«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/98
Sana16.02.2023
Hajmi2,02 Mb.
#911879
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98
Bog'liq
birja va yarmarka faoliyatini boshqarish fanidan oquv uslubiy majmua

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. O‘zbekiston Respublikasining ―Birja va birja faoliyati to‘g‘risida‖ gi qonuni 
(yangi taxrir). 2001 y. preambula qismi. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ―O‘zbekistonda birja va 
yarmarka savdosini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari haqida‖gi qarori 
3. ―Davlat xaridlari tizimini optimallashtirish va ularga kichik biznes 
sub‘ektlarini jalb qilishni kengaytirish haqida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2011 yil 7 fevral 1474 – sonli qarori 
4. Каменева. Н. Г. Организация биржевой деятельности - М.:
Банки и Биржи ЮНИТИ, 2002, 313с. 
5. Yunusov M.P. Birja va yarmarka fсaoliyatini boshqarish. Ma‘ruzalar matni, 
-T., TDIU, 2005. 4-6 betlar. 
6. www.yarmarka.ru 
7. 
www.uzex.uz
 


99 
6-mavzu. Birja bitimi va brokerlik faoliyati

Reja: 
6.1. Birja bitimining mohiyati. 
6.2. Birja bitimlari turlari. 
6.3. Birjada broker xizmatining o‘rni va ahamiyati. 
6.1. Birja bitimining mohiyati 
Birja savdosi deyarli har doim sotuvchi va xaridor o‘rtasida bitim imzolash 
bilan tugaydi. Birja bitimi bu birja (savdolashuvi) savdosi davrida birja 
qatnashchilari tomonidan birja tovariga nisbatan ro‘yxatga olingan birja kelishuvi 
(shartnomasi). Birja bitimlari huquqiy, iqtisodiy tashkiliy va etik (ma‘naviy ) 
tomonlari bilan harakterlanadi. Huquqiy (yuridik nuqtai nazardan bitim fukarolik 
huquq va majburiyatlarini o‘rnatishga, o‘zgartirishga yoki to‘xtatishga qaratilgan 
harakat tushuniladi. Birja bitimi huquqiy tarafdan bitim qatnashchilarining huquq va 
majburiyatlarini o‘z ichiga oladi. 
Birja bitimini tashkiiy tomoni, bitim xili va qatnashchilarini aniqlash va bitim 
tuzish uchun zarur bo‘lgan ma‘lum harakatlarni bajarish tartibini aniqlash bilan 
birga harakatlarni aniq hujjatda aks ettirish bilan ifodalanadi. 
Birja bitimining iqtisodiy tomoni bitim tuzishning asosiy maqsadi 
(iste‘molchi extiyojlarini kondirish, birja tovarini sotish, narx o‘rnatish, foyda olish, 
pul qo‘yish, chayqovchilik va x.k.) ifodalaydi. 
Etika (ma‘naviyat ) tomonidan birja bitimlariga va birja savdosiga umumiy 
jamoatchilik munosabatlari, birja qonunchiligini rioya qilinishi (an‘ana, me‘yor va 
axloq kabi tushunchalarni birja qonunida ifoda etilganligi va uni barcha birja 
qatnashchilari tomonidan bajarilishi). 


100 
Birja bitimlari natijasida qatnashchilar nima qilib bo‘lsa ham emas balki 
qabul qilingan qonun va qoidalarga amal qilgan holda ma‘lum miqdorda foyda 
olishlari bilan ifodalanadi. 
Tovar birjalarida tuzilgan bitimlar quyidagi xususiyatlarga egadirlar: 
- bitim birja tovarini oldi sotdi shartnoma (kontrakt)si bo‘lib, unda tovar 
darxol yoki kelishilgan mudatda yangi egasiga yetkazib berilishi kerakligi ifodasi; 
- bitim tuzish tartibi, ro‘yxata olish va rasmiylashirilishi birja haqidagi davlat 
qonunchiligiga va aniq bir birja (o‘sha joyni o‘zidagi)da qabul qilingan (o‘rnatilgan) 
qoidalarga mos bo‘lishi; 
- birja o‘z savdosida tuzilgan ro‘yxatga olingan bitimlar yuzasidan kafolat 
berishi; 
- bitimlar birjada tuzilgan bo‘lib, ma‘lum qoidalar va talablarga javob berishi 
kerak, javob bermaydigan bitimlar birja tasarrufidan tashqarida, gayri birjaviy deb 
hisoblanadi va bunday bitimlar yuzasidan birja kafolati berilmaydi; 
- birja g‘ayribirjaviy bitimlar tuzayotgan birja qatnashchilariga nisbatan turli 
sanktsiyalar qo‘llashga xaklidir; 
- birjada bitimlar birja hisobidan yoki birja nomidan tuzilmaydi, bitim tuzish 
birja qatnashchilarining odatda mutaxasis vositachi bo‘lgan birja a‘zosi brokerlar 
funktsiyasi;
- birja bitimi tuzishga tayyorgarlik birjadan tashqarida bo‘ladi, ammo uni 
imzolash esa aniq bir savdolashuv jarayonida amalga oshiriladi. 
Bitim tuzishga ―imzolash‖ asos kontragentni ochiq olib borayotgan savdoda 
ushbu tovar sektsiyasida makler tomonidan inobatga olingan og‘zaki roziligi 
hisoblanadi. 
Birjada ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab bitim imzolangan hisoblanadi. 
Bitim imzolanayotganda tomonlar o‘zaro xal qilishi zarur bo‘lgan masalalar 
doirasida bitim tuzish shakli va tartibi kabilarni kelishib oladilar.
Bitim tarkibi shartlari: 

tovarni nomlanishi (yoki nomi); 

uni sifati; 

tovar xajmi (yoki partiyasi); 


101 

xarid qilingan tovar kiymati to‘lov shakllari va narxi; 

yetkazib berish manbai, bazasi; 

tovar qabul qilinadigan joy; 

tovar yetkazib berish shartlari va bitim bajarilish muddati. 
Bitim to‘zganda tovarni nomi, uni xajmi, sifati , narxi, hammaga oshkora 
e‘lon qilinishi shart, qolgan barcha bitim shartlari tijorat siri sifatida aytilmasligi 
ham mumkin. 
Bitimlar yagona huquqiy asosga ega bo‘lishliklari uchun har bir birja 
kontragentlar orasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida maxsus qoidalar 
ishlab chikadilar. Bular bitimlarni tayyorlash, ularni bajarish, bitimlar yuzasidan 
hisob-kitoblar, bitimlar bajarilish yuzasidan javobgarlik, va hamda e‘tirozlar echimi 
haqidagi qoidalardir. 
Shunday qilib, bitimlarni qonunchilik asosi o‘z navbatida birja savdosidagi 
beandisha savdogarlikka karshi kurash turlaridan biridir. Bitim tuzishga tayyorgarlik 
odatda birjadan tashqarida olib borilib, bitimning savdolashish jarayonida har bir 
birjada o‘zi uchun urnatilgan qoida va me‘yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
Birjada 
savdolashuv 
deyarli 
har-xil 
xususiyatlari 
bo‘yicha 
klassifikatsiyalanadigan birja bitimlari bilan yakunlanadi.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish