksiyani olti iyenadan sotib 
yubordi. 


96 
2001-yil, may. Lehman Brothers invESTbank treyderi 3 mln. funtlik aksiyalarni 
sotish istagida edi, biroq u ortiqcha nollarni qo'shib yubordi va 300 mln. funtlik 
aksiyalarni sotib yubordi. 
1999-yil, noyabr. Diler klaviaturaga suyanib, tasodifan Premiyer Oil 
kompaniyasining umumiy qiymati 1,8 mln. funtdan ortiq bo'lgan 16 mingta 
aksiyasini sotib yubordi. 
Boshqacha qilib aytganda, birja savdosining yaxshiroq ishlashi uchun faqat 
avtomatlashtirishning o'zigina emas, EHMdan foydalanishda e'tiborlilik ham talab 
qilinadi. 
Vazifalarni avtomatlashtirishning ahamiyati. 
Birja savdosini avtomatlashtirish 
birja muhitini tubdan o'zgar-tirib yubordi va bozor xulq-atvoriga katta ta'sir 
ko'rsatdi. Bu nima uchun «tarixiy» ma'lumotlar bilan ishlash mexanik savdo 
tizimining faoliyat ko'rsatish samaradorligini oshirmasligi sabablaridan yana biridir. 
Doimiy taraqqiy etayotgan jamiyatning texnologik rivojlanishi bozorning asosiy de-
menti - insonni uzluksiz o'zgartirib boradi. 
Birja faoliyati obyektlari va subyektlarining axborot tahliliy ta'minoti 
statistikaning muhim vazifasi va birja faoliyatini tartibga soiish va sug'urtalashning 
zarur sharti hisoblanadi. Davlat statistikasi va birjalarni nazorat qilishi va 
litsenziyalashi lozim bo'lgan organlar birja bozorining miqyosi va ahvoli, uning 
infratuzilmasi, birja jarayoni qatnashchilarining daromad va xarajatlari haqidagi 
ma'lumotlarga ehtiyoj sezadi. Biznes statistika birja bozorining salohiyati, uning 
rivojlanish qonuniyatlari, narx va sotuv bashorati, birja bozorida investitsiyalar 
haqidagi ma'lumotlarga ehtiyoj sezadi. Shunday qilib, birja statistikasining vazifalari 
birja konyunkturasi, birja tovar aylanmasi tendensiyalari va narx, tovar bozorida 
birjalar roll, birja jarayonining moddiy ta'minoti haqida axborot to'plash va tahlil 
qilishga borib taqaladi. 
Birja statistikasining muayyan vazifalari quyidagilardan iborat: birjalar 
mavjudligi va birja faoliyati haqida axborot to'plash va qayta ishlash; muayyan 
sanadagi yoki davrdagi birja bozorining ahvolini baholash; birja savdosi salohiyati 
talab va taklif bahosini, ularning nisbatini aniqlash; birjada ishbilarmonlik faolligini 
baholash; birja tovar aylanmasini, uning hajmi, strukturasi va dinamikasini, tovarlar 


97 
ulgurji bozorida tovar birjalari rolining tavsifmi baholash va tahlil qilish; real tovarli 
bitimlar va muddatli bitimlar nisbatini tahlil qilish; birja narxlari darajasi, 
o'zgaruvchanligi va dinamikasini, ularning mavsumiyligini tahlil qilish, birja 
narxlarini bashorat qilish; birja savdosining tijorat natijalarini baholash va tahlil 
qilish; birja savdosi infratuzilmasining holati va rivojlanishi tavsifnomasi. 
Avtomatlashtirishda bu operatsiyalarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqt va 
mehnat sarfi sezilarli qisqaradi. Shu sababli bandlik xizmatining eng yaxshi ishlashi 
uchun avtomatlashtirish zarur. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish